Holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz
Download 100.31 Kb.
|
2.Raqamli iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari (2)
Buyumlar Interneti (IoT) esa – ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan, datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning ulanishini ko‘zda tutadigan kontseptsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitorig va nazorat qilish va buning asosida ularni boshqarishga imkon beradi. Bugungi kunda ushbu sohada ikkita yirik yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (IoT - Internet ofThings) va buyumlar sanoat Interneti (IIoT - Industrial Internet of Things). Instrumental jihatdan ushbu texnologiyalar bir-biriga juda o‘xshashib ketadi, asosiy farq esa bajarilishi lozim bo‘lgan vazifada: agar buyumlar internetining asosiy vazifasi bu -xilma-xil (modellar va bashoratlar tuzishda ustuvor foydalaniladigan) ma’lumotlar to‘plash bo‘lsa, buyumlar sanoat Internetining bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan iborat (datchiklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha resurslar va quvvatlarni masofadan turib boshqarish). OVUM, Mashine Researchva Nokia kompaniyalari tahlilchilarining bashoratlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib,tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mln birlikdan ortadi, 2025 yilga kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish resurlarini boshqarish texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat daturlariga binoan bajariladi: Germaniyada Industrie 4.0, AQSHda Advanced Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi, Buyuk Britaniyada Innovate UK, Avstraliyada National Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar, amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalga oshirilmoqda. Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi internetni rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar interneti Assotsiatsiyasini ta’sis etdi. Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlar katta hajm bilan, xizma-xillik va yangilanish tezligi bilan tariflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi bu –katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir. Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makrodarajadagi hodisalarni tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq -atvor modellarini o‘rganish, shuningdek, ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalri asosida trendlarni aniqlash mumkin.Tijorat loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katta ma’lumotlar sohasida giasosiy muammo - ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi.Tahlil algoritmidagi eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, katta ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan, IBM, Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP)va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar hizmat qilishi mumkin: Internetda fodalanuvchilar xulq-atvori loglari; Avtomobillardan transport kompaniyaiga keladigan GPS-signallar; bankning barcha mijozlari tranzaksiyalari haqidagi axborotlar; yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar; ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborotlar; sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar. Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo‘lib borayotgan virtual valyutalar haqida mulohaza qilib ko‘ramiz. Virtual (raqamli/elektron) valyuta – moddiy timsolda mujassam topmagan, ammo to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘laridir. Kriptovalyuta – kriptografik algoritmlarni maxsus ko‘rinishlarda qo‘llashga asoslangan emission valyuta turi. Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) –taqsimlangan ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bunda har bir ma’lumotni qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi. Bitkoin – mavjud virtual valyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan kriptovalyuta hisoblanadi va u bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi. Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub bo‘lmasligi va Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney) va Kivi-hamyonni (Qiwi)keltirishimiz mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradi va ularni sinonim sifatida qo‘llaydi, lekin bu faqat birinchi – bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida boshqa hech qaerda qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn texnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, balki davlat reestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib bormoqda. AQSHda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni tanlagan. Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon bergan bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Blokcheyn texnologiyasi tobora ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta, reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo‘lishi mumkin. Foydalaniladigan texnologiyalar va algoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy xusuyatlarini sanab o‘tamiz: ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o‘zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib qo‘yadi; har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi; ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi. Blokcheyn texnologiyasining sanab o‘tilgan xususiyatlari kriptovalyutalarning asosiy xususiyati–ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni: 1. qalbakilashtirish imkonsizligi; 2. o‘g‘irlash imkonsizligi. 3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi; 4. ochiq dasturiy kod mavjudligi; 5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari); 6. transchegaraviylik mavjudligi. Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o‘ziga jalb qiladi. Bitkoin (yoki boshqa har qanday kriptovalyuta) qiymati maxsus birjalarda (kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida)bozor talab va taklifi asosida belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar kutadgan natijalar bilan belgilanadi. Download 100.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling