Holos butkul, toʻliq va grafil toʻlqinlar


Download 91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi91 Kb.
#1517701
Bog'liq
Golografiya - Vikipediya



Golografiya
Golografiya (
yunoncha
: holos — butkul,
toʻliq va grafil) — toʻlqinlar
interferensiyasidan foydalanib buyumning
fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qilish usuli.
D. Gabor kashf etgan (1948), rus fizigi Yu.
N. Denisyuk takomillashtirgan (1962). G.
60-yillarda lazer yaratilgandan keyin juda
tez rivojlana boshladi. G. rangli va rangsiz
(oq-qora) boʻladi. Gologramma hosil
qilish uchun linza yoki yigʻuvchi koʻzgu
ishlatiladi. G. yoki uning bir qismini


yordamchi kogerent toʻlqin bilan nurlatib,
buyumning tasvirini koʻrish mumkin.
Buning uchun kogerent elektromagnit
nurlar prizma yoki koʻzgu yordamida ikki
nur dastasiga ajratiladi. Nur dastasining
biri (asosiy nur) koʻzgu (prizma) ga,
ikkinchisi (buyum nuri) esa buyumga
yoʻnaltiriladi. Koʻzgu va buyumdan
qaytgan nurlar fotoplastinkaga tushadi,
unda gologramma hosil boʻladi.
Gologramma asosiy nur bilan yoritilsa,
buyum surati muallaq holda koʻrinadi
(buyum suratini har tomondan koʻrish
mumkin). Asosiy va buyumdan kaytgan
nurlarning toʻlqin amplitudasi toʻlqinlar
fazasiga ham bogʻliq. Asosiy nur fazasi
fotoplastinka kengligida (bir qirrasidan


ikkinchi qirrasigacha) tekis oʻzgaradi,
chunki fotogotastinkaga tushgan
toʻlqinlarning faza farqi buyumdan oʻtgan
fazasiga bogʻliq. Buyumning har bir
nuqtasidan qaytgan nurlar (toʻlqinlar)ning
faza farqi buyum nuktalari oraligʻi yoki
hajmi haqida maʼlumot beradi. Mas,.U va
S’ manbalardan kelgan kogerent
(monoxromatik) nurlar SS’ kesmani teng
ikkiga boʻluvchi gorizontal tekislikka bir xil
fazada keladi. Birbiriga tik nurlar dastasi
qoʻshilishi natijasida hosil boʻlgan
gologrammani asosiy nuri, bilan yoritilsa,
ya2 nurning nusxasi i2’ koʻrinadi va,
aksincha, gologramma p2 vertikal nur
bilan yoritilsa, ya, koʻrinadi. Demak,
gologramma asosiy nur bilan yoritilsa,


nuqtalarning fazadagi haqiqiy oʻrni (bir-
biridan uzoqligi) koʻrinadi. „Buyum nuri“
yoʻnalishini oʻzgartirib, bitta
fotoplastinkaga bir qancha
gologrammani joylashtirish mumkin. G.
fizika va texnikaning turli sohalarida,
maʼlumotlarni kodlashda, akustikada, uch
oʻlchovli kino va televideniyeda keng
qoʻllaniladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar


Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Golografiya&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?


Bu sahifa oxirgi marta 25-Aprel 2023, 17:04 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Golografiya&oldid=3677215

dan olindi

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling