Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 2.45 Mb. Pdf ko'rish
|
411
(Ey, raqiblar...) Ey, raqiblar, siz deyursiz: «Ishq sozidin kech-kech» Men deyurman: «Ishq sozidin kechmagayman hech-hech!» Siz deyursiz: «Yor ostonidin olgil boshni» Men deyurmanki: «Kotarmasman boshimni hech-hech!» Necha dersiz: «Ketgil åmdi, shu izo basdur sango», Man nechuk ketgumki yor zulfi etibdur pech-pech. Dargahidin haydamak istar esa ul mohro, Avvalo kessin boshimni, desun banddin chech-chech. Shuncha ham oqsunki qonim, lolagun bolsun jahon, Amr etsun sanga bu nahrim xob kech-kech. Chirqirab arvohi zorim, dargohingga poyma-poy Kelsa, Barno ornida yol bersun ul har kech-kech. (Kech) Boshingda bolsa falokat, bu keng jahondin kech, Zulmda otsa bu umring zamin-u zamondin kech. Yoningda ersa rafiqing ila raqib agar Rafiq bahrasin olgil, raqib ziyondin kech. Jahonga yaxshilik inson yuziga ziynatdur, Nabot bersa zaqqum bil, bari yamondin kech. Ogzida laxta eting bor, yamonni ayttirma, Agar ziyonni gapursa, til-u zabondin kech. Ozingni odam etibsan birovki Hotamdur, Haqorat aylama hargiz, yamon gumondin kech. Ozingni oylama tanho, el ichra sodiq bol, Naxudcha yetsa ziyoning, ozing hayotdin kech. Dilshod, otgon oqing gar nishonga tegmasa, Xatoga oq yurituvchi buzuq kamondin kech.
412 (Talx)
Vasl hangomini kutdim, keldi bu hangom talx, Navrozum subhini kutdum, lek keldi shom talx. Neknom olmakni izlab, ishq yolini tutganim, Oxiri majnun etib, qoydi manga badnom talx. Bora-bora ravshan olgoy deb, umid etdim bu shom, Qobqaro zulmatda qoldi baxtima hangom talx. Qosa-yu jonim labiga bayt yozdum bol ila, Shum raqib ogu solib qaytardi manga jom talx. Lallab yetkursa yorim deb qadah tutdim ozim, Tokti mayni qatra qoymay, åmdi qoldim kom talx. Bir yoli yuzimga boqmoq orniga ul bevafo, Tarsaki urdi yuzimga, bu dedi inom talx. Naylasun Barnoyi Dilshod , iltijo shirin sozi, Yordin oldi javobga butun paygom talx. (Laziz) Xoqand bogda yetilgon jiyda xurmodin laziz, Magzi Kashmirdin kelturgon lafz halvodin laziz. Istravshan sohibiysi bor uzumlar shohidur, Mirhusayni donasi ham yadi Laylodin laziz. Biz Namangon hamqarini, mevasi bizlar uchun, Qayn ham Lohurdagi har qancha alodin laziz. Lalmi bugdoy nonini yegon bilur qandog bolur, Gallasini donasi ming xum tillodin laziz. Yerimizni(ng) sholisini ozimizga bersalar, Biz palov qilsak xitoyli mingta shavlodin laziz.
413 Mulki Fargona jahonni jannatidur bilsalar, Bogi Eram deb maqtanilmogin tuxmi anqodin laziz. Sozni Barnodek baralla aytsa shoiri zamon, Har bir rozgor uchun tazviri mullodin laziz. (Ey, vatandosh...) Ey, vatandosh, hamfikr, hamzikrimiz, hamxonalar, Birga oynaylik, kulaylik, joralar dugonalar. Pardani oching, chiroyingiz korunsun el aro, Shami ruxsoringiza kuysun korib parvonalar. Yurtimizga rahna solib, kechalar birdan kirib, Rohatimizni buzishga kelmasun begonalar. Pok tuproqlarni bosib, qildi iflos yerlarin, Zog changolidin ham mushkul erur bedonalar. Ne gunohim borki tojikman, tilimda turk sozi, Qiðchoq-u mogul kelib, boshimga urgay fonalar. Kuylangiz ozodlik mazmunida, siz beibo, Tinglasun Toshkand, Xojand, Xoqand ham Fargonalar. Soz oling mutribalar, Barno gazalni boshlasun, Movarounnahr aro parvoz etib taronalar. (Keling, qizlar...) Keling, qizlar, cholaylik dap ila soz, Biz osoyish zamonni chorlaylik boz. Diyorimizni tarif aylamakka, Hamma maqsadini birga ham soz. Qoshiqni Nodira sheriga boglab, Bolayluk soziga bizlar hamovoz.
414 Uvaysiy birla Mahzuna qoshida, Turaylik suhbat aylab birga damsoz. Gazallar pardasini har qanoti, Hayotlik konglimizni etsa parvoz. Kimniki misli madan ersa rangin, Gazallar husni ermas, balki pardoz. Jamoli misra asli ersa, Barno, Oqugon odam aylar oncha ezoz. (Istravshan) Jahonni(ng) bostoni Istravshan, Ajoyib dostoni Istravshan. Butun olamga mashhur lalmi bugdoyi, Patir-u kasirda noni Istravshan. Hisobi yoq uzumzorini aslo, Munosib bogboni Istravshan. Mudarris qoshida tahsil qilgoy, Tamomi zodagoni Istavshan. Mashaqqat birla rozgor otkazurlar Ki, aksar xonadoni Istravshan. Amir, qozilaridin boldi dilgir, Tamomi posboni Istravshan. Ba ozodi rasad Dilshod-u boshad, Kabir-u navjuvoni Istravshan. (Oratepa) Ajoyib dilkushodir Oratepa, Topilmas xushhavodur Oratepa.
415 Tiyanshon domanidin to ba Jayxun, Kushodi barhavodur Oratepa. Qachon sayr etsangiz qir-u adirda, Havoyi purshifodur Oratepa. Sarosar gallazor ichra gilamdek, Koringon gulnamodur Oratepa. Shahar ortasidagi katta soyi, Suvi dardiga davodur Oratepa. Shahar atrofi bogat be sar-u had, Uzumi totiyodur Oratepa. Xoqandda kun kechurdi garchi Barno, Xuni nofiga jodur Oratepa. MASNAVIY
Mani aslim erur olamga ravshan, Tavallud manzilimdur Istravshan. Samoga bosh urmish barcha togi, Eram naqdinasi olamda bogi. Adirlarda korinur misli chogday, Jahonga manzur olgon lalim bugday. Oshal ravshan shaharni qizi erdim, Oshal toglar aro yulduzi erdim. Uzumzor ichra osgan erdim ozod, Onam qoynida erdim shod-u Dilshod. Tavallud ming ikki yuz on besh ermish, Ottuz ikkida mulkimdin ayirmish. Umarxon nomi zolim, nomi shoir, Chiroyimiz korub, ul boldi jobir. 416 Kelturub bu Hoqandga ul piyoda, Sitamni soldi bizlarga ziyoda. Hammani Shahrixonga haydadilar, Mani xon ordasiga haydadilar. Bu husnim boldi boshimga sitamkor, Mani charlatdi qoshiga u jabbor. Dedi: «Shoira deydilar otingni, Manga bildur baso asli zotingni?» Dedim: «Yurtimda Dilshod erdi otim, Amir tigida yakson boldi zotim». Dedi: «Ushbu anorga ne deyursan?» Dedim: «Qizlar xunidin toldiribsan». Baqirdi, kirdi eshikdin mahram, Dedi Xon: «Sharmandani bergil barham». Elitdi, zindonbonga topshurdi mani, Ul devordin chetga oshurdi mani. Boldim ozod ilgidin, qoldim tirik, Ushbu kulba ahliga boldim sherik. Yigirma yil maktab ochdim qizlara, Hirsim baland boldi doyim ashora. Ozum bitdim mingdin ortuq gazalni, Zikr etib otdim oxir azalni. Ming uch yuzda kozga yetdi bahorim, Bilmadimkim, qachon kelgay nahorim. Doim ruhim zamon uchun dod etar, Anbar otun oxir mani yod etar.
417 ANBAR OÒIN (18701915) Anbar Otin Farmonqul qizi Qoqonda tugilgan. U mashhur shoira Uvaysiyning jiyani bolgan. Uning onasi Ashurbibi oddiy kosib oilasining farzandi edi. Anbar shoira Dilshodi Barnoning qolida tahsil koradi. Undagi salohiyat va iqtidorni Dilshodi Barno juda erta payqagan va qolidan kelgancha shu qobiliyatini ostirishga harakat qilgan edi. Anbar maktabdorlik bilan shugullanganligi uchun Otin degan nom olgan. Badiiy ijodda esa u ikki tilda: ozbek va tojik tillarida asarlar yaratgan. Anbar Otinning devonida gazal asosiy orin tutadi. Shuningdek, unda muxammas, masnaviy, qita, mustazodning ham yaxshi namunasi mavjud. «Qarolar falsafasi» ozbek adabiyoti tarixida ayollar qismatiga bagishlangan alohida asar sifatida e'tiborlidir. GAZALLAR (Anbar Otinman) Jahon-oguga kelgan Anbar Otinman, Gam-u qayguga kelgan Anbar Otinman. Yamon saodatga keldim men jahonga, Ins-u joduga kelgan Anbar otinman. Adab ahli oyoq ostida xordur, Chunin yoguga kelgan Anbar otinman. 27 Adabiyot, II
418 Mendek yotma uygongil, ey zamoni Fargona! Erlardek bel bogla åmdi bolib mardona! Mani boshimda duosiz, dostlik qilupsiz, Gazallarimni tinglab, xuddi parvona. Bu dard mandin yiroq bolishni istamas, Oxshaydur oxiri toladur paymona. Xastaligim yaxshi boldi yoronlar, Kormak uchun sizgadur bir bahona. Paymonam qay kuni tolsa agar, dostlarim, Xalq ichinda oqiysiz gazal, afsona. Anbar boyi bogulmasun, ey gul, koksingda, Xanda qil gunchalar kulsun zani zamona! (Kelib xushnud avlodim...) Kelib xushnud avlodim, mani mulkim qilur obod, Bu vayrona diyorimda shaharlar aylagay bunyod. Dabistoni ulumni sar-basar ochib har el ichra, Kengaytib tahsilini, navjuvonlar aylagaylar yod. Tosib daryo suvini, choli bedun yuborib jon, Hama qishloq elini suv balosidin qilur ozod. Qorongu uyda ingrab oltururmi men kabi xotun, Hama ashorini ovoz ila oqub, qilur ijod. Momom Vaysiy ozini qaydi banda qurdi har hangom, Qilib Hoqandga rixlat, rozgorin ayladi barbod. Ajoyib Margilonda ammasini kormadi otam, Bobom niz xoharini yod etib aylardi yuz faryod. Kelur vaqteki, xeshovand jamojam kun korar xursand, Zamonni (ng) xotini avlodini ruhi korar dilshod. 419 Darigokim, bu Anbar orodur kormay ul olamni, Bu umrim boldi kotohkim, falak gardishidin ming dod! (Orgilay) Ey dilbarim, bogimga kel, hurliqodin orgilay, Sani mango keltirguchi bodi sabodin orgilay. Sansiz båmor olmadi, gul ham biror (bor) kulmadi, Tabim biron ochilmadi, san dilrabodin orgilay. Necha qarodim yolingga kelgaymisan deb subh-u shom, Termuldim man al dovom, san purjafodin orgilay. Kunduz ham oldi kechalar, yolingni kuttim nechalar, Bir qilmading andishalar, san beparvodin orgilay. Bir yol kelib shod et mani, mulkimni obod et mani, Anbar hidini hidlabon, qoshi qarodin orgilay. (Shoir ersang...) Shoir ersang, vaqti-vaqti birla mushoira qil, Ul Haziniy todasiga kiribon munozara qil. Gar gunohing ortiq olsa ul hisobat vaqtida, Bir savobing korsatib, ozingni mudofaa qil. Jannat orzusida xizmat olsang gar tangriga, Dozaxdin qorqqaningdanmu mulohaza qil? Xizmat etsang el uchun xolis qilo doimo, Kob kirokashlar ilan qorqmay mubozira qil. Kimsaki xalq gamidan gami bolsa ango san, Yondashib har ishda ul ila mutoyiba qil. Agar ustodi adabni izlasang Anbar otin, San Navoiy talimini mutolaa qil.
420 (Bir juhud...) Bir juhud bazzoz kirib keldi bugun, Olturib qoshimda chechdi bir tugun. Bor ekan bisotida har xil mato, Chit-u atlas pudaho-vu gulgun. Bogchasin ochti boshimga qoyub, Dedi: Saylab olingiz kiymoq uchun. Man dedim: Xelo juhudlar boy bolur, Uylarida otkarurlar yaxshi kun. Dedi: Ey xonim, bu mollar boyniki, Qarzlar ostidadur bizda boyin, Biz huquqi xor peshona xalqmiz, Dasmoya yuz tanga bolmas oy-u kun. Man dedim: Sabr et, kecha oydin bolur, Anbari boshingga solay yogdu kun. (Ot tushsun) Xudoning nematini bolub olgonlarga ot tushsun, Shariat hukmini yoldin chiqorgonlarga ot tushsun. «Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur», degonlarga, Tovuqcha aqli yoq, axlatni titkonlarga ot tushsun. Tariqcha ilmi yoq, «Qozi kalonman, muftiman» deydur, Abu Sino Ulugbekdin koz yumgonlarga ot tushsun. «Xotunlar mol qatori sotilur», deb mushtiðarlarni, Zulayho, Layli, Shirin tan olmagonlarga ot tushsun. Boyi xush Anbar kabilar hayf haromxorlar uchun, Sudxor-u fohishaboz, sozi yolgonlarga ot tushsun.
421 MASNAVIY
Otam- Farmonquli Margiloniy, Onam- Ashurbibi Qoqoniy. Alar belboqchi-bozchi erdi kasbi, Hamesha makkadin erdi noni. Kim «bozchi belboqqa yolchimas» doim, Yana juft bolmas yerdi bir choponi. Bizoat bolmagach, uy erdi notinch, Sanab bolmas erdi janjal soni. Hayit kelsa hamesha gavgo bolgay, Ki yoqdur yangi engildin nishoni. Arafa iydi qurbon kechasida, Ota-onam qopordi galayoni. Namoz kuni ikkisi ayrilishdi, Bir uycha, hovlicha sottilar oni. Man ham ikki ukam birla bizlar, Onam birla boluvdik sarsoni. Onam birla qolib biz kochalarda, Otam ketti ba shahri Margiloni. Onam bir erga tegdi Beshqovoqqa, Uni bor erdi chitganlik dokoni, Yana bogi bor erdi bir tanobcha, Ikki tanobcha yerda dehqoni. Mani tarbiyat aylab, ham ukamni, Hamesha bizga berdi bugdoy nonni. Onam kordi yetti farzand andin, Biri korqori boldi kozi oni. Mani uyga chiqardilar shaharga, Zohidxoja degan novvoy Qoqoniy. Ul niyoz qashshoq edi avval ozi, Qari katta onosi-moli, joni. Qiyinroq boldi novvoy ozi tanho, Kunimiz otti arang: choyi, noni. 422 Mani farzandlarim tort boldi-yu bas, Mominxoja edi andak yomoni. Bibixon- rohati jonim, anisim, Gariblik, dardmandlik darmoni. Yotib qoldim murabbiyim boldi shu qiz, Aning birla topib jonim omoni. Usmonxojam-halim-u qobilimdur, Oqutti ustod Xayrulloxoni. Man dardimga qoshdi ming alamlar, Vafot etkan qizim Ominaxoni. Shu dard birla ado boldim yoronlar, Bu yosh boshim bolib tezda xazoni. Na rohat kordim-u, na orzuni, Ki man yiglab gazal yozdim nihoni. Ayollar ishq sozini dåmoqdin, Gazal yozmoqdin ozi erdi foniy. Sahofga yolborib necha varaqni, Kitob ichiga joylab qoydim oni. Kimki korsa yod etsa zora, Yoruglik bolsa u dunyo soniy. «RISOLAYI FALSAFAYI SIYOHON»DAN («Qarolar falsafasi») Ikkinchi fasl Bu fasl man farqi qarolar taqdirini bayonga keltirurman. Avvalo farq iborasi uldurki, ayollar boshini ikki qismga ajrari, peshonasidin, yani, burni ustidin ayriliq yol tushar, shul yolini farq deyurlar, manisi ulki ong taraf va chap tarafni farq qilmoq uchun zarurdir. Malum boldiki , farq ayol boshidagi chiziqni nom olduk. Bas, farq ayol boshida bolsa, ul farq qay xilda bolmogini ham bilmoqni taqozo qilur. Ayol sochini farqi har ikki tarafga barobar taralgon bolub, nihoyat silliq bolgonidan yaroqqos jilosi bolur,ul jiloga nazar
423 solub, bu ayol taqdirini nelar bilan oturini muoyini tafakkur kozi ila korib bolur. Bu farq egasini man inson onosi har nechuk doshishmand enagasi deb bilurman, ul ono shundog onodur va mohir donodurki, Aflotun va Arastuni, Xizir ila Ilyosni, Iskandar- u Doroni, Luqmon va Sulaymonni, Ibn Sino va Ulugbekni, Jomiyni, Sadiyni, Navoiyni, Firdavsiyni, Bedil va Hayyomni, Nodira va Uvaysiyni, meni va seni oz qornida on oy kotarub, turli ofatlardan saqlab, yetgan gizosidan rasamat berib, toqson toqquz tolgoq dardini tortub tugub, hanuz koz ochishga majolimiz va sut åmmoqqa kamolimiz bolmogon murgak holimizda kozimizni ochib, olamni korish va sut åmish qobiliyatiga davvor-u mohir qilibdur, koz mujgonlarini shona qilib, undan barcha ilmlarni bartaraf qilgon, nimjon barmoqlarimizni silab, band-bandiga yigilgon kirlarni artib, qolimizga biror narsalarni ushlatub, harakat- ishora oyinlarini orgatti. Oshal ono ozi otirgan harakatlar chaqaloqdin voqe bolganda, kamoli xushnudlikdan boz bolani qaynoq va yumshoq koksiga bosub, hidlab bosalar qilur. Goyo boladin sodir bolgon harakatlar bolani hushyor, botirligdin bolubdur va goyo onoga bir ulug foydaliq mehnat qilib berubdur. Hangomaki, yoyiglasa yo åmmoqqa va uxlamoq harakatda qitmoli sust bolsa, bechora ona borliq majoli va harakati ila bola tilini oqub, andogi lakotliq vajhidin bilish tadorikni izlagay va agar bolasiga boro ayb (osib) va yo dard iloshgon bolsa, iloj boricha bolani muolaja qilish choralarini izlar. Agar ilojini topsa, ul ogruqni bola badanidan tortub olish hatto dardini tortib olib, ozi tortub, onoliq-dardkashliq vazifasini ado etmoqqa tayyordur. Bas, shundog mehribon ono ham mazkur farq qarolari jumlasidandur. Bul farqi qarolar nafaqat bolani tugib tarbiya eturlar, balki bolani egniga iloji qilib yaxshi va toza yarashuqlik libos tikib kiydirmoq va yaxshi laziz ovqot yedurmoq, oynatmoq va kuldurmoq tadoriklarini qilur. Bular ham farqi qoralar jumlasidandurlar. Muhabbat birla sevgil, sen hama farqi qarolarni,
424 Ayol deb yerga urma, xorlama farqi qarolarni. Chin idrok bolsa sanda, ul ono, singil erur sanga, Qilib nomusini poymol, urma farqi qarolarni. Qaro sochida har tori tilar sanga mudom oq yol, Qaro niyat ila hech zorlama farqi qarolarni. Xotin-qizni maishatga yaratgon deb lainona, Yomon nafsing tomoniga burma farqi qarolarni. Sen ham odam, ul ham ey ablah, kofir nechuk jonsan, Ki, yirtqich boridek oldurma farqi qarolarni. Hama gulshanki bir-bir tori moyini uloqtirdi, Niholi Anbarin, bu, yuldurma farqi qarolarni. Bu farqi qarolarni husni-jamol bobida tarif etkonda, fikr qilmoq lozimki, bu sohibjamollar, albatta, har qaysimizga ono hamshiradurlar va biz shundog kelishgon, bichimlik xushqomat, xushroy insonni farzandidurmiz. Farqi qarolarni, qarosoch, qarokoz, qaroxol va lolayuz, laldek lab, sadafdek tish va hakozolar ila tasvir etkonda, ularning oz husni jamollariga yarashgon aql, farosat, himmat va gayrat, xizmat va mehnatlari ham bordurki ul fazilatlari ila bizga yodlamoq lozimdur. Uchinchi fasl Bu faslda men baxti qarolar borasida suxanvarlik qilurman, aslida din peshvolari baxti qaro deb oz aqidalari ilan dunyoda faqat mehnat va mashaqqat birla kun otkuzub, toat va ibodatni maromiga yetkuzmogon va yana pir xizmatini shoyista 1 qilub xatti ishorat olmogonlarni ayturlar. Bizni fikrimiz ul aqidaga zid olaroq bar aks umri mehnat va mashaqqat ilan otub ketgon guruh ayni bebaxt odamlardurki, alarni baxti to rafti dune boricha barq urub dostonlarini yoritub borur. Bilmoq kerakkim, Farhod shahzodalikdin ishq gadosi bolishni afzal bilub, oz mashuqasining orzusini royobga chiqarmoq uchun sangi xoroni kesib, daryo tosub, sahroni obod 1 shoyista taqdirga sazovor. 425 etish uchun mehnat va mashaqqatga giriftor boldi. Orzu, baxtli hayot va alarni orzulari xalq orzusi ekoni har solik uchun maxfiy åmasdur. Bas, malum boldi, Farhod kabi doston bolib aning orzusi butun bashariyat orzusi bolsa, nechuk ul toifa mashaqqat chekkonlar baxtiqaro bolur. Haqiqatni aytkonda baxtiqaro ul toifalardurki, alar mehnatdin yiroq bolub, besh kun korgon umrini rohat birla otkarmoq maqsadida ming xiyla va tazvirda karfarmo bolub, begonalar mehnati ilan davlat oshurub, izz-u joh hosil qilub, oliyni nafratiga giriftor olub umri ado bolur. Alar shoh bolsa, zolim mullo bolsa, båmahal amaldor bolsa, jafokor nom ilan dunyodin oturlar, hech kimsa ul toifani yaxshi nom ila yod qilmas va hech donishmandlar hayoti borasida yodgorlik doston tahrir aylamas. Bas malum boldiki, dunyoda bahoyimdek yeb-ichib, maishatni pesha qilub,benom-u nishon olub ketgan odamlarni baxtiqaro desa bolur. Aksari zamona ahli mashhur nomavor ustodlar haqida alarning nazmi nolalariga zohiran baho berub, alar faqat yor ishqida ovora bolub, umr otkazibdur derlar,bazilarini esa, faqat dard-u balo va qazo qabzida 1 giriftor ekan deb aqida qilur. Haqiqatda lojaram ul gazallar botini hisobsiz falsafiy donish va aql gavharlari ila toladur. Maxfiy åmaski, har shoirda botindagi, yani hayot ichidagi sirlarni koradurgon koz bolur. Oshal otkir koz ilan boshqalar kormagan sirlarni mushohada qilub, adab haririga burkab, arzi manisini nafis iboralar ilan tarannum etar. Shundog shoirni shoir desa bolur. Modomiki, shoir shundog falsafiy mushohada egasi ekan, aning barcha fikri takroriy yol ilan talim olishga sazovordur. Bas, shundog ekan, barcha faylasuf va shoir ham oz orzu vositasi ila omiy xaloyiq nomidin nola qilur, hech shoir bu manidin xoli åmas, faqat sofilik robitasiga amal qilgon shoirlar aksar 1 qabza changal, qol osti. 426 nola va figon adosidin keyin oxiratni tasvirlab bu dunyo azobiga toqat qilish oson, oxirat azobidan najot tilab yiglamoqni talqin qilurlar. Alar ozlari zamona zulmi va azobini etirof etadilar. Bu haqda alarning hurmatiga sazovor desak togri bolur. Ammo alar shu azob birla olib ketmoq oxiratda rohat kormoq umidida kifoyat topurlar. Ul shoirlar shu azoblik dunyoni rohatlik qilish yolini bilmasalar va qorongu tun ortidan, albatta,yorug kun kelishini bilmaslar. Boz bir sabab borkim, aksar shoirlar faqat ozlarini dardlar va gamlar girdobida yodlab, xaloyiqni ozlaridin behbud 1 deb yozub- dirlar. Bu kabi shoirlar gazaliyot (ni) oqugon odam umrini bahram berib, tezroq dunyodin kechish fikriga duchor bolur, aksar odamlar undog malumot daftarlarini du bora varaqlashga toqat qilmas. Shundog shoirlar ham oz iqrorlariga binoan qaro baxtlikda otib ketadilar. Tarki dunyoni ixtiyor qilganlar, bayoni tiriklay ozini qabrga qon kabi, oz xalqidin bezib ketadilar. Aksar shu qabila odamlar ilmdan bahramand åmas va quruq kallaga sallani orab yurgan mullanamolardin chiqor, ular ozlari ham bexabar sofiylik silsilasiga kirub qolib, boshi berk kochadin chiqolmay ovoradurlar. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling