Хомиладорликка таъсир этувчи инфекциялар


Download 131.87 Kb.
bet4/5
Sana18.12.2022
Hajmi131.87 Kb.
#1030445
1   2   3   4   5
Bog'liq
EPIGLOTTIT

O‘tkir kechadigan epiglottit chog‘ida unga zararlangan sohaning yiringlashi ham qo‘shilsa qisqa fursat davomida hiqildoq usti sohasida xondroperixondrit (hiqildoq tog‘aylari hamda tog‘ay ustki qismlarining yallig‘lanishi) kuzatiladi.

  • O‘tkir kechadigan epiglottit chog‘ida unga zararlangan sohaning yiringlashi ham qo‘shilsa qisqa fursat davomida hiqildoq usti sohasida xondroperixondrit (hiqildoq tog‘aylari hamda tog‘ay ustki qismlarining yallig‘lanishi) kuzatiladi.

Epiglottit asoratlari

  • Bemor o‘z vaqtida to‘liq davolanmasa nafas olish yo‘llarining anatomik butunligi buzilishi mumkin. Buning oqibatida doimiy ravishda bemor organizmiga kislorod yetishmaydi. Kislorod yetishmovchiligi tufayli bemor tez-tez hushini yo‘qotishi, osongina talvasaga tushib qolishi sababli bevaqt nobud bo‘lish ehtimoli katta. Klinik kuzatuvlarga ko‘ra, xastalikka chalinish oqibatida 10 foiz hollarda epiglottit o‘zidan keyin zotiljam (pnevmoniya), bo‘yin sohasidagi limfa tugunlarining shishishi, perikardit (yurak xaltachasining yallig‘lanishi), plevrit (plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikning to‘planishi) kabi asoratlar qoldirishi mumkin.

Kasallikni tashxislash

  • Shifokor uning huzuriga kelgan bemorning gavda holatiga qarab birlamchi tashxis qo‘yadi. Biz ilgari aytib o‘tganimiz kabi epiglottitga chalingan bemor biroz yengillik bo‘lishi uchun bo‘yin qismini cho‘zishga, og‘zini katta ochib o‘tirib olib boshini old tomonga egishga harakat qiladi. Bunda bemorning tili osilib turadi, burun bilan nafas olish paytida burun kataklari keskin ravishda shishib turadi. Shifokor kuchli og‘riq va shish tufayli bemorning og‘iz bo‘shlig‘ini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Aksariyat hollarda bunday vaziyatda bemorni rentgenga tushirishga to‘g‘ri keladi. Yon tomonlama qilingan rentgenogrammada hiqildoq ustining shishib ketganligi (katta barmoq belgisi) aniq ko‘rinadi. Bunday alomatning ifodalanmaganligi epiglottitni taxmin qilmaslik uchun yetarlicha asos bo‘lolmaydi.
  • Ayni vaziyatda bemorning halqumini ko‘zdan kechirish uchun maxsus shpatel yordamida tilni pastga bosish mumkin emas. Bunday harakatlar oqibatida bemorda reflektor laringospazm va shu sababli nafas yo‘llari faoliyatining buzilishi yuz berishi ehtimoli bor. Epiglottitga chalingan bemorni operatsiya xonasiga olib borib fibrolaringoskop yordamida kuzatish kerak. Zarurat tug‘ilsa bemorga traxeya (bo‘g‘iz) sohasida intubatsiya qilinadi.

Download 131.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling