Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
26 Paypaslagichlarining uzunligi 2,0-2,1 mm Paypaslagichlar ochiq qo‘ng‘irrangli tangachalar bilan qoplangan uchki qismidagi barcha bug‘inlari oq halqalar hosil qiladi. Uchki bug‘indagi oq halqalar enli, qolgan bug‘indagi hadqachalar ensiz (3b-rasm). Ko‘krak qismi ochiq tangachalar bilan qoplangan. O‘rta ko‘krak kulrang qo‘ng‘irli tangachalar bilan qoplangan, qalqoni yumolaq yaxlit shakliga ega. Qanotlari o‘zunligi 3,0-4,0 mm (3c-rasm). Chivinning qanotlari deyarli butunlay oq tangachalar bilan qoplangan. Bu turdagi chivin qanotining oldingi chetida oltita qora dog‘ bor. Ulardan ikkitasi, qanotning pastki tagida, to‘rtta kattasi, noaniq shakilli, subkostal va radial tomirgacha cho‘zilgan. Bundan tashqari qora dog‘lar qanot yuzasining qolgan qismida tarqalgan. Viziloqlarining boshi ochiq tuk qo‘ng‘ir rang bilan qoplangan. Oyoqlari qo‘ng‘irrang, tangachalar bilan qoplangan (3d-rasm). 2-rasm. Anopheles pulcherrimus Theobald, 1902 a-umumiy ko‘rinish, b-bosh o‘simtalari (muylov, paypaslagichlar, xartum), c- qanotlari, d-orqa oyoq panjalari. Panjalarida oq xalqalar bor. Boldirning oldi uchi qalinlashib oq tangachalar bilan qoplangan. Orqa oyoqlarining to‘rtinchi bo‘g‘imida to‘q rangdagi keng halqalar bor. Qorin qismi qo‘ng‘ir qora rangli tangachalar bilan qoplangan. Orqa va yon tomonlari oltin rangli tuklar bilan qoplangan. Erkak chivinlarda gipopigium qopqoqlarining birinchi bug‘imi asosida beshta tukchalar joylashgan. [5; 90- 93 b.] Morfologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra bu turdagi voyaga yetgan chivin(imago)larning o‘ziga xos sistekmatik belgilari umumiy tanasi oqishrangda, muylovlari birinchi, yettinchi va sakkizinchi bug‘inlari qo‘shimcha ravishda oq tangachalar bilan qoplangan. Paypaslagichlari qo‘ng‘irrangda bo‘lib, barcha bug‘inlari ensiz oq halqali, uchki bug‘imi keng oq halqali. Qanotlari deyarli butunlay oq tangachalar bilan qoplangan, oldingi chetida ikkita kichchik, to‘rta qora dog‘lari bor. Orqa oyoqlari panjasining oxirgi uchta bo‘g‘umi oq rangda, ikkinchi bo‘g‘imida to‘q rangdagi keng halqa bor. Gipopigium qopqoqlarining birinchi bug‘imi asosida beshta tukchalar joylashganligi bu tur Anopheles pulcherrimus ekanligini tasdiqlaydi. Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling