Хорижий мамлакатларда қонун чиқариш жараёни


Download 92.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1511852
Bog'liq
Qonun chiqarish


Mavzu:Qonun chiqarish
Reja :
1.Qonun chiqarish jarayoni tushunchasi va uning bosqichlari.
2.Qonunchilik tasabbusi, taklif yoki qonun loyixasining kiritish tartibi.
3.Qonun loyixasiga qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar yoki to‘z atishlar kiritish tartibi.
4.Qonun loyixasiga qabul qilish va ovoz berish turlari turlari, boshqa palatlar tomonidan qonun loyixasini ko‘rib chiqish va qonun chiqarish jarayonida palatalararo munosabatlar tizimi.
5. berish, promulpgatsiya, qonunni e’lon qilish. Qonunni kuchga kirishi.

Qonun chiqarish jarayoni bosqichlari


Qonun chiqarish funksiyalarini amalga oshirish parlament, parlament palatalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Hokimiyatni taqsimlash prinsipi shuni nazarda tutadiki, jamiyat barcha ijtimoiy tabaqalarining manfaatlarini, butun millat manfaatlarini to`liq ifoda etuvchi parlamentlar boshqa davlat organlari tomonidan chiqariladigan boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan kattaroq yuridik kuchga ega bo`lgan normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari lozim. Aynan parlamentlar tomonidan qabul qilinuvchi qonunlar boshqa barcha davlat organlari uchun zarur huquqiy negizni vujudga keltiradi, mazkur organlarning o`zaro hamda fuqarolar va ularning birlashmalari bilan munosabatlarini belgilab beradi. Xullas, qonunlar davlat va jamiyat hayotida juda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham qonun chiqarish jarayonini, uning subyektlari maqomini, qonun chiqarish jarayonining bosqichlarini huquqiy tartibga solish muhim ahamiyatga ega.

Rasmiy nuqtai nazardan qonun chiqarish jarayoni tashkiliy-huquqiy tadbirlar (tartib-qoidalar)ning murakkab tizimi bo`lib, ularning natijasi o`laroq qonun yaratiladi1[47]. Mazkur tartib-qoidalar majmui qonun chiqarish jarayonining bosqichlarini tashkil etadi.


Qonun chiqarish jarayoni bosqichlarining ahamiyati shundaki, mazkur bosqichlarning har birining mazmunini tashkil etuvchi, huquq normalari bilan tartibga solingan barcha tadbirlarini amalga oshirishgina yuqorida zikr etilgan jarayonning navbatdagi bosqichiga o`tish imkonini beradi. Qonun chiqarish jarayonining bosqichlariga P.A. Rustamov tomonidan berilgan quyidagicha ta'rif beriladi: «Mazkur jarayon bosqichlari - qonun loyihalarini tayyorlash, kiritish, muhokama qilish, qabul qilish va qonunlarni e'lon qilish bo`yicha yuridik ahamiyatga ega bo`lgan va tartib-qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan tadbirlar majmui»2[48].
Qonun loyihasini parlamentga kiritish mazkur jarayonning dastlabki bosqichidir.
Qonun ijodkorligi faoliyatining asoslarini belgilaydigan muhim qoidalar, avvalambor, konstitutsiyalarda, maxsus qonunlarda mustahkamlanadi, qonun chiqarish jarayonining bosqichlari parlament va uning palatalari reglamentlarida mufassalroq tartibga solinadi.
Qonunchilik tashabbusi huquqini ro`yobga chiqarish qonun chiqarish jarayonining birinchi bosqichi deb e'tirof etiladi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining ancha keng doirasi belgilangan. Konstitutsiyaning 83-moddasiga muvofiq, qonunchilik tashabbusi huquqiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, o`z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, respublika Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokurori ega.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bir qator davlatlar (Rossiya, O`zbekiston va boshqalar)da qonunlarni ko`rib chiqish va qabul qilish parlament tajribasi qonunchilik tashabbusi bosqichidan keyin qonun loyihasini dastlabki tarzda ko`rib chiqish bosqichini ajratish imkonini beradi. Mazkur bosqich asosan kiritilgan qonun loyihasi yuzasidan bildirilgan taklif-mulohazalar va takliflarni palataning bosh (mas'ul) qo`mitasi tomonidan umumlashtirish hamda qonun loyihasi haqida xulosa tayyorlashni nazarda tutadi. Mazkur bosqich qonun loyihasining keyingi taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega: salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda qonun loyihasi palatada qo`llab-quvvatlanishi ehtimoli juda kam.

Qonun loyihasini parlament (uning palatasi)da ko`rib chiqish va muhokama qilish hamda uni takomiliga yetkazish qonun chiqarish jarayonining navbatdagi bosqichidir. Mazkur bosqich parlament, uning palatalari majlislarida qonun loyihasi ustida ishlashni (odatda bu ish qonun loyihasini o`qish deb ataladi), shuningdek qonun loyihasi ustida parlament qo`mitalari va komissiyalarida ish olib borishni o`z ichiga oladi.


Qonun loyihalari plenar majlislarda, qoida tariqasida, bir nechta (ikki, uch, to`rt) o`qishda ko`rib chiqiladi. Har bir o`qishning o`z maqsadi va o`z vazifalari bo`ladi.

Qabul qilingan qonun loyihasini parlamentning ikkinchi palatasida ko`rib chiqish ikki palatali parlamentlardagi qonun chiqarish jarayonining navbatdagi bosqichidir. Zero, bir palatali parlamentda qonunni qabul qilish oxirgi marta ovozga qo`yish orqali amalga oshiriladi (u birinchi o`qishdan keyin ham, ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi o`qishdan keyin ham o`tkazilishi mumkin). Ikki palatali parlamentda esa qonun loyihasi ayni bir tahrirda ikkala palata tomonidan qabul qilingan holdagina qonunga aylanadi (ammo ba'zan palatalardan biri qayta ovozga qo`yish orqali boshqa palata tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini ma'qullamagan ikkinchi palataning «veto»sini yengishi ham mumkin).


Palatalar qonun chiqarish faoliyati sohasida teng huquqlarga ega bo`lgan va ular o`rtasida qonunni qabul qilish yuzasidan kelishmovchiliklar chiqqan hollarda murosaga keltirish tartib-qoidalari qo`llanadi.
Konstitutsiyaning 84-moddasiga muvofiq: a) qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma'qullanishi lozim; b) Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi va agar qonunni qayta ko`rib chiqishda palata deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan qonunni yana ma'qullasa, qonun parlament tomonidan qabul qilingan hisob-lanadi hamda imzolanishi va e'lon qilinishi uchun O`zbekiston Res-publikasi Prezidentiga palata tomonidan yuboriladi; v) Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan palatalar yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko`rib chiqilishi kerak. Konstitutsiyaga o`zgartishlar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish parlamentning har bir palatasidagi umumiy ovozlar sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozini talab etadi. Odatdagi qonunlar oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Senatga kelib tushgan qonun ro`yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko`rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo`mitaga topshiriladi. Senatning majlisida qonunni ko`rib chiqish ma'ruzachining mas'ul qo`mita xulosasini o`qib eshittirishidan boshlanadi. Shundan so`ng qonun muhkamasi tartibida senatorlar so`zga chiqishlari mumkin. Qonun Senat tomonidan belgilangan ko`pchilik ovoz bilan ma'qullansa, imzolanishi va e'lon qilinishi uchun belgilangan tartibda respublika Prezidentiga yuboriladi. Rad etilgan qonun yuzasidan palatalar yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.
Mazkur komissiya tenglik asosida tuziladi. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a'zolari o`z tarkibidan ko`pchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e'tirozini alohida-alohida ko`rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi o`z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni o`z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o`zgartishlar va qo`shimchalar loyiha-sining matni ilova qilinadi. Xulosa Senat va Qonunchilik pala-tasiga topshiriladi. Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odat-dagi tartibda qayta ko`rib chiqilishi kerak. Qonunni Qonunchilik palatasida qayta ko`rib chiqishda kelishuv komissiyasining bayonno-masida mavjud bo`lgan takiflargina muhokama qilinadi. Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonun-chilik palatasi, Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taq-dim etish uchun palata tomonidan ma'qullangan tuzatishlarni ino-batga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin. Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda ma'qul-lamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qay-tarilishi kerak. Qonunchilik palatasi Reglamentining 17-moddasida Senat tomonidan rad etilgan, shuningdek respublika Prezidenti tomonidan e'tirozlar bilan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko`rib chiqish tartibi belgilangan. Mazkur tartibga muvofiq, mas'ul qo`mita rad etilgan qonun yuzasidan xulosa beradi. Mas'ul qo`mitaning xulosasini olganidan so`ng palata qonunni qayta ko`rib chiqish masalasini o`z majlisining kun tartibiga kiritadi. Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni palata deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan yana ma'qullasa, qonun Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va Prezidentga imzolash va e'lon qilish uchun yuboriladi.
Qonunni imzolash va e'lon qilish - qonun chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi. Mohiyat e'tibori bilan, mazkur bosqich ikki yoki uch bosqichni o`z ichiga oladi. Mazkur bosqichni tavsiflovchi yuqorida zikr etilgan tadbirlar parlamentdan tashqarida amalga oshiriladi.
Parlament tomonidan qabul qilingan qonunni imzolash masalasiga to`xtalamiz. Odatda, bu davlat boshlig`ining vakolatlariga kiradi. Chet el davlatlarining konstitutsiyalarida, yuridik adabiyotlarda «promulgatsiya» atamasini uchratish mumkin. Promulgatsiya deganda ba'zan qonunni imzolash va e'lon qilish tushuniladi. Ammo mazkur atamaning yanada aniqroq ma'nosi shundan iboratki, promulgatsiya davlat boshlig`ining, shu jumladan, qonunni rasmiy e'lon qilish to`g`risidagi farmoyishi ifodalangan maxsus hujjat chiqarishini nazarda tutadi. Davlat boshlig`i tomonidan chiqarilgan mazkur hujjat (farmon, buyruq)ning matni rasmiy nashrlarda e'lon qilinayotgan qonun matnidan oldin keladi3[49].

Bir qator davlatlarning konstitutsiyalari davlat boshlig`iga qonunni imzolamasdan unga veto qo`yish, ya'ni qonunni parlamentga qaytarish huquqini beradi. Bunda konstitutsiyalar qonunni rad etish uchun asoslarni ko`rsatmasligi, davlat boshlig`idan o`z qarorini asoslashni talab qilishi mumkin. Hozirgi parlamentarizm amaliyotiga vetoning faqat bir turi – parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin bo`lgan nisbiy veto ma'lum. Mutlaq veto (u Buyuk Britaniyada ma'lum bo`lib, oxirgi marta 1707 yilda qo`llanilganiga qaramay, hozirgacha rasman saqlanib kelmoqda) qonunni uzil-kesil rad etadi va parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin emas. Ba'zi bir mamlakatlar (Portugaliya, Meksika va boshqalar)da qisman veto qo`llaniladi. Mazkur veto butun qonunga emas, balki uning alohida moddalariga tegishli bo`ladi. Rossiyada Konstitutsiyaga muvofiq prezidentga berilgan veto huquqidan, amaliyotga qaraganda, prezident butun qonun bilan ham, uning alohida moddalari bilan ham kelishmagan hollarda foydalaniladi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (oldingi tahrirda ham, yangi tahrirda ham) O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga o`ziga taqdim etilgan qonunni imzolamaslik va unga o`z e'tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo`yish uchun parlamentga qaytarish huquqini beradi. Prezident vetosi nisbiy xususiyatga ega va parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun palatada qayta ko`rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: 1) qonunni Prezidentning mulohazalarini va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish; 2) qonunni bundan buyon ko`rib chiqmaslik; 3) qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma'qullash. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda palata deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan ma'qullansa, Senatga ma'qullash uchun yuboriladi. Senat (senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan) qonunni ma'qullash yoki rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi. Agar qonun Senat tomonidan ma'qullansa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o`n to`rt kun ichida imzolanishi va e'lon qilinishi kerak. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq, qonunlarning e'lon qilinishi ular qo`llanilishining majburiy shartidir. Mazkur qoidalar Oliy Majlis palatalarining qonunlar bilan tasdiqlangan reglamentlarida ham o`z aksini topgan.


Qonunni yaratish jarayoni, ya’ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat qonunchilik tashabbusi ro‘yobga chiqishidan boshlanadi.
Qonunchilik tashabbusi-qonun loyihasini o‘rnatilgan tartibda qonunchilik muassasasiga rasmiy tarzda kiritish.
Xozirgi davrda xorijiy davlatlarda parlament deputatlari, parlament qo‘mitalari, davlat rahbari, hukumat, umummilliy vakolatga ega tegishli muassasalar qonunchilik tashabbusiga ega. Qonunchilik tashabbusi qonunchilik jarayonining birinchi bosqichi bo‘lib, u odatda, Konstitutsiya tomonidan belgilangan qonunni qabul qilish tartibidir.
Qonunchilik tashabbusi huquqi-Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni o‘zgartirish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.
Yuridik adabiyotlarda qonunchilik tashabbusining obyekti xususida baxs-munozara mavjud. Ba’zi olimlar bunday obyekt sifatida parlamentga tayyor qonun loyihasi kiritilishini nazarda tutadilar. Ikkinchi guruh olimlari biron-bir qonunni qabul qilish to‘g‘risida taklifni ilgari surishining o‘zi qonunchilik tashabbusi bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Bu munozaraga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Reglamentining 66-moddasida aniq javob berilgan:
«Qonunchilik tashabbusi huquqi yangi qonunlar loyihalarini, amaldagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni (qonun chiqarish to‘g‘risidagi takliflarni) kiritish shaklida amalga oshiriladi».
Qadimgi davlatlarda qonunchilik tashabbusi bilan har bir davlatning o‘z odat va normalariga qarab shug‘ullanishgan. Masalan qadimgi Sharq davlatlarida davlat boshlig‘i-despot (podsho, fir’avn) hokimiyati cheklanmagan bo‘lib, uning qo‘lida ijtimoiy hokimiyatning hamma tarkibiy elementlari-oliy qonun chiqarish, ijro etuvchi, sud va harbiy hokimiyat to‘plangan.
Qadimgi podsholik davrida Misr davlatida qonun chiqarish huquqi Fir’avnning qo‘lida bo‘lgan.
Qadimgi (Misr) grek yozuvchisi Diodar Sitsiliyalikning xabar berishicha, Misrda birinchi qonun chiqargan afsonaviy podsho-birinchi sulolaning birinchi podshosi Menes bo‘lgan, ikkinchi podsho Sazixis bo‘lgan. Gerodot va Diodar ko‘rsatganlaridek, Sozixis qarz olish shartlarini belgilovchi qonun e’lon qilgan.
Misrda miloddan avvalgi XIII asrda yozma qonunchilik ancha taraqqiy qilgan. Masalan, ayniqsa, Reshzes II podsholigi davrida ko‘p qonunlar chiqarilgan. Bu qonunlar misr armiyasini, jamiyatning ijtimoiy to‘z umini va byurokratik davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan.
Nihoyat, miloddan avvalgi VIII asrda podsho Bokxorisning sakkizta kitobi (qirqta noma) dan iborat katta kodeksi paydo bo‘lgan. Mazkur qonunlar bo‘yicha Misr tarixida birinchi marta qarzdorlarni qarzi uchun qulga aylantirish ta’qiqlab qo‘yilgan.. Miloddan avvalgi VI asrda podsho Amasis mahalliy hokimiyat faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar chiqargan.
Qadimgi Bobil podsholigi markazlashgan davlat bo‘lgan. Podsho Ham murapi rasman cheklanmagan vakolatlardan foydalangan. U qonun chiqargan.
Ikkidaryo oralig‘ida odat huquqi bilan birga huquqning boshqa Yana bir muhim manbai-qonun juda erta paydo bo‘lgan.
Dastlabki podsholar yozuvlari tom ma’nodagi qonunlar yoki islohotlar bo‘lmagan. Ularda Mesopotamiya podsholarining haqiqiy yoki hayoliy g‘alabalari, ularning o‘z mamlakatlari, shaharlari, ibodatxonalari aholisiga, xudolarga qilgan muruvvatlari va xayr saxovotlari haqidagi ma’lumotlar saqlangan.
Dastlabki yozuvlar harakatdagi qonunlarni o‘zlarida mujassamlashtirmagan bo‘lsalarda, ammo hukmdorlarning qonunchilik faoliyatlarini, qonunlarini an’anaviy yozib qoldirilishiga va e’lon qilinishiga asos solgan. Va, endi podsholarning qonunlari asta-sekin yozib qo‘yiladigan bo‘lgan.
Qadimgi Hindistonda Dharmashastralar dastlab braxmanlar tomonidan shog‘irdlar uchun qo‘llanma sifatida to‘z ilgan. Keyinchalik muhim huquq manbaiga aylangan va hatto artxashastralardan ham muhim aham iyatga ega bo‘lib qolgan.
Eng qadimgi Dharmashastralar-Gautama, Baudxayana, Apastamba, Vasishtxa, kabilar Dharmasutralar (sutratizma) degan nom bilan yuritilib, taxminan miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida va Yangi era oralig‘ida paydo bo‘lgan. Anna shu dharmashastralar asosida miloddan avvalgi II as rva milodning II asrida vujudga kelgan Massu qonunlari qadimgi xind qonunchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi.
Bundan tashqarii qadimgi xind huquqi rivojlanishining turli bosqichlarida podsholarning ediktlari-amr buyruqlari huquqning muhim manbaini tashkil etgan. Artxashastralarda ediktlarga barcha sudlar uchun majburiy bo‘lgan qonun kuchi berilgan.
Miloddan avvalgi X asrda Qadimgi Xitoyning Chjou davlatida Van-Mu tomonidan 3000 ta moddaga ega bo‘lgan jinoyat kodeksi-jazolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilgan. Qonunnomada aybiy yengillashtiradigan va og‘irlashtiradigan holatlar haqida gapirilgan, ehtiyotsizlikdan va qasddan qilingan xatti-harakatlar bir-biridan ajratilgan. Unda avvalo odat huquqi me’yorlari mustahkamlangan.
Huquq antik davrda fuqorolik jamiyati va uning madaniyati elementlarini mustahkamlovchi omillardan biri sifatida birdaniga kamolotga va takomilga erishmadi. Afinada halq majlislari tomonidan Yangi demokratik qonunlarning qabul qilinishi tartibi miloddan avvalgi VI asrda Salon va Klisfen islohotlari bilan joriy qilingan. Rimda esa, an’anaviy huquqiy odatlar qayta ishlanib, XII jadval qonunlarida yozib qo‘yilgan. Bu qonunlarda halq majlislarining qarorlari qonun hisoblanadi, degan qoida nazarda tutilgan.
XV asr-XVII asrning o‘rtalariga kelib Angliya davlatida Absolyut monarxiya davrida yashirin kengash farmonlar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, manifestlar, proklamastiyalar chiqarish bilan birga markaziy va mahalliy davlat organlari ustidan nazoratni amalga oshirardi.
VII asrda chek yer tizimining joriy qilinishi, jamiyatning darajalarga qat’iy bo‘linishi, xudi Xitoydagi kabi «kodeks» deb nom olgan qonun xujjatlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Kodekslar yer munosabatlarini, unvonli va darajali amaldorlarning turli guruh va vakillarning huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi normalarni, jinoyat huquqi (ritsu) va ma’muriy huquq (ryo) normalarini (garchand Yaponiya huquqida ular o‘rtasidagi farqlarni ajratish juda qiyin bo‘lsa ham) belgilaydi. Yaponiyaning birinchi kodeksi «Tayxo ryo» xisoblanadi. Kodeksni tuzish ustida ishlash 720 yilgi yilnomada ko‘rsatilganidek, shaxzoda Okasabe va Fudzivara xonadonining vakili Fubito boshchiligidagi 18 kishidan iborat komissiya ishlagan. Kodeks 701 yilda to‘z ilib, 702 yilda kuchga kirdi. Kodeks ustida ishlash keyinchalik Yana davom etdi. U 718 yilda (kuchga kirdi).
«Yoro ritsu ryo» degan Yangi nom bilan chiqarildi va 953 moddadan iborat edi. «Yoro ritsu ryo»-«Yoro yillari jinoiy va ma’muriy kodeksi» degani edi. Bu qonunlar to‘plamida Yaponiyaning ilk feodal davlati haqida, o‘z ahamiyatini rasman meydzi davrigacha (XIX) saqlab qolgan yapon an’anaviy huquqi normalari haqida keng ma’lumotlar beriladi.
Qur’oni Karim Islom dinining asosiy muqaddas kitobi va shariatning eng asosiy manbaidir. Islom an’analari Qur’on Alloh tomonidan Muhammad (S.A.V) ga 23 yil mobaynida (610-632 yillarda) hazrati jabroil alayhissalom (farishta) orqali vahiy qilingan (uqtirilgan) deb tasavvur qilinadi. Qur’onning nozil qilinishi-vahiy yuborilishi muqaddas ramazon oyining 27 kuni kechasi boshlangan hisoblanadi. Shu sababli bu muqaddas deb ro‘za tutilgan kunning 27 kechasi esa «Laylat ul-qadr» ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo‘lgan tabarruk kecha deb ulug‘lanadi.
Qur’oni Karim 30 pora, 114 sura (tizma, qator), 6236 oyat (modda) dan iborat bo‘lib, oyatlarning 63 foizi Makkada, 37 foizini Madinada nozil bo‘lgan oyatlar tashkil etadi. YA’ni Qur’on suralarining 95 tasi 13 yil davomida Maka shahrida nozil bo‘lib, makkiy suralar deb ataladi. Ularning 19 tasi esa 622 yili yuz bergan hijratdan keyin 10 yil davomida Madinada nozil bo‘lib, Madiniy suralar deb nozil qilingan. Qur’oni Karim xozirgi davrgacha Arabiston davlatida va boshqa davlatlarda amalda qo‘llanib kelinmoqda.
Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida vujudga keladi. Davlat amrining oliy ifodasi bo‘lmish qonun, hokimiyatning alohida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi.
Qonunchilik (qonunni yaratish) jarayoni-davlat oliy vakillik organining konstitutsiyada belgilangan tartibda Yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan, shuningdek eskirgan qonunlarni bekor qilish borasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama eti shva qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Qonunchilik jarayoni muayyan tartib, tashkillashganlik ifodasi sifatida mamlakatda qonunchilik hokimiyatini amalga oshirish shakli hisoblanadi.
Qonunning oliyligi, jamiyat hayotidagi ustuvor mavqei qonunchilik jarayonining ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Zero, qonun yaratish jarayonining mukammal tartibga solinganligi sifatli va talab darajadaligi qonunning tug‘ilishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Qonunchilik jarayonining ta’rifi 2 ma’noga ega: birinchidan, bu qonun loyihasining parlamentga kiritilishidan boshlab, to u qabul qilingunga qadar davlat organlari tomonidan ro‘yobga chiqariladigan vakolotlar bo‘lsa, ikkinchidan, qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etadigan turli subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi protsessual qoidalar ifodasi (shakli) dir. Qonunchilik jarayonining muhim hususiyati shundaki, uning mazmunini tashkil etuvchi haraktlar tartibi va ularni amalga oshirish taomili konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo‘yiladi.
Qonun ijodkorligi jarayoni, an’anaga ko‘ra, Ushbu jarayonning turli bosqichlarida ishtirok etuvchi organlar o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlashma’nosida talqin etiladi. Garchand, qonun chiqarish faoliyatida u yoki bu mustaqil subyektlar ishtirok etsalarda, qonunchilik jarayoni asosan parlamentning qonun yaratish faoliyati tartibi bo‘lib qolaveradi.
Qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Muayyan qonun yaratilishiga bo‘lgan obyektiv extiyojni aniqlash;
Qonunchilik tashabbusi;
Qonun loyihasini muhokama qilish;
Qonunni qabul qilish;
Qonunni imzolash va e’lon qilish.
Qonun ijod etish faoliyatini faqat qonun chiqaruvchi organ doirasidagi harakatlar bilangina chegaralab bo‘lmaydi. Mazkur faoliyat qamroviga muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni qonun vositasi bilan huquqiy tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, qonunchilik tashabbusi sohiblarining, parlament qo‘mitalarining, komissiyalarining shu yo‘nalishda olib boradigan ishlari ham kiradi. Qonun chiqaruvchi organning vazifasi ancha murakkab va mas’uliyatlidir. U huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlagach, tegishli muammoli vaziyatning huquqiy yechimini izlab topishga kirishadi. Ushbu muammoli ijtimoiy munosabatlar aynan qonun bilan tartibga solinishi kerakmi yoki boshqa turdagi huquqiy akt bilan (masalan, farmon yoki hukumat qarori bilan) tartibga solinishi mumkinmi, degan masalani hal etadi. So‘ngra amaldagi qonun xujjatlarini tahlil qilib, mavjud normativ aktlarni to‘ldirish, o‘zgartirish yetarlimi yoki Yangi qonun qabul qilish kerakmi, degan savolga yechim topadi.
U yoki bu qonunni qabul qilish ehtiyoji (zarurati) hamda muayyan huquqiy qoidani o‘rnatishga qaratilgan halq irodasining yo‘nalishi aniqlangach, qonun chiqaruvchi organning diqqat e’tibori ijtimoiy shakllangan qoidani yuridik tilda bayon etishga, uni aniq, ifodalashga, qat’iy rasmiylashtirishga qaratiladi. Qonun ishlab chiqarishga kirishishdan avval mavjud ijtimoiy hayot, reat voqelik, muayyan muammoli vaziyat atroflicha tahlil etilishi lozim.
Chet el davlatlarining konstitutsiyasida parlamentning yuqori va quyi palatalari qonunlarni ko‘rib chiqish tartibi muhim o‘rin tutadi.
Qonun loyihasini ko‘rib chiqish jarayoni Konstitutsiya va palatalar reglamenti tomonidan belgilanadi. Har qanday qonun loyihasi avval quyi palatada, so‘ngra yuqori palatada ko‘rib chiqiladi. Quyi palatada qonun loyihasi uch marta o‘qilgandan so‘ng qabul qilinadi.
Qabul qilingan qonun belgilangan vaqtdan keyin rais tomonidan yuqori palataga yuboriladi. U yerda qonun loyihasi ma’lum bir vaqt mobaynida tegishli komissiya tomonidan o‘rganiladi, Palata majlisi muhokamasiga qo‘yiladi va o‘zgarishsiz qabul qilinishi yoki quyi palataga o‘zgartirishlar yoki umuman qabul qilinmasligi mumkin. Agar qonun belgilangan vaqt ichida yuqori palata tomonidan ko‘rib chiqilmasa, u qabul qilingan hisoblanadi.
Qonun yuqori palata tomonidan qabul qilinmagan hollarda, ayrim mamlakatlarda palatalar tenglikka asoslangan nizolarni bitishtiruvchi komissiya to‘z adilar. Qonun loyihasi quyi palatada qabul qilinib, yuqori palata ma’qullagandan so‘ng (har bir palataning to‘liq tarkibidan ko‘pchilik ovozi berganda) qonunga aylanadi.
Amerika Qo‘shma shtatlari. Qonunchilik faoliyati.
Qonun loyihalarini kiritish jarayoni juda oddiy. Vakillar palatasida qonun loyihasining matni palata klerkining stolida turadigan «xopper» degan maxsus qutichalarga tashlanadi. Senatga bu rasm-rusm palata raisining roziligi bilan «ertalabki majlis» vaqtida Senatorning qisqacha nutqi bilan bajariladi. Senatorlar va Kongressmenlar qonun loyihasini mohiyatan taklif etmasdan, ko‘rib chiqish haqidagi arznomalarni palataga kiritish bilan chegaralanadilar. Bu holatda qonun loyihasini ishlab chiqish doimiy qo‘mitaga yoki masalani u yoki bu tarzda hal bo‘lishiga manfaatdor bo‘lgan, o‘z xizmatini taklif etgan lobbichi tashkilotlarga topshiriladi.
Loyiha rasman kiritilgandan keyin u maxsus tipografik blankaga, qonun loyihasining qisqacha nomi tartib Raqamii, hamda loyihani taqdim etgan va uni palatadan qo‘llab-quvvatlagan a’zolar (Vakillar palatasida ular 25 kishidan ko‘p bo‘lmasligi kerak) ko‘rsatilgan holatda yoziladi. Matn har bir satrga tartib raqamii berilgan varaqlarda yoziladi. Bu, loyihaga to‘z atish kiritish va muhokama jarayonlari yengil kechish uchun qilinadi.
Hamma qonun loyihalari o‘qishda o‘qiladi. Agar palata bir ovozdan boshqacha tartib belgilamagan bo‘lsa, ular har xil kunda o‘tkaziladi. Birinchi o‘qishda qoidaga ko‘ra, faqat loyihaning nomi o‘qiladi va uni qo‘mitaga yuborish masalasi hal qilinadi. Doimiy qo‘mita zaruriyat bo‘yicha loyihani keyingi ko‘rib chiqish tartibini Aniqlagan holda, uni qo‘mita bo‘limiga yuboradi. Bu bosqichda loyihaning taqdiri butunlay qo‘mitaning qo‘lida bo‘lib, palata qonun loyihasini palataga qaytarish huquqidan kam foydalanadi.
Qonun loyihasini palatada rais yoki uning topshirig‘i bilan, ko‘pchilikdan bo‘lgan qo‘mita a’zolaridan biri doklad qiladi. Palata qonun loyihasini tegishli taqvimga kiritadi, zarur holatlarda uni kechiktirmasdan ko‘rib chiqishi mumkin.
Palatada muhokama qilinishidan oldin loyiha to‘liq (ikkinchi o‘qish) o‘qib chiqiladi. Muhokama (bahslar) vaqtida deputatlar qonun loyihasiga to‘z atish taklif etish huquqiga ega.
Palatalarning qoidalarida alohida talablar bo‘lib, ular qonun loyihasiga «hujumchilar»ning to‘z atishlarini ham cheklaydi. Masalan, Senat reglamentida qonun loyihasini butkul rad etadigan to‘z atish kiritish ta’qiqlangan. Ikkala palatada qonun loyihasi predmeti bo‘yicha qo‘mita a’zolari to‘z atish kiritish huquqiga ega.
To‘z atish, rais yoki palata a’zosining talabiga ko‘ra yozma tarzda taqDim etilishi kerak. Agar u bir qancha savollarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, uning muhokamasi ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha alohida o‘tkazilishi mumkin.
To‘z atishlar, ishtirok etayotgan palata a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullangan holatda loyiha matniga kiritiladi. Ovoz berishga qadar deputat o‘zi taklif etgan to‘z atishni qaytarib olishi mumkin. Qonun loyihasi uchinchi o‘qishga tayinlanganda, uning matniga to‘z atish kiritishga ruxsat berilmaydi, agar palata bir ovozdan boshqacha tartib o‘rnatmasa.
Qonun loyihasi bo‘yicha to‘liq ovoz berilgungacha, u Yana doimiy qo‘mitaga yuborilishi mumkin, matniga to‘z atish kiritish mumkin emas (faqat taklif etishi mumkin). Qonun loyihasi qayta bosib chiqarilgandan va uchinchi o‘qishdan keyin ovozga qo‘yiladi.
Qonun loyihalarini palatada ko‘rib chiqish tartibiga har doim ham amal qilinavermaydi. Uni tezlatish mAqsadida palatalar ko‘pincha umumiy qoidani bO‘z ib, faqat loyihalar nomini O‘zbekiston Respublikasiqish bilan cheklanadilar, muhokama, to‘z atish kiritish va ovozga qo‘yish rasm-rusmlarini soddalashtiradilar. Bunday holat odatda, Kongress sessiyalarining oxirida sodir bo‘ladi, chunki qo‘mitalaridan kelib tushishiga qarab, kongress, bir, ikki kunda o‘ylab qonun loyihalarini kun tartibiga ham qaramasdan ovozga qo‘yadi va qabul qiladi.
Bita palata tomonidan ma’qullangan qonun loyihasi boshqa palataga yuboriladi. U yerda ham yuqoridagi tartibda muhokama qilinadi. Agar uning matniga to‘z atish kiritilmagan bo‘lsa, unda palatalar raislari (birinchi bo‘lib spiker imzolaydi) imzolagandan keyin Prezidentga yuboriladi. Agar unga to‘z atish kiritilgan bo‘lsa, qonun loyihasini taqDim etgan palata yo rozi bo‘ladi yo uni inkor etib, kelishuv qo‘mitasi chaqIrish taklifi bilan o‘sha palataga murojaat qiladi. Kelishuv qo‘mitasining qarori birinchi navbatda, loyihaga to‘z atish kiritgan palataga doklad qilinadi. Bir xil shaklda qabul qilingan qonun loyihasi, imzolangandan keyin prezidentga yuboriladi.
Prezident qonun loyihasini imzolashdan bosh tortib o‘z e’tirozlari bilan birga uni taklif qilgan palataga qaytarishi mumkin (veto huquqi). Vetoni yengib o‘tish uchun har bir palata (dastlab, qonun loyihasi qaytarilgan palata) uni uchdan ikki qism ko‘pchilik ovoz bilan qaytadan qabul qilishi kerak. Ushbu holatda ovoz berish noma-nom bo‘lib, qonunlarga qanday ovoz berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar palata jo‘rnaliga yoziladi. Ovoz berish natijalari ijobiy bo‘lsa, qonun loyihasi Prezident 10 kun ichida, (yakshanbadan tashqari) o‘z xulosasini bermasa (agar bu paytda Kongress o‘z sessiyasini to‘xtatmagan bo‘lsa) ham kuchga kiradi. Kongress sessiyasi to‘xtagan bo‘lsa, qonun loyihasi Aniq qaytariladi va yuqorida ko‘rsatilgan tartibda qaytadan ko‘rib chiqilmaydi.
Qonunlar Prezident tomonidan imzolangan paytdan yoki uning vetosi yengib o‘tilgandan keyin kuchga kiradi, faqat, qonun matnida kuchga kirish muddati ko‘rsatilgan holat bundan mustasno.
Qonunlar bevosita kuchga kirgandan keyin «Pablik-lov» seriyasida nashr etiladi va unga tegishli raqam beriladi. Uning birinchi qismi Kongressning tartib Raqamini, ikkinchisi statut (mAqom) yoki rezolyutsiyaning tartib Raqamini bildiradi.
Yilning oxirida Kongressning hamma aktlari jamlanadi va ular xronologik tartibda «Qo‘shma shtatlar statutlarining to‘liq to‘plami» da e’lon qilinadi, bunda qonun me’yorlari (qonunlarning o‘zi emas) ularning boshqarish predmetiga qarab to‘planadi.
Buyuk Britaniya.
Parlament-mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi. Qonun chiqarish sohasidagi oliy hokimiyat parlamentga butunlay ishonib topshirilgan. Qonun chiqarish jarayonida qirolicha ham alohida aham iyat kasb etadi-har ikki palata qabul qilgan qonun loyihalari faqat u mA’qullagandan keyingina qonun kuchini oladi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyaning oliy qonun chiqaruvchi organi to‘g‘risida gapirganda jamoalar palatasi nazarda tutiladi, chunki u qonun chiqaruvchi mexanizmning markaziy tarkibiy qismi hisoblanadi.
1945 yildan jamoalar palatasining to‘rtta a’zosi safdan chiqarilgan yoki sharmandali huquqlari uchun ayblovdan so‘ng haydalishdan cho‘chib iste’foga ketganlar.
Germaniya. Qonunchilik tashabbusi Bundesrat. Bundestag va Federal Hukumatga tegishlidir, biroq qonunchilik jarayonida Bundestag yetakchi rol o‘ynaydi. Xukumat Bundesratga qonun loyihasini kiritadi, u o‘z fikrini olti haftadan kechiktirmay Bundestaga yuboradi. Alohida shoshilinch hollarda hukumat uch hafta o‘tgandan so‘ng qonun loyihasini bevosita Bundestaga jo‘natishi mumkin.
Qonun loyihalari Bundestagga kelib tushgach, uning nushalari parlament guruhlari o‘rtasida tarqatiladi. Qonun loyihasini parlament guruhlarida dastlabki qarab chiqqandan so‘ng Bundestag oqsoqollar kengashi birinchi O‘zbekiston Respublikasiqish muddatini aniqlaydi. Bundestogda odatda qonun loyihalari uch o‘qishdan o‘tadi. Birinchi o‘qish davomida qonun loyihasiga oid munozaralar faqat oqsoqollar kengashining tegishli tavsiyasi yoki parlament guruhlaridan birining so‘rovi bo‘lganda o‘tkaziladi.
Ikkinchi o‘qish davomida asosiy ma’ruzachi yoki ma’ruzachilar chiqishlaridan so‘ng asosiy munozaralar boshlanadi. Munozaralar davomida deputatlar qonun loyihasi har bir moddasini alohida muhokama qiladilar. So‘ngra bu loyiha ovoz berishga qo‘yiladi. Zaruriyatga ko‘ra qonun loyihasi uchinchi o‘qishini ham o‘tkazishi mumkin.
Bundestag ma’qullagandan so‘ng qonun loyihasi Bundesratga yuboriladi, u loyihaga mutlaq veto qo‘yishi mumkinki, bu veto quyi palata tomonidan uni qabul qilish uchun qancha deputat ovoz berganiga qaramay, Bundestag tomonidan bartaraf etila olmaydi. Bundesratda ma’qullangandan so‘ng qonun Federal Konsler va tegishli vazir imzolari uchun Xukumatga yuboriladi. So‘ngra imzo qo‘yish uchun Federal Prezidentga yuboriladi va belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Kanada davlati. «Kenguru» usuli. Qonun loyihasi bo‘yicha ma’ruza bosqichida spiker (yoki jami palata qo‘mitasi raisi, yoki qo‘mita raisi) qonun loyihasiga taklif qilingan qaysi o‘zgartirishlarni muhokamaga qo‘yish kerak yoki kerak emasligini belgilaydi. U Ushbu masalani o‘z ixtiyoriga ko‘ra hal qilib, ayrim o‘zgartirishlardan «sakrab» o‘tib, muhokama qilish lozim bo‘lganlarida to‘xtaladi (shu tufayli ushbu usul «kenguru» deb ataladi). Ushbu protsedura usuli raislik qilayotgan parlament a’zosiga hukumatga qulay (foydali) bo‘lgan siyosatni yuritishga imkon beradi.
Gilotina usuli-munozaralarni ham vaqt, ham mazmun jihatdan qisqartirishning qattiqqo‘l usuli. Hukumat ushbu usuldan foydalanganda, palatalar yig‘inida muhokama qilish uchun qonun loyixasining ayrim bandlarini tanlab oladi va ularni ko‘rib chiqish uchun muhokamaning turli bosqichlarida aniq belgilangan vaqt oraliqlarini ajratadi.

Адабиётлар


Муаллифлар жамоаси — Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат. — Т., 1995.


Азизхўжаев А.А. Ҳокимият тақсимланиши таомилининг амалий ифодаси. — Т., 1994 йил, “Ҳаёт ва қонун”, 2-сон.
Файзиев М.М. Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги аъзоларининг ҳуқуқий статуси. “Ўзбекистон Республикаси — мустақил давлат”. — Т., “Адолат”, 1995.
Тожихонов У.Т. Истиқлолимизнинг ҳуқуқий негизи. — Т., 1994.
Бурхонова Ф. Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги. “Ўзбекистон Республикаси — мустақил давлат”. — Т., “Адолат”, 1995.
Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Ислок Абдуганиевич Каримовнинг таржимаи ҳоли ва дастури (ўзбек ва рус тиллари). Т. Ўзбекистон, 1999 й
Саидов А.Х. Султонов С.А. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва инсон ҳуқуқлари. Т. «Адолат», 1998
Саидов А.Х. Султонов С.А. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва инсон ҳуқуқлари. Т. «Адолат», 1998
Ислом Каримов Конституция тўғрисида (Ўзбекистон Республикасининг Конституциясини ўрганувчиларга ёрдам) /тузувчилар: юридик фанлар докторлари, профессорлар А.Саидов, У.Тожихонов. –Т., «Академия» ноширлик маркази, 2001. –156 б.
Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling