Hoshimov, S. S


Download 1.18 Mb.
bet41/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Savol va topshiriqlar





    1. O‘zgarmas tok dvigateliga berilayotgan kuchlanish qiymatini o‘zgartirish yo‘llarini tushuntirib bering.

    2. G-D tizimida tezlik tenglamasi qanday ko‘rinishga ega?

    3. G-D tizimida generator va dvigateli magnit oqimini o‘zgartirgan holatidagi mexanik tavsiflar qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

    4. G-D tizimida momentni o‘zgarmas holda saqlab tezlikni rostlash uchun nimani o‘zgartirish kerak?

    5. P = const holda dvigatel tezligini qanday qilib rostlash mumkin?

    6. G-D tizimida qanday asosiy tormozlash usuli qo‘llaniladi?

    7. G-D tizimining afzalliklari va kamchiligini ko‘rsating.

    8. Boshqariluvchi to‘g‘rilagich-dvigatel tizimining afzalliklari nimalardan iborat?

    9. BO‘-D tizimida mexanik tavsiflar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

    10. BO‘-D tizimi uzlukli tok zonasi qanday hisoblanadi va bu zona nimalarga bog‘liq?

    11. Uzlukli tok rejimida chegara toki qanday hisoblanadi?

    12. BO‘-D tizimini qanday reverslash sxemalari qo‘llaniladi?

    13. BO‘-D tizimida o‘zgartirgichni rostlash tavsifini chizib tushuntirib bering.

    14. BO‘-D tizimida ventil komplektlarini birgalikda va alohida boshqarishning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?



IV bob. O‘ZGARUVCHAN TOK DVIGATELLARI VA YURITMALARINING MEXANIK TAVSIFLARI





    1. UMUMIY HOLATLAR

O‘zgaruvchan tok elektr yuritmalari sanoatda, transportda, qurilish industriyasida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. O‘zgaruvchan tok mashinasining keng tarqalishiga sabab FIK va ishonchliligining yuqoriligi, yuritmalarning aksariyati tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi va shu bois, boshqarishning soddaliligi, elektr mashinaning arzonligi, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanishga bo‘lgan talablarning oddiyligidadir.


Foydalanilayotgan dvigatel turiga qarab, nafaqat o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok yuritmalari, balki yuritmalarni asinxron, sinxron va odimlovchi kabi boshqa ko‘rinishlarini ham ta’kidlash mumkin. Asin- xron dvigatel atamasi o‘rniga asinxron yuritma atamasini qo‘llab, biz bu turdagi dvigatellarning nafaqat biror-bir xususiyatlarini, balki elektrlashtirilgan agregatning ravon ishga tushirilishi, bosh statik momentini ta’minlashni ko‘zda tutamiz.
Asinxron va sinxron mashinalar asosida qurilgan an’anaviy yuritmalar bilan bir qatorda so‘nggi yillarda universal va odimlovchi dvigatelli, ikki yoqlama ta’minlanuvchi o‘zgaruvchan tok yuritmalari qo‘llanilmoqda.



    1. Download 1.18 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling