Hoshimov, S. S
O‘ZGARMAS TOK YURITMASINI MIKROPROTSESSORLI BOSHQARISH
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
O‘ZGARMAS TOK YURITMASINI MIKROPROTSESSORLI BOSHQARISHTiristor o‘zgartgichli, o‘zgarmas tok dvigatelning uch konturli an’anaviy tizimi 8.3- rasmda keltirilgan. 8.3- rasm. Elektr yuritmaning analog tizimi. Tezlik rostlagichining (TR) chiqish signali tok konturi uchun topshiriq signali bo‘lib, tok rostlagichining (TokR) chiqish signali esa ichki kuchlanish konturi uchun topshiriq signali bo‘lib xizmat qiladi. Mantiqiy qayta ulash qurilmasi (MXQ) yuritmani to‘rtta kvadrantda ishlashini ta’minlaydi. Bu tizim analog tizimdir. Bunday klass tizimida quyidagi muammolarni samarali hal etish imkoniyati mavjud emas: statik tavsiflarga oid rostlash aniqligi va teskari bog‘lanish zanjirlarini harorat o‘zgarishiga, eskirishga, ta’minot kuchlanishi parametrlari o‘zgarishiga moyilligi; dinamik tavsiflarga oid — kuchlanishni rostlashning ichki konturi yordamida nochiziqlik kompensatsiyalanmaydi. Shuning uchun tezkorlik yuklama tokiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Tiristorli o‘zgartgichni reverslash vaqti ishlash shartlariga bog‘liq; tarmoq kuchlanishi bilan sinxronlashtirilgan impulslarni shakllantiruvchi ustun signalining buzilishi, o‘zgartgich tiristorlarining ishida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Himoya hamda tashhisga oid analog qurilmalar ishlaganda, topshiriq signali va teskari bog‘lanish signallarini taqqoslash, nazorat qilish, signallarni operatsiyagacha va undan keyin hisoblash, avariya sabablarini aniqlash qiyin kechadi. Ushbu muammolar mikroprotsessorli boshqarishning raqamli tizimiga o‘tish bilan hal etiladi. Agar axborot yetarli darajada tez qayta ishlansa, raqamli boshqarish analog tizimga nisbatan yuritma ishlashini yaxshiroq ta’minlaydi. Ventillarning ochilish burchagi asimmetriya ±0,75° atrofida bo‘ladi. Shuning uchun ma’lumotlarni qayta ishlash oralig‘i 50 mks ga teng bo‘ladi. Ochilish impulsini shakllantirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash ushbu oraliqning bir qismida amalga oshirilishi kerak. 8.4- rasm. Elektr yuritmaning mikroprotsessorli tizimi. Chunki tokni rostlash, tiristorli o‘zgartgichning nochiziq tavsiflarini to‘g‘rilash va tezlikni rostlash uchun ham ma’lumotlarni qayta ishlash talab etiladi. Yuritmani rostlashning raqamli tizimi 8.4- rasmda ko‘rsatilgan. Yuritmani boshqarishda bosh dastur tezlik bo‘yicha topshiriqni ishlab chiqaradi, ishga tushirish va to‘xtatish rejimini ta’minlaydi, dvigatel hamda o‘zgartgichni himoyalash va avariya holatida boshqarishni ta’minlaydi. Bu dastur doimiy chaqirilgan bo‘lib, toki, uzilish signalini ishlab chiqish so‘ralmagunga qadar ishlayveradi. Qolgan dasturlar tezlik va tokni rostlash konturlarini boshqarib, tiristorlarni ochuvchi impulslarni ishlab chiqaradi. Ular uzilish signallari bo‘yicha ishlaydilar. Tezlik rostlagichi tezlik bo‘yicha topshiriq va teskari bog‘lanishdan foydalanib, tezlik konturidagi signalni hisoblaydi. Tok rostlagichi esa tok bo‘yicha topshiriq va teskari bog‘lanishdan foydalanib, tok konturi uchun boshqarish signalini hisoblaydi. Dvigatel rejimidan generator rejimiga o‘tish va orqaga qaytish nuqtalarida, u revers paytidagi tokni rostlash signalini hisoblaydi hamda o‘tishni nazorat qiladi. Ikkita dastur tiristorli o‘zgartgichni boshqaruvchi signal fazasini surish va uni shakllantirish uchun ishlatiladi. Ulardan birinchisi boshqarish burchagining ustun fazasini (a=0) ishlab chiqaradi. Ikkinchi dastur faza uchun ochish impulsini shakllantiradi. Shunday qilib, boshqarish impulslarini shakllantirish va fazasini surish dastur asosida amalga oshiriladi. Funksional sxemadan ko‘rinib turibdiki, tok va kuchlanish xabarchisidan olinayotgan teskari bog‘lanishning analog signallari, analog-raqamli o‘zgartgich orqali raqamli signalga aylantiriladi va MP ga beriladi. Tezlik bo‘yicha teskari aloqa-dvigatel o‘qidagi taxolgeneratordan raqamli ravishda chiqarilib, MP ga uzatiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling