1.4. Foydali qazilmalarni maydalash jarayoni
Rudalarni maydalash uchun ishlatiladigan dastgoh va shu dastgohlar yordamida maydalash bir yoki bir nechta boskichlarda amalga oshiriladi.
Maydalash va yanchish jarayonlari yordamida foydali qazilma yoki ruda bo‘laklari o‘zining tashqi kuchlar va minerallarning ichki urilish kuchlari ta’sirida maydalanadi. Maydalash jarayoni bilan yanchish bir biridan o‘zaro quyidagicha farklanib, maydalangan maxsulot 5 mm va undan katta o‘lchamlarda chiqadi.
Yanchilgan maxsulot esa yirigi 5 mm gacha bo‘lishi mumkin. Maydalash jarayonlari gidrometallurgiya zavodlari va boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni maydalash maqsadida qo‘llanilib bu jarayon tayyorlov jarayonlariga mansubdir, ya’ni ruda bo‘laklari tarkibidan qimmatbaxo komponent va minerallarni maydalab, ajratib boyitish uchun tayyorlab beradi. Maydalash vaqtida qattikligi yuqori bo‘lgan rudalarning maydalanishi anchagina qiyin kechadi va ma’lum bir kattalikdagi o‘lchamlarga bo‘linadi. G‘ovak, mo‘rt va yumshoq tog jinslari tezda maydalanadi va o‘lchamlari juda xam kichik bo‘ladi.
Maydalash jarayonlari nafaqat boyitish fabrikalarida balki elektrostansiyalarda ko‘mir yoki slanetslarni maydalashda; kokslash zavodida, kokslashdan oldin ko‘mirni maydalashda; metallurgiya zavodlarida flyuslar sifatida dolomitlar va oxaktoshni maydalashda; yo‘l qurilishlari uchun xar xil kattalikdagi toshlarni maydalashda ishlatiladi.
Dastlabki maxsulot bo‘laklarini maydalash bosqichlaridan keyingi o‘lchamlari farqiga maydalash darajasi deyiladi. Maydalash darajalari maydalagichlarning turlaridan qat’iy nazar ularni unumdorligi va elektr tokining sarflanishiga bog’likdir. Maydalash darajasi – maydalash jarayonida foydali qazilmalarning necha marta kichrayganligini ko‘rsatishi bir nechta formulalar bilan aniqlanadi. Maydalash jarayonlarining maydalash darajasi bilan baxolanadi. Maydalash darajasi dastlabki maxsulot kattaligi va maydalagichdan keyin chikadigan maxsulotning kattaligi bilan aniqlanadi:
(1)
Bu yerda S - maydalash darajasi
D max – dastlabki maxsulotning eng katta o‘lchami
dmax – maydalangan maxsulot tarkibidagi eng katta bo‘lak o‘lchami Dmax va dmax larni – kurs loyihalarini echishda yoki hisob amallarini bajarish vaqtida D1 va D11 deb yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |