Hozirgi avlod odamlari nihoyat tushunib etishdiki, er, suv va havo kimyoviy foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarga doimo bardosh bera olmaydi


Download 11.8 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi11.8 Kb.
#1536636
Bog'liq
XULOSA


XULOSA

Hozirgi avlod odamlari nihoyat tushunib etishdiki, er, suv va havo kimyoviy foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarga doimo bardosh bera olmaydi. Bugungi kunda hali ham tabiat bilan muamala qilishda beparvolik qilsalarda, odamlar, bu fojiali oqibatlarini tushunishi va unga baho berishni boshladi. Ekologik muammolarni echishda polimer va ularning ishlab chiqarish texnologiyalari uchun talablarni qattiq qo`yishga olib keldi: polimer ishlab chiqarish ekologik jihatdan toza bo`lishi, yoki hech bo`lmaganda, atrof-muhitga minimal tasir ko`rsatishi kerak; polimerlar ishlatib bo`lgandan so`ng kayta ishlov berish mumkin bo`lishi yoki biodegraditatsiyalanadigan bo`lishi lozim. Polimerlarni turli sohalarda keng joriy etishda mutaxassis-polimerchilar oldida muhim masalani, jumladan, atrof-muhitni ifloslantirmaslik muammosini ham qo`ydi. To`g`ri, bu muammolarni hal qilish uchun, ya’ni polimerlardan hosil bo`lgan chiqindilarni zararsizlantirish uchun etarlicha bilimga ega bo`lishni talab etiladi. Xalq xo`jaligida oziq-ovqat va tibbiyotda plastmassa mahsulotlar joriy etishdan oldin albatta malakali xodimlar tomonidan ko`rikdan o`tkazishi, ya’ni bu mahsulotlardan foydalanganda chiqaradigan zaharli moddalarning tarkibi va ularning miqdorini baholashda sezgir va selektiv usullari yordamida aniqlashtirish lozim. Asosan, chiqindilarning miqdorini kamaytirish muhim ahamiyatga ega, birlamchi polimer tanqisligi bilan bog`liq holda ikkilamchi polimer materiallar qayta ishlash jarayonlariga ega bo`lgan chiqindisiz texnologiyalarni yaratishdir.


Ma’lumotlarga qaraganda, inson sog`ligining 67 – 74% tashqi muhit, ovqatlanish va yashash sharoitiga, 16 – 18% genetik va nasliy omillarga va faqatgina 10 – 15% sog`liqni saqlash xizmatiga bog`liq. Demak, hayot kechirish uchun atrof – muhitni zaharlamaslik chora-tadbirlarini ko`rish har bir ishchi, xizmatchi, mutaxassis, muhandis va rahbarning asosiy burchi bo`lishi kerak. Sayyoramiz sog`lomligi – bizning sog`ligimiz demakdir! Shu bois ikklamchi polimer chiqindilar bilan atrof muhitni ifloslamasdan, tabiatga zarar keltirmasdan insonlar uchun foydali bo‘lgan yo‘l to‘shalmalari uchun plitkalarni ishlab chiqarish hom ashyoni tejash va atrof muhitni chiqindilardan toza saqlash uchun ham ahamyatga arzirli ishdir.
Download 11.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling