Hozirgi hikoyachilik: janriy izlanishlar


Download 20.98 Kb.
bet1/2
Sana17.10.2023
Hajmi20.98 Kb.
#1705698
  1   2
Bog'liq
Hozirgi hikoyachilik janriy izlanishlar-fayllar.org


Hozirgi hikoyachilik: janriy izlanishlar

Hozirgi hikoyachilik: janriy izlanishlar


1. Hozirgi hikoyachilikdagi yangilanish tamoyillari
2. Hikoya janri mohiyati. Undagi uslubiy izlanishlar
3. Hikoyada qahramon masalasi
4. Hozirgi o‘zbek an’anaviy hikoyachiligi.
5. Hozirgi hikoyachilikda yangicha tamoyillar.
Adabiyotlar

1. U. Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. Toshkent. 2000.


2. U. Normatov. Tafakkur yog‘dusi. Toshkent. 2010.
3. Hozirgi adabiy jarayon:tahlil va talqin. Maqolalar to‘plami. Toshkent. 2005.
4. N. Eshonqul. Maymun yetaklagan odam. Toshkent. Yangi asr avlodi.2004.
5. H. Karimov. Istiqlol davri adabiyoti.Toshkent. Yangi nashr. 2010.
6. Q. Yo‘ldoshev. Yoniq so‘z. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2004.
7. XX asr o‘zbek hikoyasi antalogiyasi. Toshkent. Milliy ensiklopediya nashriyoti. 2010.
Hikoya janri hajman ixchamligi, shakl va mazmun kompozisiyasi qurilishi, til, uslub va boshqa poetik unsurlar originalligi bilan g‘oyaviy-emosional qiymat kasb etadi. Unda qahramonlar tayyor holda sahnaga chiqishi ham, voqelik tasviri jarayonida yaxlit obraz-xarakterga aylanishi ham mumkin. Bu jihat hikoyanavisning tasvir uslubiga, badiiy niyatini, aniqrog‘i estetik idealiga bog‘liq.

Bu kichik epik janrning poetik imkoniyatlari kattadir. Hikoya uchun voqeani quruqdan quruq so‘zlab berish emas, balki obrazlar, ramzlar, badiiy usullar vositasida xarakter yaratish muhimdir. Hikoya-inson tafakkuriga bir zarb bilan tezda muhrlanadigan, go‘zal poetik shakl qurilishiga ega adabiy hodisa sanaladi. Hikoya bamisoli o‘z o‘rnida topib aytilgan qanotli ibora, frazeologik birlik, bir gapga joylashgan hikmat.


O‘zbek hikoyachiligi taraqqiyotida A.Qodiriy, Cho‘lpon, A.Qahhor, Gʻ.Gʻulom, O. Yoqubov, S. Ahmad, Sh. Xolmirzayev, O‘.Hoshimov kabi ijodkorlarning hissasi katta bo‘lgan. Mustaqillikdan keyingi yillarda milliy hikoyachiligimiz qiyofasini belgilaydigan ko‘plab asarlar yaratildi.
Istiqloldan keyin yaratilgan hikoyalarda iymon va e’tiqod masalalarining yoritilishi ustuvor mavzulardan biriga aylandi. Shunday hikoyalar orasida S.Ahmadning “Sarob” hikoyasi ajralib turadi. Hikoyada iymonsizlik qilgan shaxs qismati orqali davr fojiasi inkishof etilgan. Hikoya qahramoni – Kimsanboy bilimdon tarixchi, rayon maorifi bo‘limi mudiri Olimjon otaning erka o‘g‘li. Domla unga yaxshi ta’lim-tarbiya berdi. Ma’lumki, mulohazali, olam va odamni anglash, idrok etish qobiliyatiga zga bo‘lgan shaxs butun jamiyatda e’zozlanadi, bizda esa 30-50 yillarda bundaylarning oyog‘iga bolta urildi. Eng dahshatlisi, shunday qobilyatga ega bo‘lganlarni yoshlikdan majruh qilishdi. Bu haqiqat Kimsanboy obrazida o‘z ifodasini topdi. Adibning “Qorako‘z majnun” hikoyasida ham o‘z iymon e’tiqodidan ayrilgan, nasroniy dinini qabul qilgan, bu yo‘lda ota-onasini, qarindosh urug‘larini unutgan Bo‘rixon-Boryaning ma’naviy qiyofasi qalamga olinadi.
Hozirgi hikoyachiligimizda ijtimoiy-ma’naviy, axloqiy masalalarning badiiy talqini Sh.Xolmirzayevning “Bulut to‘sgan oy” hikoyasida yorqin ifodalangan. Hikoyada oy inson hayotiga qiyoslanadi. Hikoya bosh qahramoni – Gulsara. Uning hayoti o‘n gulidan bir guli ochilmay xazonga aylanadi. O‘zidan 15 yosh katta otasining hamkasbi prokuror do‘stiga uzatiladi. Ammo kuyovining bepushtligi tufayli undan ajraladi. Evaziga uch xonali uyga ega bo‘ladi. Gulsara hayotdan o‘ch olish niyatida o‘zi istamagan holda fosiqlik ko‘chasiga kiradi. Hayotda Tavakkal, Quvvatjondek yaxshi odamlarga ham yo‘liqadi. U qisman fosiqlik olamida yashasada, u ma’nan ezgulik dunyosining odami edi.
Sh.Xolmirzayev butun ijod yo‘li davomida inson va tabiat orasidan uyg‘unlik izladi.Tabiatga xiyonat qilib bo‘lmasligini, tabiat xiyonatni kechirmasligini “Jarga uchgan odam”, “Omon ovchining o‘limi” kabi hikoyalarida ifodalab berdi.
Hozirgi o‘zbek hikoyachiligida davr muammolari tobora keng o‘rin egallab, ilgari uchramaydigan yangidan yangi obrazlar paydo bo‘lmoqda. Bu hol E.A’zam, X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul, S.Vafo, D.Qo‘ziyeva, J. Ergasheva, Zulfiya Qurolboy qizi kabi yozuvchilarning hikoyalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. E.A’zam, X.Do‘stmuhammad kabi yozuvchilar yaratgan hikoyalar biz bilan hamnafas zamondoshlar qiyofasini ochib berishga xizmat qiladi.
X. Do‘stmuhammadning “Mahzuna” hikoyasi milliy xarakter yaratish yo‘lidagi samarali izlanishlardan.Hikoyada oilani muqaddas sanash, gard yuqtirmaslik ayollik burchi ekanligini anglash, uni ich-ichidan his qilishlikni, shuningdek, Yevropadan kirib kelgan ba’zi bir “madaniy” holatlarni milliy ruhga yot deb bilishlik yorqin badiiy aks ettirilgan.
E. A’zamning “Yozuvchi” hikoyasi qahramoni – Domla yoshi katta bo‘lishiga qaramay yangi davr kishisi sifatida namoyon bo‘ladi. Asarda domla qalamga da’vogar kimsalardan yozuvchi yasaydigan kosib sifatida ko‘rsatiladi. Bu hikoyada muallif zamonaning buyurtma bajaruvchi ijodkorlarini fosh etishni emas, aksincha, tuzukkina ijodkorning shunday ahvolga tushib qolishi jarayonini xolis tadqiq etishni maqsad qiladi.
Keyingi yillarda yaratilgan Salomat Vafoning “Unutilgan ayol”, “Elat”, Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol”, “O,hayot”, E.A’zamning “Bizning tog‘a”, “Ta’ziya”, X.Do‘stmuhammadning “Jimjitxonaga yo‘l”, “Nusxakashning merosxo‘ri” hikoyalarining adabiy jarayondagi alohida hodisa sifatida ta’kidlash kerak.
Jonkuyar adabiyotshunos B.Karim “XX asr o‘zbek hikoyasi antalogiyasi”ni tuzib juda xayrli ishni amalga oshirdi. Antalogiyada A.Qodiriydan boshlab hozirgi adabiy jarayonda faol ishtirok etayotgan ijodkorlarning saralangan hikoyalari jamlangan.Antalogiya o‘zbek hikoyachiligining bir asrlik qiyofasini belgilaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling