Hozirgi kunda axborot hajmini, qiymatini ortishi natijasida, ularni himoyalash muammosi kengayib boradi


Download 214.39 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi214.39 Kb.
#1027547
  1   2
Bog'liq
11-kiber maaruza


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

1-Mustaqil ishi
Mavzu Assimetrik shifrlash algoritmlari

Guruh: 314-20


Bajardi: Orifjonov.Sh.R
Tekshirdi: Karimov.A

Toshkent 2021

Reja
1. Axborotning kriptografik himoyasi
2. Assimetrik shifrlash algoritmlari yaratish usullari
3. Axborotni maxfiyligini ta'minlash

Axborotning kriptografik himoyasi


Hozirgi kunda axborot hajmini, qiymatini ortishi natijasida, ularni himoyalash muammosi kengayib boradi. Axborotning ko'plab himoya usullari mavjud bo'lib, ular ichida kriptografiya o'zining bardoshligi va ishonchligi bilan ajralib turadi.
Kriptologiya fani o'zaro qarama-qarshi bo'lgan, kriptografiya va kriptoanaliz sohalaridan iborat. Kriptografiya yangi algoritlarni yaratish ishlari bilan shug'ullansa, kriptoanaliz ushbu yaratilgan algoritmni qanchalik darajaga bardoshli ekanligi tekshiradi [3].
Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi qismlardan iborat

1.1-rasm. Kriptografiyaning qismlari


Simmetrik shifrlash tizimlari asosan ma'lumotni maxfiyligini ta'minlashda foydalanilib, ular ma'lumotni shifrlashda yuqori tezlikga ega. Simmetrik shifrlash usullari ochiq ma'lumotdan foydalanish tartibiga ko'ra oqimli va blokli turlarga ajratiladi. Ushbu tizimlar ma'lumotlarni shifrlash va deshifrlash uchun aynan bir kalitdan foydalanganligi natijasida ularda kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud.
Assimetrik shirflash tizimlari o'zida simmetrik shifrlash usullarida mavjud muammolarni bartaraf etgan (ma'lumotlarni shifrlashda va deshifrlashda alohida kalitlardan foydalanadi).
Elektron raqamli imzo tizimlari ma'lumotni butunligini va autentifikatsiyasini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, assimetrik kriptotizimlar va xesh funktsiyalardan foydalangan holda quriladi.
Kalitlarni boshqarish tizimlari qolgan barcha kriptografik tizimlar uchun kerakli bo'lgan kalitlarni generatsiyalash, ularni saqlash va taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, axborotning kriptografik himoyasi uni maxfiylik, butunlik va autentifikatsiyalash jarayonlarida foydalanalishini ko'rish mumkin (1.2 - rasm).

1.2-rasm. Axborotning kriptografik himoyasi
Simmetrik shifrlash usullari ma'lumotlarni shifrlashda qanchalik yuqori tezlik va bardoshlilikga ega bo'lmasin, ularda kalitni almashinish muammosi mavjud. Quyida ushbu muammo keltirilgan (1.3 – rasm) [9].





Download 214.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling