Hozirgi kunda iqtisodiyotda avtomobil yo`llarining o`rni juda katta. Hozirgi zamonaviy dunyoda avtomobil yo`llarining ahamiyati tobora oshib bormoqda


Download 160.29 Kb.
bet5/6
Sana11.02.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1188869
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-toifa

KO’NDALANG KESIMNI LOYIHALASH
Yo’lning namunaviy ko’ndalang kesimlari trassaning o’ziga xos bo’lgan uchastkalari uchun muayyan piketlarga bog’lab tuzildi. Masalan baland ko’tarilgan yo’l poyi, chuqur o’yma, shuningdek qiya adirlar. Yo’l poyini loyihalashda yo’l toifasi, yo’l qoplamasining turi, ko’tarma balandligi va o’yma chuqurligi, tuproq hossalari, shuningdek injener- geologik sharoitlarning o’ziga xos hususiyatlarini hisobga olindi.
Yo’l chetidagi ariqlar va rezervlarning o’lchamlari mahalliy sharoitlarga (sizot suvlar sathi, tuproq hossalari, yo’l uchun ajratilgan kengligi va hakazolarga) qarab belgilandi.
Yo’l poyining konstruktsiyasi yo’l mintaqa toifasiga, yo’l qoplamasining turiga, mahalliy tabiiy sharoitlarga qarab, hudud yo’l iqlim mintaqalariga va joylar turiga bo’linishini, yer yuzasidagi suvlarni oqib ketish hususiyatlarini va joyning namlanish toifasini hisobga olib qabul qilindi.
Yo’l- iqlim mintaqalari chegaralarida yo’l qoplamasi sirtining eng kam ko’tarilishi, metr hisobida keltirilgan.
Namunaviy ko‘ndalang kesimlar quydagicha loyihalanadi.
Ko‘tarmalarda

  1. tur : 0 < H < 1.2

  2. tur : 1.2 < H < 3
    ko’tarma uchun

  3. tur : 0 < H < 1m Qimmatbaho yerlarda yonbag‘ir qiyaliklarini grunt turi va ko‘tarma balandligiga qarab 1:1 dan 1:1,75 gacha olish tavsiya etildi.

Qimmatbaho yerlarda yonbag‘ir qiyaliklarini grunt turi va ko‘tarma balandligiga qarab 1:1 dan 1:1,75 gacha olish tavsiya etildi. Ko‘tarmaning balandligi H<1,2 m bo‘lgan hollarda yon ariqlar loyihalandi. Ularning ko‘rinishi uchburchak va trapetsiya shaklida bo‘ladi.



3-rasm. Yo`lning ko`ndalang kesimi


Avtomobil yo’llarini loyihalayotganda, joyning yo’l o’tkazish uchun ajratilgan , ko’tarmalarga to’kish uchun grunt qaziladigan , yordamchi inshootlar quriladigan va ko’chatlar o’tkazish uchun ajratiladigan tasmasi yo’l tasmasi yoki yo’lga ajratilgan tasma deb ataladi. Yo’lning vertikal tekislik bilan kesilgan kesimining kichraytirilgan masshtabdagi tasviri ko’ndalang kesim deb ataladi.


Yo’l sirtining avtomobillar harakatlanadigan qismidagi tasmasi qatnov qismi deyiladi. Bu tasma tosh materiallari bilan mustahkamlanib, yo’l to’shamasini hosil qiladi. Uning yuqori qismi qoplama deb ataladi.
Yo’l bo’ylama kesimidagi ishchi turlariga ko’ra ko’ndalang kesim turlarini aniqlab chiqdim. Birinchi tur ko’ndalang kesimga qo’shimcha ravishda yon ariqchalar loyihaladim. Ko’ndalang kesimlarni loyihalashda IV toifaga muvofiq : yo’l poyini enini 8 m etib tanlab , unga mos holda 3 m dan 2 ta harakat tasmasi 2.5 m yo’l yoqasining kengligi , yo’l yoqasining chetki tasmasining kengligini 0.5 m qilib loyihaladim.
Xulosa
Xulosa sifatida aytib o’taman, men bu kurs loyiha ishini bajarishda berilgan vazifalarni to’liq va bexato bajarishga, o’zlashtirishga harakat qildim. Kurs loyiha ishi bo’yicha murabbiyim tomonidan berilgan topshiriq ya’ni topografik xaritamda belgilangan A va B nuqtalari orasida avtomobil yo’lining trassasini loyihalab o’tkazish davomida “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash“ fanidan olgan bilimlarimni to’liq qo’llashga va yana ham fan bo’yicha bilimlarimni mustahkamlashga ko’nikmalarimni oshirishga harakat qildim . Masalan , “ Muhandislik geodeziyasi “ fanidan olgan bilimlarim bo’yicha topografik xaritani shartli belgilar bo’yicha o’qish ko’nikmalarimni yanada oshirdim , yo’l trassasi o’qini loyihalash jarayonida trassa o’qi yo’nalishi bo’yicha to’sqinlik qiluvchi “ tarixiy obidalar , qo’riqxonalar , shaharchalar , qishloq turar joy punkitlari , o’rmonlar , daryo , ko’llar , temir yo’llari , avtomobil yo’llari “ va shunga o’xshash no qulay iqlim sharoitlarida “ tog’li joylar , kars suvlari o’tgan joylar , cho’l hududlari , jarliklar , sun’iy sug’orish yerlari “ shu kabi noqulay sharoitlarda qanday ish tutishni , loyihachi uchun qiyin vaziyatlardan chiqish yo’llarini o’zlashtirdim . Bo’ylama kesim profilini loyihalash, yon ariqchalar kerakli joylarda qo’shimcha quvirlar yotqizish ishlari, vertikal egrini loyihalashni o’rgandim. Keyingi o’zlashtirgan ishlarim: loyihalaniyotgan yo’lni turlarga ajratib ko’ndalang kesim profilini loyihaladim.
Avtomobil yo’llari mamlakatning muhim aloqa tarmog’i bo’lganligi sababli biz kabi bo’lajak loyihachi, muhandis – quruvchilar bu sohaga oid barcha bilimlarni chuqur o’rganishimiz, Respublikamiz taraqqiyoti va rivoji uchun hissamizni qo’shishimiz zarur deb hisoblayman.

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling