Hozirgi kunda konflikt belgilari reja: Konfliktlarning kelib chiqish sabablari Konflikt sabablari va motivlari
Download 28.84 Kb.
|
HOZIRGI KUNDA KONFLIKT BELGILARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfliktli vaziyat tushunchasi.
- Konfliktli vaziyat deganda insonlar manfaatlari bilan bog’liq bunday holatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida real qarama-qarshilik uchun ob’ektiv tarzda negiz yaratadi.
Ziddiyatlar darajasi. Ziddiyatlarning «ob’ektivligi» va «sub’ektivligi»ni ularning ikki xil darajadagi manfaatlar bilan bog’liqligini e’tiborga olganda turli nuqtai nazardan tushunish mumkin. Sodda kilib aytganda bunday bo’lish u yoki bu tashqi faoliyatdagi ehtiyojlar bilan yoki mustaqillikka, o’z-o’zini saqlab qolishga, o’z-o’zini hurmat qilinishiga bo’lgan ehtiyojlari bilan bog’liq.
Odamlar o’rtasidagi jiddiy to’qnashuvga qator holatlar sabab bo’lishi mumkin,masalan, ikki odam restoranda bitta stolga da’vo qiladi, urushlar ikki davlatning biror hududda o’z ta’sirini saqlab qolish yoki birining ikkinchisi ustidan hukmronligini o’rnatish, o’z mustamlakasiga aylantirishga bo’lgan intilishidan kelib chiqadi. YUqoridagi ikki holatda mohiyat bo’yicha turli darajadagi manfaatlar to’qnashadi. Birinchi holatda har qaysi sub’ekt o’zining xususiy manfaatidan kelib chiqib, o’ziga halaqit berayotgan boshqa sub’ekt bilan kurashadi. Ikkinchi holatda ozodlik, daxlsizlik, asosiy huquqlarni hurmat qilinishini saqlash bilan bog’liq motivlar ahamiyatli. Inson uchun muhimrog’i bu uning individual erkinligi, jismoniy daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmati bo’lsa; davlat yoki millat uchun esa, mustaqqilligi, hududi yoki chegarasining daxlsizligi, jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’ekti sifatida tan olinishi muhimdir. Bunday manfaatlardagi ziddiyatlarning eng keskin ifodalanishi - boshqa ijtimoiy sub’ekt bilan to’liq mos kelmaslik va uni yo’q kilish uchun kurashish hisoblanadi. YUqorida gap ijtimoiy ziddiyatlarning darajalari haqida boradiki, bu darajalar taraflarning manfaatlari qanchalik muhimligini farqlaydi. Ziddiyatlarni darajalarga ajratish ularning bir biridan qanchalik chuqurligiga qarab farqlanishini ko’rsatadi. Bu esa,sub’ektning konfliktga jalb qilinganligi darajasini, konfliktni hal qilish imkoniyati va usullarini belgilab beradi. Konfliktli vaziyatlarni hal etishda kuch ishlatishga bo’lgan yondoshuvning inkor etilishi. Konfliktli vaziyat tushunchasi. Konfliktgacha bo’lgan hodisalarni ko’rib chiqsak, ularning ikki guruhdan iborat ekanligini aniqlash mumkin: qarama-qarshi kurashuvchi taraflar ishtirok etayotgan ob’ektiv hayotiy vaziyat va taraflarning o’zi - muayyan manfaatlarga ega kishilar. Ma’lumki, hayotiy vaziyat o’zining ko’p jihatlari bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin. Inson turmushi yoki ijtimoiy guruh mavjud bo’lishi holatlari o’zgaruvchan, tezlik bilan yoki aksincha,sekinlik bilan kechuvchi , uzoq vaqt o’zgarmaydigan tarzda o’tishi mumkin.Ular muayyan ma’naviy muhit va u yoki bu darajadagi moddiy ne’matlar bilan xarakterlanishi mumkin. Ular sub’ektlarning hududiy joylashuvi, turli ijtimoiy ierarxiyalar va boshqa ko’p omillar bilan bog’liq. Konfliktli vaziyat deganda insonlar manfaatlari bilan bog’liq bunday holatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida real qarama-qarshilik uchun ob’ektiv tarzda negiz yaratadi. Bu ta’rifni batafsil ko’rib chiqsak, vaziyatning bosh xususiyati bu konflikt predmetining vujudga kelishidir.Vaziyat, konfliktdan oldin yuzaga kelishi uchun u taraflar tomonidan hali foydalanmasligi va hatto to’la ma’noda anglanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, ilmiy muassasada shtatlar qisqarishi kutilmoqda. Ko’p xodimlar, ayniqsa, nafaqa yoshidagilar bu tadbir ta’siri ostiga tushishlari mumkin. U yoki bu lavozimlarni tugatish haqidagi masala kun tartibiga aniq qo’yilmaganligi uchun konfliktni vujudga kelganligi haqida gapirish ertalik qiladi. Biroq, konfliktli vaziyat bor, chunki bo’lishi kutilayotgan kelishmovchiliklar predmeti va kurash mavjud, jamoada tanglik paydo bulgan, bu vaziyat ishtirokchilarining keyingi harakatlarini yuzaga chiqaradi , belgilab beradi. F.M.Borodkin va N.M.Koryak mehnat jamoalaridagi turli konfliktli vaziyatlarni tahlil etib, tashkilotlarda konfliktlar uchun negiz yaratuvchi turli tipik vaziyatlarni quyidagicha umumlashtirganlar: a) tashkilotlarning tarkibiy bo’linmalari o’rtasida texnologik aloqalarning nomuayyanligi; b) turli farmoyishlar beruvchi ko’p sonli boshliqlarning mavjudligi; v) bir boshliqqa bo’ysunuvchi xodimlarning ko’p mikdorda bo’lishi, bu boshqaruvda tartibsizlikni yuzaga keltiradi; g) mas’uliyatni bir xodimdan ikkinchisiga o’tkazish, bu umumiy mas’uliyatsizlik holatini yuzaga keltiradi; d) bir qator xodimlarning uncha yuqori bo’lmagan shaxsiy va ishchanlik sifatlariga ega bo’lishi. Tabiiyki, shunday sharoitlarda jamoada konflikt va ziddiyatni yuzaga kelishi juda engil yuz beradi. Bu ruyxatga tanglikni yuzaga keltiruvchi yana qator boshqa omillarni kiritish mumkin, masalan, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, yuqori idoralarning shtatlar qisqarishi haqidagi ko’rsatmalari, ish haqini to’lash bilan bog’liq qiyinchiliklar va b. Xalqaro sohadagi konfliktli vaziyatlar o’ta murakkab va turlichadir. Masalan, Dnestr bo’yi respublikalarida Moldova hukumati bilan shu hududdagi rus tilida so’zlashuvchi aholi o’rtasida konflikt yuzaga kelgan. Bu hududda taraflar qarama-qarshiligining boshlanishi Moldaviya SSR Oliy Soveti til haqidagi qonunning muhokama qilinayotgan vaqt, ya’ni 1989 yilning yoz-kuz fasliga to’g’ri kelgan, bu qonun moldav tilini butun respublika hududi uchun yagona davlat tili sifatida tasdiqladi. Bunga javoban Dnestr bo’yining ko’p korxonalarida mehnat jamoalari kengashlari tuzilib, ular bu masala yuzasidan referendum o’tkazilishini talab etganlar. Bu talab respublika hukumati tomonidan rad etilgan. Dnestr bo’yi konfliktining boshlanishi shunday yuz bergan. Konfliktli vaziyat ob’ektiv ravishda bo’lg’usi qarama-qarshi taraflar erki va xohishidan tashqari (masalan, muassasada shtatlar qisqarishi) yoki taraflardan birining yoxud ikkisining xohishi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bunda shu narsa juda muhimki, har qanday vaziyat ob’ektiv mazmunga (u real mavjud hodisalar bilan belgilanishi mumkin) va sub’ektiv mazmunga (bu hodisalarga taraflarning har biri qanday ta’sir etishiga bog’liq) ega, chunki sub’ekt shulardan kelib chiqib konfliktda harakat qila boshlaydi. Download 28.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling