5
3) 2.5-rasmdagi sodda graflarni ko`rsating.
4) 4 ta uch va 8 ta qirraga ega bo`lgan graf sodda graf bo`ladimi?
5) Faqat bitta qirraga ega bo`lgan graf psevdograf bo`ladimi?
6) Karrali qirralardga ega bo`lmagan graf psevdograf bo`ladimi?
7) Bitta qirrali graf multigraf bo`ladimi?
8) Bitta uchga ega bo`lgan graf multigraf bo`la oladimi? Psevdograf-chi?
Sodda graf bo`la oladimi?
3. Qism graf
Agar G grafdan bitta yoki bir nechta uchlar olib tashlansa, u holda bu
uchlardan chiquvchi qirralar ham yo`qoladi qolgan uchlar va
qirralar berilgan G
grafning qism grafi bo`lgan G
/
grafni tashkil qiladi. Ma’lumki, har qanday graf
o`zining qism grafiga ega bo`ladi.
3.1- rasm
Bu 3.1-rasmdagi grafdan 1- uchni olib tashlaymiz. Undan {1,2}, {1,3},
{1,4}, {1,7} qirralar ham yo`qoladi natijada 3.2-rasmdagi graf paydo bo`ladi.
3.2 -rasm
Do'stlaringiz bilan baham: