44. 0 ‘tmishda lotin-o'zbek yozuvidan qaysi yillarda foydalanilgan?
A. 1900-1910-yillarda.
B. 1911-1920-yillarda.
D. 1921-1927-yillarda.
E. 1928-1940-yillarda.
45. Lotin o ‘zbek yozuvining grafik tizitnida analitik grafemalar bormi?
A. Ha.
B. Yo‘q.
D. Digraf va poligraf shaklidagi turlari bor.
E. A va D.
46. Lotin grafikasidagi birlashgan turk aiifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi qachon amalga kiritildi?
A. 1921-1923-yillarda.
B. 1923-1924-yillarda.
D. 1925-1926-yillarda.
E. 1927-1929-yillarda.
47. Orfografiyaga qaysi qatorlarda to‘g ‘ri ta’rif berilgan?
A. To’g‘ri yozish qoidalari tizimi.
B. Alifbodagi harflarning nutq tovushlari bilan aloqasini belgilaydigan qoidalar tizimi.
D.Tilshunoslikning imlo qoidalari va ularning tuzilishiga asos bo'lgan prinsiplar haqida m a’lumot beruvehi bo‘limi.
E. A va D.
48. Anglamoq fe’lining yozilishi orfografiyaning qaysi prinsipiga asoslangan?
A. Morfologik prinsipiga.
B. Fonetik prinsipiga.
D. Fonematik prinsipiga.
E. Grafik prinsipiga.
49. Ona va ona, Siz va siz, Vatan va vatan so‘zlarining yozuvda kichik yoki bosh harf bilan boshlanishi orfografiyaning qaysi prinsipiga asoslanadi?
A. Fonetik prinsipiga.
B. Fonematik prinsipiga.
D. Morfologik prinsipiga.
E. Semantik-uslubiy prinsipiga.
50. Kirill va lotin-o‘zbek yozuvlari imlo qoidalariga qaysi qatorda amal
qilingan?
A. Иилдан йилга, yildan yilga.
B. Йилдан-йилга, yildan-yilga.
D. Йилдан йилга, yildan-yilga.
E. Йилдан-йилга, yildan yilga.
Do'stlaringiz bilan baham: |