5-§. Harakat nomi shaklining lug‘aviy-sintaktik shakllik tabiati
Fe’l leksemalar nutqiy aloqada rasmiylashar ekan, yuqorida aytilganidek, tur
kategoriyasi shakllaridan birini qabul qilishi shart. Fe’lni nutqqa olib kiruvchi
shakllar orasida harakat nomlari alohida o‘rin tutadi. Ko‘rib o‘tilgan sifatdosh va
ravishdosh shakllari kommunkatsiya jarayonida fe’lni fe’likdan “uzoqlashtirib”,
unga tobe uzvlik maqomini bergan holda o‘zidan keyingi so‘zga bog‘lash
vazifasini yuklasa, harakat nomi shakllari esa fe’llikni kuchsizlantirish uchungina
xizmat qiladi. Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, bu shakl vositasida nutqda
reallashgan fe’l o‘z fe’llik belgilarini sifatdosh va ravishdoshga qaraganda ko‘proq
xiralashtiradi, ya’ni harakat/holat belgisi kuchsizlanib, predmetlashish - gapda otga
xos belgilar bilan sintagmatik munosabat hosil qilish kuzatiladi. harakat nomi
shaklariga nisbatan qat’iy ”predmetlashish” terminini qo‘llamaymiz, albatta.
Chunki, mazkur so‘zshakllar fe’llik belgilarini(nisbat - o‘qitish, izlanish, qisman
bo‘lishsizlik - istamaslik, chekmaslik) ham o‘zida saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |