20. Quyidagi gaplarning qay birida qo‘shimcha qo‘llashda xatolik mavjud?
A) Ibrohimning gunohini hammamizning gardanimizga yuklama. B) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi. C) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa bas, uni tuzatar edi. D) Radio karnayi orqali chaqirilib, bir necha yoshlar imtihon zaliga kirib ketishdi.
21. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin emas?
A) Qishdan ming mashaqqatda chiqib olishdi. B) Xatni qizil siyohda yozgan edi. C) Kecha poezdda kelibdi. D) Xalq maqollarida chuqur zukkolik bor.
22. Qaysi gapda ko‘plik qo‘shimchasi ma’noni kuchaytirishga xizmat qilgan?
A) Soadatning qo‘llari chaqqon harakat qilar edi. B) Tumanli kunlarda muzlar erib, suvlar oqa boshladi. C) Yo‘q, akamdan naq balolarga qolaman. D) Ot turkumidagi so‘zlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi.
23. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchiga almashtirish mumkin?
A) Yurakda jaranglar kuyi, ohangi. B) Biz paxtakormiz, suyagimiz mehnatda qotgan. C) Hali butun qishloq vazmin uyquda. D) Mayning to‘qqizida gilos pishdi.
24. Qaysi gapga quyilmoq fe’li uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Bir kunda ikki ming dona g‘isht quyildi. B) Bulutlar tobora quyilib, qorayib borardi. C) Simyog‘ochlardagi chiroqlar nuri erga sutday quyilib turardi. D) Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi.
25. Gapning davomini mantiqiy jihatdan eng muvofiq tarzda tugallaydigan qatorni toping? Pul topishning turli yo‘llariga kirish bilan...
A) teatrning shuhratini darrov tiklab bo‘lmaydi. B) teatrning shuhratini ertaga tiklab bo‘lmaydi. C) teatrning shuhratini tezda tiklab bo‘lmaydi. D) teatrning shuhratini aslo tiklab bo‘lmaydi.
26. Qaysi gapda qaratqich-aniqlovchi belgili qo‘llanishi kerak?
A) Jarang-jurung qadah ovozlari yangradi. B) Eski uyimiz yonida uch xonali yangi uy qurib oldik. C) Maktab binosi oldida to‘xtadik. D) Keksalar oppoq soqollari namlangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |