Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-asr)da shakllangan
Download 0.58 Mb.
|
1 2
Bog'liqArk
Ark — Oʻrta Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va b. binolar boʻlgan. Buxoro arki, Qoʻqon oʻrdasi. Koʻhna ark tashqi qal`aband devorlari. ichkaridagi serhasham saroy binolari saqlanib qolgan. Samarqanddagi Amir Temur bunyod etgan Arki Oliy va Chaqartosh qoʻrgʻon binolarining qoldiqlari. Tashqi qal`a devorlari 19 asrda mustamlaka maʼmuriyati tomonidan atayin buzib tashlangan. Ark dastlab milloddan avvalgi 1-asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida (9— 10-asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (13-asr) ark bir necha bor vayron qilingan. Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-asr)da shakllangan. 1990-yilda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi. Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli ta’mirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. "Goʻriyon" darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5–3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi joylashgan. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling