Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki yo‘li mavjud: avtomobilni garajda yoping va piyoda yurish yoki avtomobilga avtogaz uskunalari o‘rnatish


Download 0.74 Mb.
bet11/26
Sana14.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1002522
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki

FFP=F0 f(x)
bu erda f(x) – tekshirilayotgan parametrga bog’liq ravishda yorug’lik manbaidan keluvchi F0 oqimni susayishini hisobga oluvchi tekshirilayotgan parametrning qandaydir funksiyasi.
Amalda f(x) ni etarli darajadagi aniqlik bilan ko’rsatkich yoki daraja funksiya sifatida approksimasiyalash, ya’ni x yoki X holda ishlatish mumkin.
Nazorat ob’ektidan o’tuvchi yorug’lik oqimini optik zichligiga bog’liqligi eksponensial funksiya bilan, tirqishdan o’tgan oqim uni maydoniga bog’liqligi, chiziqli funksiya bilan ifodalanadi. (Tirqish aylana bo’lsa yorug’lik oqimi nazorat ob’ekti radiusida bog’liqligi kvadrat funksiya bilan ifodalanadi).
Agar yorug’lik oqimini vaqt bo’yicha o’zgaruvchi qilib qo’ysak yuqoridagi ifoda quyidagi ko’rinishga keladi.
FFP(t)=F0 S(t) f(x)
Agar f(x) yuqorida sanab o’tilgan funksiya sifatida bo’lsa, (x) funksiyani f(x) funksiyaga mos tushadigan, yoki unga teskari funksiya sifatida tanlab yuqoridagi ifodani quyidagi ko’rinishga keltirish mumkin.
F(t)=F0 (x,t)
Biroq (x,t) funksiya x,t chiziqli kombinasiyani ko’rsatkichli funksiya, yoki ularning individual yoki alohida ko’rinishlari darajali funksiya bo’ladi.
SHunday qilib tx vaqtga kelib (F0 o’lchashlar boshidagi) f(x) funksiya ma’lum bir belgilangan qiymatga erishadi, shundan kelib chiqadiki, (x,t) funksiya ham ma’lum bir belgilangan qiymatga erishadi va x kattalik bilan teng bo’ladi. Bu o’z navbatida izlanayotgan kattalik f(x) funksiya o’lchab aniqlashga yordam beradi.
Qandaydir yuzadan qaytayotgan yoruqlik oqimi o’zining bir qator xususiyatlarini spektr tarkibi, intensivligi, tarqatilishi, yo’nalishi, qutbini o’zgartirishi mumkin. YOrug’lik oqimini qaytishdagi spektral tarkibini o’zgartirishi uni tarkibidagi to’lqin uzunliklari bilan farqlanadigan va alohida qismlarini intensivligini notekis susayishiga olib keladi. Spektral tarkib va intensivligi o’zgartirishga asoslangan fotoelektrik usullar qo’llanishiga qarab va texnik jixozlarga qarab turli xil bo’lgani uchun ularni bir-biridan alohida ko’rib chiqamiz.
Birinchisi, ustki bo’yog’i va oqligi kabi xususiyatlarga egaligidir. NO lari uchun qulay bu turdagi nazoratlar spektrofotometriyani murakkab texnikasiga tayanadi. Qaytayotgan yorug’lik aniqlaydigan fotoelektrik qurilmalar yuzada nurni qaytarish qobiliyatiga ta’sir etadigan nuqsonlar (teshiklar, dog’lar va xakazolar) ni aniqlashda ishlatiladi. Bu asosan boshlang’ich qurilmalar bo’lib sodda konstruksiyaga ega.
O’ziga xos ko’rinishni fotoelektrik o’lchagichlar egallaydi, ularda aniq to’lqin uzunligini qaytish koeffisientini material namligining o’zgarishiga asoslanib o’lchaydi.
Qaytgan yorug’likni tashqi muhitda yoyilish ya’ni qaytish tabiati qaytaruvchi yuzasi notekisliklari o’lchamlari va uni alohida qismlarini tartibsiz joylashuvi bilan belginadi. Ularni ikkita diffuziyali va ko’zguli asosiy qaytarish turlari mavjud.
Ideal xira yuzadan Lamber qonuniga asosan yorug’lik diffuzion qaytariladi. Normalga nisbatan burchak ostida qaytayotgan F yorug’lik oqimi, mato yuzasiga normalga nisbatan burchak ostida tushayotgan F0 oqim normali bilan aniqlanadi:
F=F0cos cos
Bu tenglamani F=f(,) yuza tenglamasi sifatida to’g’ri burchakli koordinata sistemasi , , F da ifoda etish mumkin. 1.4 – rasmda diffuziyali qaytish holatidagi teng qaytish chiziqlari kursatilgan, ya’ni vatekisliklari bilan kesishuvchi F=f(,) yuzani vatekislikdagi egri chiziqlar proeksiyasi berilgan. Ko’zguli qaytishlar yorug’likni tushish burchagi uni qaytish burchagiga teng va qaytayotgan yorug’lik ushbu qonuniyat asosida taqsimlanadi. Mato yuzasidan qaytuvchi yorug’lik asosan diffuzion bo’ladi, lekin ba’zi hollarda ko’zguli qaytarish tashkil etuvchilarni ham o’z ichiga oladi. O’zaro parallel yo’nalishda mo’ljallanib to’qilgan iplarni ikki tizimi bilan belgilanadigan mato yuzasini mayinlik xususiyati qaytayotgan yorug’lik oqimini tashqi muhitda taqsimlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Qaytayotgan yorug’likni intensivligi asosiy tekislikga nisbatan turli burchaklarda tushayotgani bois bir xil emas va unga nisbatan parallel tekislik bo’yicha davriy o’zgarib turadi, bunga sabab har bir mayinlikni elementar yo’lakchalarini turlarini yoritilishidir. YOO yo’nalishiga nisbatan mato iplari orientasiyasidan qaytgan yorug’lik yo’naltirganlik diagrammasi maksimumi yo’nalishiga bog’liq. Skanerlashni yorug’likni qaytishiga asoslanib o’tkaziladigan o’lchashlarda ham, yuqoridagi paragraf skanerli yorug’likni o’tib borishi usulidagi fikrlardan foydalaniladi.
Optik kattaliklar (nurlanish intensivligi, yorug’lik oqimi, yorug’lik ravshanligi, yoritilganlik) ni o’lchash uchun fotoelektrik o’zgartgichlar: fotorezistorlar, fotodiodlar, fototranzistorlar va hokozolar ishlatiladi. Optik kattaliklarni nazorat qiluvchi elektron qurilmalar odatda quyidagilardan tashkil topadi: ko’zgu va linza tizimlari, fotoelektrik o’zgartgichlar, kuchaytirgich, rele, indikator va hokozolar. Ayrim hollarda vaqt bo’yicha sekin o’zgaradigan optik kattaliklarni yuqori chastotali kattaliklarga o’zgartiruvchi yorug’lik oqim modulyatorlari ishlatiladi. 2.38-rasmda fotoelektron rele tasvirlangan bo’lib, u fotorezistordan va ikki kaskadli r-n-r tipli bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgichdan iboratdir. Uni ishlash prinsipi quyidagicha: fotorezistor yoritilmagan holda T1 tranzistorning emitter-bazasiga berilayotgan kuchlanish R1, R2 va R3, R4 bo’luvchi qarshiliklarda hosil bo’lgan potensiallar tushuvi orqali ifodalanadi. Bo’luvchi qarshiliklarning qiymatlari shunday tanlanadiki, unda fotorezistor yoritilmagan holatda tranzistorning emitteriga tushayotgan potensial bazanikiga nisbatan musbat bo’ladi. Natijada tranzistor ochilib, kollektor toki katta, kollektor kuchlanishi esa kichik bo’ladi. SHu vaqtda T2 tranzistorning baza potensiali emitterga nisbatan musbat bo’lib, T2 tranzistor berk holatga yaqin bo’ladi.
Fotorezistor yoritilgan holatda uning qarshiligi keskin kamayib ketadi. Natijada T1 tranzistorning baza potensiali emitterga nisbatan musbat bo’lib, T1 tranzistor yopiladi. SHu vaqtda T2 tranzistorning baza potensiali emitterga nisbatan manfiy bo’ladi va T2 tranzistor ochilib, uning kollektor zanjiriga ulangan elektromagnit rele R ishga tushadi. Natijada relening kontaktlari xabar beruvchi yoki boshqaruvchi zanjirni ulaydi. YA’ni nazorat qilinayotgan yorug’lik oqimini ma’lum bir qiymati haqida xabar beradi yoki uni boshqaradi. Bunday foto relelar ko’cha yoritish chiroqlarini o’chirib-yoqish uchun ham ishlatiladi. Agarda rele o’rniga o’lchov asbobi ulansa, o’lchov qurilmasiga aylanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling