Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Mollarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish


Download 0.5 Mb.
bet113/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

166-modda. Mollarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollarini ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi, xuddi shuningdek sotish maqsadida olishi —
Oldingi tahrirga qarang.
mollarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(166-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
mollarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(166-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri to‘g‘risida axborot bo‘lmagan tovarlarni realizatsiya qilish, shuningdek realizatsiya qilish maqsadida sotib olish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(166-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 388-moddasining ikkinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 14-bandi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling