Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Auditorning qonunchilik buzilganligi hollarini yashirishi, bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi


Download 0.5 Mb.
bet131/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

179-modda. Auditorning qonunchilik buzilganligi hollarini yashirishi, bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi
(179-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Auditorning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida o‘zi aniqlagan buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonunchilikda belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, xuddi shuningdek auditorning bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi —
(179-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(179-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 78-II-sonli Qonunning 25-moddasi beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 9-noyabrdagi 85-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2001-yil 31-mayda, 49-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti 24-sonli AFMS Moliyaviy hisobotda buzilishlar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakati, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 27-yanvardagi 14-son O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (afms 25-son) “auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling