Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi


Download 0.5 Mb.
bet182/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

227-modda. Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi
Bojxona organining ruxsatisiz bojxona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaxslarni olib o‘tish yoki bojxona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etish, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
(227-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 181-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2271-modda. Bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar bermaslik, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2271-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga noto‘g‘ri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2271-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling