Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet234/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

2682-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga va uning hududiy inspeksiyalariga ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo‘l qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish bundan mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo‘l qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish bundan mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari nomidan jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i, shuningdek hududiy inspeksiyalarning boshliqlari haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining va uning hududiy inspeksiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
(2682-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2683-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari
Ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(2683-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustdagi O‘RQ-560-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling