Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
93-modda. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda olib kelish
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (93-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizom”ning 2-bandi. 94-modda. Noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, sog‘i kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlar sodir etish O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildir qo‘yadigan inlarini, boshpanalarini yo‘q qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda o‘lja qilish — Oldingi tahrirga qarang. shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (94-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (94-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling