Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Voyaga yetmaganni qarovga olish to‘g‘risidagi yozma majburiyatni bajarmaslik


Download 0.5 Mb.
bet164/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

207-modda. Voyaga yetmaganni qarovga olish to‘g‘risidagi yozma majburiyatni bajarmaslik
Ota-onalarning, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning, bolalar muassasalari rahbarlarining o‘z qaroviga olgan voyaga yetmaganga nisbatan o‘zlari qabul qilgan yozma majburiyatlarni bajarmasligi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(207-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
208-modda. Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi
Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi, oldini olish uchun shaxsiy kafolat qo‘llanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(208-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 251-moddasi.
209-modda. Davlat mukofotlariga nisbatan qonunga xilof harakatlar qilish
Orden, medal, faxriy unvonning ko‘krakka taqiladigan nishonini qonunga xilof ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, ayirboshlash yoki birovga boshqacha tarzda haq evaziga berish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(209-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling