Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
22722-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 2277, 22710, 22719, 22720, 22721-moddalarida va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — (22722-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (22722-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi) Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (22722-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona to‘lovlari miqdori to‘g‘risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmagan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (22722-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 37-bobi. LexUZ sharhi 22722-modda ikkinchi qismining sanksiyasiga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli Qonuniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. 2022-yil 6-yanvardan kuchga kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling