Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan o‘tishi lozim bo‘lgan yoshlarning ro‘yxatlarini mudofaa ishlari organlariga taqdim etmaslik


Download 0.5 Mb.
bet201/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

231-modda. Chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan o‘tishi lozim bo‘lgan yoshlarning ro‘yxatlarini mudofaa ishlari organlariga taqdim etmaslik
Harbiy hisob ishlari uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan o‘tishi lozim bo‘lgan yoshlarning ro‘yxatlarini tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga belgilangan muddatda taqdim etmasligi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(231-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(231-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 436-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasi.
232-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi to‘g‘risida xabar berishni ta’minlamaganlik
Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqa shaxslarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari talabi bo‘yicha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi to‘g‘risida xabar berishni tashkil etmaganliklari yoxud fuqarolarning chaqiruv uchastkalariga yoki yig‘in joylariga o‘z vaqtida borishlariga to‘sqinlik qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(232-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(232-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 436-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling