Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


XXVIII bob. NARSANI MUSODARA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh


Download 0.5 Mb.
bet290/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

XXVIII bob. NARSANI MUSODARA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh
337-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari tomonidan ijro etiladi.
(337-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
338-modda. Musodara qilingan narsani sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
339-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritishning tugallanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuboradi.
(339-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
XXIX bob. MAXSUS HUQUQDAN MAHRUM ETISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh
340-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 248-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 2491-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
(340-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi ikkinchi qismida aytib o‘tilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling