Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish


Download 0.5 Mb.
bet67/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

102-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(102-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(102-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari.
103-modda. Gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar
Oldingi tahrirga qarang.
Gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish yoki gaz iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoxud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash —
(103-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(103-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qo‘llanib hosil qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoxud gazdan foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi vositalarning, issiqlik texnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining bo‘lmasligi (buzuqligi) —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(103-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Gaz iste’mol qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilg‘i xo‘jaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv yoqilg‘i turlarida ishlashga tayyor emasligi —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(103-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling