Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish


Download 0.5 Mb.
bet72/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

109-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish
(109-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi kurashish choralarini ko‘rmaganlik —
(109-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(109-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 200-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-sentabrdagi 379-sonli “Respublika aholisini qishloq xo‘jaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotish chog‘ida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son qarori bilan tasdiqlangan Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-sonli “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari ro‘yxati (ro‘yxat raqami 2543, 26.12.2013-y.).

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling