Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. O‘quvchini xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish


Download 163.3 Kb.
bet20/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

6-bob. O‘quvchini xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish
46. Ota-onalar o‘qish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan bo‘lsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning voyaga yetmaganni maktab o‘quvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan ko‘chirma ilova qilinadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
48. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni olganligi to‘g‘risida tilxat oladi.
49. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
50. O‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Maktab-internat direktori tomonidan xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazilayotganligi sababli o‘quvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har o‘quv yili choraklari oxirida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limiga (boshqarmasiga) va Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga taqdim etiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling