Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy asosiy yo’nalishlari kirish I. Bob. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limoti


II.BOB. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI


Download 252.16 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi252.16 Kb.
#1415009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

II.BOB. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
2.1. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani va «Iqisodiy nazariya»si
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti bo‘lib- bu ma’lum davrlardagi u yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayonini o‘rganadigan fandir.Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi.Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash. nazariya va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi.Bu g‘oyalar ayrim iqgisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo‘nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to xrzirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi.«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o‘rganish uslubi.Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xujaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko‘mak beradi.Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‘or uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan keng foydalanadi.«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng‘ muhim iqtisodiy kategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‘un bo‘lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida evolyutsiyada bo‘ladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik ob’ekti bilan chambarchas bog‘liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya avvalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo‘ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma’lum vaqgdan keyin o‘zgarishi mumkin.Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jalig‘i tarixi, iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi.Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‘nalishlar tushunchasi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg‘or boshqarishning amalga oshirish bo‘lsa o‘sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi.Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar miqyosida alohida-alohida o‘rganishmoqda.Taniqli iqgisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqgisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynal-milallik (internatsionalizm) ko‘chayganligi tufayli, iqgisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoni-ga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asos-chilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaxrlanki, undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan.G‘arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar barchaning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda.Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqgisodiy g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‘la o‘rganish aloxida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, taxlil etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalarni ma’lum tizimga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo o‘tgan davr hodisalari va g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki kelishtirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga, o‘rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolyutsion (mavjud g‘oyalarning‘ yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud. Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, marjinalistik to‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. o‘tish davri iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O‘zbekiston misolida qarab chiqiladi.Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya-jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‘llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqgisodiy g‘oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hisoblangan,XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta’limot — merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‘g‘risida qisqa ma’lumot beradigan bo‘lsak, uning mohiyati ikgisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko‘proq to‘plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul aylanmasi) sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi g‘oyalardan keskin farq qiladi.Keyingi muhim o‘zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqgisodiy ta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‘lmadi. Klassik maktab g‘oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‘lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog‘liq bo‘lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‘proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda_»jon» bor albatta, chuni 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‘lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham ekspriment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab o‘tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy sotsialistlar va markschilarning iqtisodiy g‘oyalari ham o‘rin olgan, uning tarixiy takdiri berilgan.XIX asr 2-yarmida avvalgi g‘oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda «marjinalizm, deb ataladigan ta’limot hozirgi zamonning asosiy» iqtisodiy goyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, biror ta’limot doimo sof qolda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir ta’limotning ko‘plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqgisodiy ta’limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o‘zgarish, rivojlanishda ekanlishdir. Bir mamlakat chegarasida iqgisodiy ta’limot ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo‘lishi kerak.90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu «sotsialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri amalga oshmokda («o‘tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro‘y bermokda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham Mustaqillik yillarida (1991yil 31 avgust) iqtisodiy-ijtimoiy sohada bir qancha ta’limotlar yaratildi, islohatlar amalga oshirildi va ular asosida qator yutuqlarga erishildi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 2008 yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi ma’ruzasida 2007 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 9,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,1 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 6,1 foizga, puli xizmatlar ko‘rsatish 20,6 foizga, pudrat ishlari hajmi 15, 7 foizga o‘sdi. Eksportning yuqori darajasi 40,7 foizga o‘sishi hisobiga to‘lov balansining barqarorligi a mamlakat oltin valyuta zahirasining o‘sishi ta’minlandi. Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanning predmeti bo‗lib- bu ma‘lum davrlardagi u yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‗oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayonini o‗rganadigan fandir.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo‗lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‗oya va nazariyalarning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‗z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‗oya, qarash. nazariya va ta‘limotlarni o‗z ichiga oladi.
Bu g‗oyalar ayrim iqgisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo‗nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to xrzirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‗oya, qarash, nazariya va ta‘limotlarni o‗z ichiga oladi.

Download 252.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling