Hozirgi zamon taʼlim- tarbiya jarayoni va yangi pedagogik texnologiya loyihasiga yondoshuvlar
Download 389.41 Kb.
|
hozirgi zamon taʼlim tarbiya jarayoni va yangi pedagogik texnologiya loyihasiga yondoshuvlar
Hozirgi zamon taʼlim- tarbiya jarayoni va yangi pedagogik texnologiya loyihasiga yondoshuvlarTa’lim – tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar oʻtishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yoʻnalishlari ulardan koʻzda tutilgan maqsadlarni toʻliq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar , yaʼni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi taʼlim-tarbiya sohasida ham soʻnggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi talim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlarini asosida kelib chiqqan va hozirgi pedagogika, pisixologiya fanlarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan keng koʻlamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiya ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material oʻquvchi(taʼlim oluvchining) aqliy, ruhiy, axloqiy, sifatlari boʻlib ularga oʻqituvchi tarbiyachi tomonidan maʼlum maqsadlarga erishish yoʻlida har turli taʼsirlar oʻtkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning oʻrtalarida AQSH da paydo boʻlib 1940-50 yillar oʻrtasigacha “Taʼlim texnologiyasi” deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib oʻqitishga nisbatan qoʻllanilgan. 50-60-yillarda pragmmalashtirilgan taʼlim nazarda tutilgan, 70-yillarda “pedagogik texnologiya” iborasi qoʻllanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi oʻquv jarayonini bildirgan. 1979-yilda AQSH ning pedagogik kommunikatsiyalari tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80-yillarning boshidan ega pedagogik texnologiya deb taʼlimning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli taʼriflar berilgan.
Download 389.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling