Hozirgi zamon xalqaro munosabatlari va umumbashariy
Download 246.66 Kb. Pdf ko'rish
|
5524-Текст статьи-12088-1-10-20201027
1
MUAMMOLAR f.f.d. Baxti Ochilova Jizzax davlat pedagogika instituti ORCID 0000-0002-6834-6898 Sanjar Mamatqulov, katta o‘qituvchi
Ijtimoiy munosabatlar har qanday jamiyatning hayot kechirish shartidir. Insonlar turli ehtiyojlarini qondirishi uchun ijtimoiy munosabatlarga kirishadilar. Ijtimoiy munosabatlar alohida olingan konkret jamiyatdagi insonlar o‘rtasida kechishi bilan birga, turli jamiyatlar o‘rtasida ham kechishi zarurdir. Insonlar alohida yashay olmaganlari kabi jamiyatlar ham alohida rivojlana olmaydilar. Turli jamiyatlar integratsiyasi ijtimoiy munosabatlarning xalqaro miqyosiga asoslanadi. Xalqaro ijtimoiy munosabatlar odatda xalqaro munosabatlar tushunchasi bilan ifodalanadi. Xalqaro munosabatlar — havfsizlik, barqarorlik va rivojlanishni ta’minlash maqsadida davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shakl va metodlari, siyosiy, huquqiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar tizimidir. “Xalqaro munosabatlar” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, xalqaro munosabatlar: - inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integratsion aloqalar majmui1; Davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi munosabatlar2, degan bir qancha ta’riflar mavjud. Bu ta’riflarning hech biri ob’ekt mazmunini to‘la ochib bera olmagan. Ularning vazifasi faqatgina obekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. Shuning uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, balki uning mohiyati va spetsifikasini aniqlab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga intilishadi. Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Xalqaro munosabatlar, shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zgaruvchan munosabatlar asosida tasniflanishi mumkin. Xalqaro munosabatlar: ijtimoiy hayot sohasi bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi; ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi; intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi; geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Yevropa, Osiyo va b.) xalqaro o‘zaro ta’sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi; keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi. Xalqaro munosabatlarning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spetsifikasi sababli xalqaro munosabatlarning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. SHu jihatdan xalqaro munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarni
1 Шахназаров Г.Х. Грядущий миропорядок. –М., 1981. –С.19 2 Курс международного права: В 7 т. Т.1. Понятие, предмет и система международного права. –М., 1989. – С.10
2
hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin. Xalqaro munosabatlar bir necha yo‘nalishdagi munosabatlarni qamrab oladi: - xalqaro iqtisodiy munosabatlar; - xalqaro siyosiy munosabatlar; - xalqaro madaniy munosabatlar; - xalqaro xuquqiy munosabatlar. Xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari quyidagilardir: Kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‘rqitmaslik; Chegaralar daxlsizligi; Davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish; Mojarolarni tinch yo‘l bilanbartaraf etish; Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; Insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish; Teng huquqlilik va xalqlarning o‘z-taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilish; Xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya qilish; O‘zaro foydali hamkorlik; Jahon hamjamiyatini qurolsizlantirish. Hhozirgi davrda xalqaro munosabatlarning nisbiy rivojlanishiga doir tub o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1.Xalqaro munosabatlar mafkuralashuvidan xalos bo‘lish jarayoni. Jahonda bipolyar tizimlarning inqirozi bilan davlatlarni turli guruhlarga bo‘lib turadigan mafkuraviy qarama- qarshiliklar barham topdi. Hozirgi davrda mafkuraviy ziddiyatlar o‘zining murosasiz harakterini yo‘qotib bormoqda, xalqaro munosabatlar asta-sekinlik bilan eski mafkuralarning bosimlaridan qutilmoqda. Lekin bu bilan siyosiy idealizm g‘alabasi haqida gapirishga hali vaqt ertalik qiladi. Chunki Checheniston, Yugoslaviya, Iroq, Afg‘oniston, Ukraina, Suriya, Yaman kabi mamlakatlardagi voqealar yangi radikal mafkuralarning kuchayishiga moyilligini ko‘rsatmoqda. 2.Qarama-qashilikdan sherikchilik va hamkorlikka o‘tish. Xalqaro munosabatlarning mafkuralashuvdan xalos bo‘lishijarayonida xalqlar vadavlatlar savdo, iqtisodiy, o‘zaro yordam, madaniy munosabatlar, ilmiy almashuvlar kabi turl sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishining maqsadga muvofiq ekanligini anglab bormoqda. 3.O‘zaro tiyib turishning xalqaro tizimi shakllanishi jahon siyosatida kuch va turli ta’sirlarni maqsadga muvofiq xolda joylashtirishga imkon yaratmoqda. Yevropa mamlakatlari integratsiyasi kuchli davlatlarning global yakka hokimlik rejalarini tiyib turish markazlaridan biri sifatida misol bo‘la oladi. 4.Jahon siyosatining demokratlashuvi va insoniylashuvi. Jahon hamjamiyati halqaro munosabatlarni har bir insonning hayot kechirish, erkinlik, yaxsht turmush sharoitlariga ega bo‘lish huquqlari nuqtai nazaridan baholanishining muhimligini anglab eta boshladi. 5.Xalqaro munosabatlar sohasining kengayishi. Zamonaviy xalqaro munosabatlar sohasi – iqtisodiy, siyosiy va diplomatik munosabatlardan tortib to mutaxassislar bilan ijodiy aloqalar va ishtirokchilari davlat mansabdorlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, diniy, madaniy, sport va boshqa tashkilotlar bo‘lgan Internet orqali kundalik muloqatlar bilan tutashib ketdi. 6.Global muammolarning barcha insoniyat uchun umumiy ekanligini anglash. Insoniyat o‘z boshiga tushgan falokatlar, tabiiy xarakterdagi global halokatlar oqibatida o‘z taqdirlarining umumiy ekanliklarini, bir-birlariga bog‘liq ekanligini va aloqadorligini tushinib etdi. Bu holatlar yagona jahon hamjamiyati yoki barcha insoniyat birlikda harakat qiladigan jahon tizimi shakllanishiga imkoniyatlar yaratmoqda. 7.Globallashuv jarayoni va bir xillikka intilish. Hozirgi globallashuv mafkurachilarining fikricha, xalqlarni davlatlarga bo‘lish shartli xarakter kasb etmoqda, shunday ekan, yagona axborot, ta’lim va madaniy kengliklar shakllanishiga bog‘liq holda insonlar hayot tarzida universiallik kuzatilmoqda. Hozirgi davrda faqat turli davlatlar va mintaqalarning geografik alohidaligi to‘g‘risidagini gapirish mumkin. Sayyora turli kengliklardan iborat bo‘lishiga
3
qaramay, u ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ma’noda yaxlitlik alomatini namoyon qilmoqda. Alohida mamlakat va xalqlar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining turli tuman ekanligi va xususiyatlaridan farq qiladigan yagona jahon hamjamiyati shakllanmoqda. Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida milliy, diniy, mintaqaviy, global, shuningdek, xususiy manfaatlar xalqaro munosabatlarning predmeti bo‘lib maydonga chiqmoqda. Shu bilan birga, manfaatlar tizimida iqtisodiy tashkil etuvchi qism va havfsizlik manfaatlari asosiy o‘rin tutadi. Qator mamlakatlarning manfaatlari jamiyatdagi hukmron qadriyatlar va mafkuraviy ko‘rsatmalar bilan belgilanishi kam uchraydigan hodisa emas. SHunday davlatlar borki, ularda din bosh mavqega ega, shunga muvofiq, diniy va mafkuraviy omillarning ta’siri tashqi siyosatda ancha yuqori bo‘ladi. Xalqaro munosabatlar turli harakatlanuvchi kuchlar va motivlar ta’sirida rivojlanadi, o‘zaro hamkorlikda davlatlar — sub’ektlar manfaatlarining mos kelishi yoki to‘qnashuvi, manfaatlarni himoya qilish, ular bo‘yicha kelishuvga erishish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har qanday davlatning tashqi siyosiy manfaati, maqsad va vazifalari, avvalo, milliy ehtiyojlar, manfaatlar va qadriyatlarga, ularni xalqaro maydonda himoyalash va ta’minlashga bog‘liq. SHu bilan birga, konstitutsion me’yor va tamoyillar eng muhim, doimiy manfaat va qadriyatlarning huquqiy ifoda shakli hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda konstitutsiya davlatning tashqi siyosatini tartibga solishni o‘ziga qamrab oladi. Tashqi siyosat predmeti konstitutsiya tarkibiga kiritilganda yoki uning alohida me’yorlari bilan tartibga solinganda, tashqi siyosat muayyan davlat konstitutsion huquqining tarkibiy qismiga aylanadi Xalqaro munosabatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘sib boruvchandir. Bu doimiy o‘tish holati bo‘lib, unda davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarning an’anaviy hamda yangi shakl va metodlari o‘zaro birlashib ketadi. Xalqaro munosabatlar mazmuni va xarakteriga ta’sir etish kuch markazining doimiy aralashib turishidir.
Umumbashariy mummolar, asosiy sohalari va ularning xususiyatlari. “Hozirgi davrning global muammolari” tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomalahamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Etimologik jihatdan “global” atamasi, “globallashuv” atamasi kabi, er kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham “global” deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jahon taraqqiyotiga, jumladan xalqaro munosabatlarga nisbatan turli ta’sirlarning kuchayishi oqibatida global muammolar majmualari paydo bo‘lmoqda. Bu muammolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: Ijtimoiy-siyosiy harakterdagi muammolar: yadro urushining oldini olish, qurollanish poygasini to‘xtatish, mintaqaviy davlatlararo ixtiloflarni bartaraf etish, umumiy havfszlik tizimini tashkil etish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash vositasida tinchlikni qo‘llab-quvvatlash. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar: zaif rivojlanishga va u bilan bog‘liq bo‘lgan qashshoqlik va madaniy qaloqlikka barham berish, jahon yalpi mahsulotini samarali tarzda ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishni ta’minlash, energetika, xom-ashyo va oziq-ovqat inqirozlarini bartaraf etish yo‘llarini topish, rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik vaziyatlarni optimallashtirish, jahon okeanlarini va quruqlik atrofidagi kengliklarni o‘zlashtirish. Insonlarning yashash muhitini yomonlashuviga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-ekologik muammolar: ekologik havfsizlikni ta’minlash, resurs va energiyani tejash texnologiyalarini ishlab chiqishni, chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etishni, erdan oqilona foydalanishni, noyob tabiiy hududlarni saqlashni, ekologik montoring o‘tkazib borishni taqozo etadi.
4
Inson bilan bog‘liq muammolar: ijtimoiy, iqtisodiy va individual huquq va erkinliklarni saqlash, ochlik va epidemik kasalliklarni tugatish, insonni tabiat, jamiat va davlatdan hamda xususiy faoliyati natijalaridan begonalashuviga barham berish Global muammolarni ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan o‘rganishda dastavval ularning mohiyati, kelib chiqishsabablari, bartaraf etish yo‘llarini umummetodologik jihatlarini tadqiq etishga e’tibor berilmokda.Buning uchun bu muammolarni taxlil qilishda falsafaning tarixiylik, mantiqiylik, tizimiylik kabitamoyillariga suyanilmokda. Kelib chiqishi, chuqurlashib borishi, ko‘lami va haletilishining murakkabligi jihatlariga ko‘ra ularniuch guruhga ajratish mumkin: Birinchisi, mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati,turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlaribilan taqozo etilgan muammolar. Ular turli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish kabi ikki o‘ta muhim muammo farqlanadi: Ikkinchi guruhi, “inson — jamiyat” tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar.Demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi, ma’naviyatmasalalari va shu kabilardir. Uchinchisi, “jamiyat — tabiat” tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar.Ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi. Global muammolarning turlari o‘zaro qanchalik farqdansa-da, bu sohalardagi umumiylik, dastavval, butun insoniyatning hayoti shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir. Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davrning bosh omili — fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, ya’ni uning oqibatidir. Bizning davrimizda fanning rivojlanishi sur’atlari g‘oyat kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari yaratishni ta’minlasa, o‘znavbatida texnika rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlar sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Bularning natijasi o‘laroq erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqda. Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Yerda faqat bir milliardga yaqin kishi munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. SHuni aytishning o‘zi kifoyaki, 1956 yil Yerda 2,8 milliard kishi yashagan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi. XX asrda Yer kurrasi aholisining “demografik portlash” deb nomlangan mislsiz darajada o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu erdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo‘lgan o‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo‘lgan tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda. Demografik muammolar juda murakkab va o‘ta turg‘un bo‘lib, ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni echish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi.
5
Shu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan O‘zbekistonda 1995 yilda “Oilani rejalashtirish” davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‘ligini asrashga yo‘naltirilgan sa’y harakatlardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu erda uning aks ko‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar sonining o‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy ko‘payishini ham ta’minlamaydigan tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya’ni aholi sonining kamayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladiki, (Rossiya aholisi o‘rtacha 54 yoshni tashkil qiladi,)bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi so‘nggi XX yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorqin misol bo‘ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. So‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo‘lsa, mutlaq hisobda o‘sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz). Shu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to‘laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham o‘sib bormoqda. Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. Shuningdek hozirgi davrda ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki ta’limning ijtimoiylashuvi o‘quv jarayonida gumanitar fanlarning o‘quv soatlari yoki fanlar sonini ko‘paytirish emas balki, tabiiy ilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har qanday ilmiy kashfiyotni inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirishi lozim. Shundagina inson o‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida” aynan shu maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3- 5 foizdan oshmaydi”3. Zero, insonning nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi. Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi.
3 Qarang: Karimov I.A. BMT Sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010. 6
Bu yerda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‘lib, ular odamlar o‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‘paydi, “sivilizatsiya kasalliklari” deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, o‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan ko‘proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lish ehtimoli rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yuqoridir. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda. Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. Shu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi “oziq-ovqat quroli”ga aylanadi. Kishilik jamiyatining tabiat bilan munosabatlari va ularning ifodasi bo‘lgan faoliyat turlari g‘oyat xilma-xildir. Ular ichida belgilovchisi moddiy ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat tufayli sayyora qiyofasi shunday o‘zgardiki, oqibatdabir qator jiddiy muammolar kelib chiqdi. Ular - ekologik muammolar deb atalmoqda. Ekologik muammolar ilgarigidek hozir ham biosfera uchun xosdir. Masalan, vulqonlar otilishidanhosil bo‘ladigan o‘zgarishlar natijasida global miqyosda zararlar kelib turadi. Ekotizimda muvozanat tezroq tiklansada, lekin ularning oqibatlari hiylavaqt bilinib turishi mumkin. Ekologik falokatlar ikki shaklda - tabiiy hodisalar va inson faoliyati ta’sirida yuz beradi. Inson ishlab chiqarish faoliyatining umumbashariy xarakteri bilan bog‘liq quyidagi ekologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda: 1. Yer yuzidagi o‘rmonlar hajmi har yili 11 mln. gektarga qisqarib bormoqda. Osiyo va Lotin Amerikasi tropik mintaqalaridagi o‘rmonlarda esa yangilanibturadigan o‘simlik resurslarining asosiy zaxiralarito‘plangan. Ohirgi 500 yil oralig‘ida sayyoradagi o‘rmonlarning 2/3qismi yo‘q qilindi. O‘rmonlarning qisqarib borish tezligi minutiga 50 gektarni tashkil etmoqda va jarayon shu taxlit davom etsa yaqin 30-40 yil ichida o‘rmon resurslari tugab bitadi4. Bundan tashqari, Sayyoraning boyligini tashkil etgan bu o‘rmonlar biosfera an’anaviy funksiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. O‘rmon resurslari faqatgina xomashyo manbai emas, balkiular tabiiy suv aylanishini ham ta’minlaydiki, o‘rmonlardagi suv bug‘lanishi hisobiga yog‘ingarchilikning 1/2 qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu esa tuproq yuzasiga mo‘‘tadil ta’sir ko‘rsatadi, ozuqa bo‘ladigan mineral moddalarning tiklanib turishligi ta’minlanadi.
4 Алексеев П.В. Социальная философия: Учебное пособие. - М.: ООО "ТК Велби", 2003. –С.171.
7
2. Rivojlangan mamlakatlardagi 31 mln gektarga yaqin erlar “kislotali yomg‘ir”lardan zararlangan va bug‘langan. Bu “yomg‘irlar” biosferada tez tarqalib o‘rmonlarga salbiy ta’sir etadi, barglari sarg‘ayib tushib ketgan daraxt oqibatda halok bo‘ladi. Zararlangan daraxtlarning fiziologik kuchsizlanganligi natijasida o‘simlikxo‘r hashoratlar ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Kislotali yog‘ingarchilik havo vasuvni zararlashi tufayli kishilarda yurak, o‘pka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyaga moyillik kuchayadi. Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan er maydonining 26 mln. gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda. Suv va havo eroziyasidan AQSHda unumdorli tuproq har yili 3,1 mlrd tonnagacha ishdan chiqmoqda. Bu yetishtirilgan bir tonna bug‘doy hisobiga 6 tonna tuproq yo‘qotilishini bildiradi. Shuning uchun AQSHda dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, yerlarning zaxiralarini saqlaydigan fermerlarga har yili har bir akr (0,4ga) yer uchun 48 dollar to‘lanishi to‘g‘risida qonun qabul qilingan. 3. XX asrning ikkinchi yarmida “katta qurg‘oqchilik”larning tez-tez bo‘lib turishi natijasida cho‘llar maydoni yiliga 6 mln. gektarga kengaydi. Natijada, o‘simlik va hayvonot olamida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Agar ilgari cho‘llar hosil bo‘lishi faqat tabiiy yo‘l bilan yuz bergan bo‘lsa, endilikda insonning o‘rmonzorlarga o‘tkazayotgan ta’siri, o‘rmon va qishloq xo‘jaligiga yaroqli erlar nisbatining buzilishi, aholining tinimsiz ko‘payishi natijasida sun’iy tarzda sodir bo‘lmoqda. 4. Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab ko‘llar biologiyaviy o‘lik holga kelib qolmoqda. Har yili jahon suv xavzalariga 32 kub km. tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushmoqda. Turli maqsadlar uchun suvga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borishi natijasida suv sarfi ham shunga yarasha ko‘payib bormoqda. Afrika, Shimoliy Amerika va boshqa qator mintaqalarda yer osti suvi manbalari kamayib, sifati keskin o‘zgarib bormoqda. 5. Atrof-muhitga antropogen ta’sir etish, uni texnogen bulg‘ash oqibatida hayvonot va o‘simlik olami uchun jiddiy havf yuzaga keldi. Har yili ko‘plab hayvon va o‘simlik turi yo‘qolishi oqibatida XX yildanso‘ng mavjud turlarning beshdan bir qismi batamombarham topishi mumkin. Bu esa hayvonot va o‘simlikolami genofondining qisqarishigagina olib kelmay, Yer biosferasida oqibati jiddiy bo‘lgan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 6. Yer yuzidagi ekologik o‘zgarishlar oqibatida 2050 yilga borib atmosferadagi o‘rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Atmosfera yuqori qismlarida ozon qatlami siyqalanib, Antarktida va Arktika ustidagi “tuynuklar” kengayib bormoqda. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida barcha jonli mavjudotlarga halokatli ta’sir etadigan quyosh radiatsiyasi nurlari uchun yo‘l ochilib ekologik falokatlar (o‘simliklarda fotosintez jarayonining qisqarishi, konserogen moddalar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarning ko‘payishi va h. k.) ro‘y berishi mumkin.
7. Tabiatda inson sog‘ligi uchun havfli bo‘lgan metallar va ular birikmalarining yig‘ilib qolishi tufayli zamondoshlarimiz tanasida, ibtidoiy odamlardagiga qaraganda, kadmiy (yurak kasalliklarining sababchisi) 70 marta, qo‘rg‘oshin (ateroskleroz va buyrakkasalliklari sababchisi) — 10, simob (asab kasalliklarini chaqiruvchisi va gepatik o‘zgarishlar sababchisi) — 19 marta ko‘p to‘plangan. Havoni bulg‘ovchi moddalarning soni 100 dan ortadi, ularning ko‘pi zaharli, ba’zilari esa konserogen xususiyatlarga egadir. Hozirda olimlar insonning tabiatga salbiy ta’sirini “ekologik iz” tushunchasi bilan izohlamoqda. Ekologik iz – insonning atrof-muhitga ta’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. U biz iste’mol qilayotgan barcha mahsulotlar va resurslarni olish uchun qancha miqdor unumdor erlar va tabiiy toza chuchuk suvdan foydalanayotganimizni yaqqol ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda insoniyatning resurslardan foydalanish darajasi biosferaning bu resurslarni qayta tiklash imkoniyatidan yuqori ekanligi ma’lum. Atrof-muhitning bulg‘anishi bilan birga, insoniyat uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslar, birinchi navbatda, oziq-ovqat manbalari muammosi og‘irlashib bormoqda. Ijtimoiy rivojlanish davomida oziq-ovqat ishlab chiqarish to‘xtovsiz o‘sib borgan bo‘lsada, hozirgi vaqtda uni ekstensiv ko‘paytirish imkoniyati qariyb tugab bormoqda. 8
Oziq-ovqat resurslarini ko‘paytirishning intensiv imkoniyatlari ham yerlarning cho‘lga aylanishi, tuproq eroziyasi, sho‘r bosishi, sanoat va fuqaroga qurilish uchun ajratib berilishi va hokazolar tufayli cheklangandir. Bulardan ko‘rinadiki, mavjud imkoniyatlar doirasida oziq-ovqat muammosini hal etish o‘tkirligicha qolmoqda. Global muammolar tizimida jahonning barcha mamlakatlarida energiya quvvatining yangi manbalarini topish zaruriyati ham tobora birinchi o‘ringa chiqmoqda. Ma’lumki, energiya quvvati resurslari ikki xil - qayta tiklanmaydigan (neft, gaz, ko‘mir) va tiklanadigan (suv quvvati, yog‘och va h. k.) bo‘ladi. Shuningdek, quvvat manbalarini tashqi (quyosh) va ichki resurslari(masalan: atom yadrosi) tarzida ham tasnif etish mumkin. Hozir atom reaktorlaridan olingan energiya elektr quvvati ishlab chiqarishning 15% ga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi paytlarda atom quvvatidan foydalanish xususida xilma-xil va qarama- qarshi fikrlar oldinga surilmokda. Chernobil va Fukusima fojiasi bu boradagi tashvishlar o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda. Jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish masalasi ham XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab insoniyat oldida turibdi. Umuman olganda, sivilizatsiyaning butun tarixi davomida okean zaxiralari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish masalasi insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Okean kislorod yetkazib beradi, g‘oyat katta miqdordagi ma’dan xomashyosi zaxiralariga ega, oqsil xomashyosi olish uchun zarur bo‘lgan biomoddalarning salmoqli hajmda hosil etadi, iqlimni tartibga solib turadi va muhim transport yo‘li hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, hozirga vaqtda jahon okeani jamiyat ilgarilama harakati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omillardandir. Jahon okeani boyliklarini o‘zlashtirish jamiyat va tabiat aloqadorligining muhim ko‘rinishlaridan biridir. Hozirgi vaqtga kelib insoniyat quruqlik boyliklarini asosan o‘zlashtirib bo‘ldi. Okean suvlaridan ilgari baliq ovlangan, tuz, magniy, brom, yod,fosfor, natriy, kaliy olingan bo‘lsa, endilikdauning tagidan neft, gaz, ko‘mir, temir, oltin, platina va boshqa nodir metallar qazib olinmoqda. Dengiz akvatoriyalari ostidagi neft va gaz zaxiralari 1990 yilda qilingan hisob kitoblarga ko‘ra 450 mlrd. tonna(neftga aylantirilganda), metallar — quruqlikdagizaxiralari hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jahon okeani hududida ko‘mirning umumiy zaxirasi quruqlikdagiga qaraganda 250 martadan ko‘proq, hozir qazib olinayotgan hajmdan esa 200 martadan ortiqdir. 30 ga yaqin unsurdan iborat temir, marganets qorishmalari chuqur suv osti maydonining qariyb 35 mln. kv.km. ni tashkil etadi. Okeandan foydalanishning an’anaviy ob’ektlaribaliqchilik, suv o‘tlaridan foydalanish va hokazolarhozirgi vaqtda muhim bo‘lib qolmoqda. Masalan, 1975yilda dunyo bo‘yicha 70 mln tonna baliq ovlangan edi. Hozir esa ancha oshib ketdi. Dengiz mahsulotlarining soni ham ko‘payib bormoqda. 2000 yilda ularning hajmi 130—135 mln. tonnaga etdi. Dunyo okeani resurslaridan foydalanish kabi koinotni o‘zlashtirish masalalari ham insoniyat oldidagi global muammolardan hisoblanadi. Bu birinchidan, kosmik tadqiqotlarning qimmatlashuvi bo‘lsa, ikkinchidan, koinot butun insoniyatning mulki deb tanolingandir. Kishilarning koinotga kirib borishi, uni o‘rganishi ham XX asrdagi fan va texnika taraqqiyoti asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Koinotni o‘zlashtirish muammolari global bo‘lgani uchun barcha mamlakatlarning kuch- g‘ayratlarini birlashtirib, undan butun insoniyat manfaatlari yo‘lida foydalanilishi lozim. Koinotiy nazariyalar sohasida ham dunyo olimlari o‘rtasida bir-birini istisno qiladigan turli qarashlar mavjud. Ular o‘rtaga qo‘ygan fikrlarga ko‘ra, koinotni o‘zlashtirish uchun sarflanadigan mablag‘lardan okean va quruqlikdagi muammolarni bartaraf etish, yurak-tomir va rak kasalliklarini davolash kabi masalalarni hal etishda foydalanish lozim. Bu nuqtai nazar tarafdorlari koinot xarajatlarining yuqoriligiga e’tibor beradilar. Shuningdek, koinotdan harbiy maqsadlarda foydalanish havfi ham bu qarashlarda hisobga olingan. Ikkinchi xil qarashlariga ko‘ra, koinotni o‘zlashtirish zarur, chunki uning yordamida tarixiy taraqqiyotning borishi bilan yuzaga kelgan vazifa va muammolarni yechish mumkin. 9
Bu qarashlar sirtdan qaraganda, sof ilmiy munozaralardek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin ularning zaminida koinotni o‘zlashtirishda yetakchilik qilayotgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlari yotadi. Hozirgi asosiy vazifa — koinotni o‘zlashtirishni butun insoniyatning manfaatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lashdadir. Boshqa barcha global muammolarni o‘rganishda ham shu maqsadlardan kelib chiqmoq kerak. Aytib o‘tilgan umumbashariy, umumjahon muammolar juda ko‘p va xilma-xil, keng miqyosli va o‘ta murakkab ekanligi, ayni paytda ulardan har birining insoniyatning bugungi va ertangi hayoti, jahon sivilizatsiyasining, qolaversa, sayyoramizning ham taqdiri uchun naqadar muhim va zarurligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Shuning uchun ham hozirgi paytda butun insoniyat uchun umumbashariy muammolarni hal etishdan ko‘ra zarur va muhimroq vazifa yo‘q. Umumbashariy muammolar echilmasa, ekologik falokatlar oldi olinmasa, tinchlik bo‘lmasa, taraqqiyot ham, tarixning o‘zi ham bo‘lmaydi. Download 246.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling