Hozirgi zamon xalqaro munosabatlari va umumbashariy


Download 246.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi246.66 Kb.
#225544
Bog'liq
5524-Текст статьи-12088-1-10-20201027



 

HOZIRGI  ZAMON  XALQARO  MUNOSABATLARI  VA UMUMBASHARIY  



MUAMMOLAR 

f.f.d. Baxti Ochilova  

Jizzax davlat pedagogika instituti 

ORCID 0000-0002-6834-6898

 

Sanjar Mamatqulov, katta o‘qituvchi 

 

Ijtimoiy  munosabatlar  har  qanday  jamiyatning  hayot  kechirish  shartidir.  Insonlar  turli 



ehtiyojlarini  qondirishi  uchun  ijtimoiy  munosabatlarga  kirishadilar.  Ijtimoiy  munosabatlar 

alohida  olingan  konkret  jamiyatdagi  insonlar  o‘rtasida  kechishi  bilan  birga,  turli  jamiyatlar 

o‘rtasida ham kechishi zarurdir. Insonlar alohida yashay olmaganlari kabi jamiyatlar ham alohida 

rivojlana  olmaydilar.  Turli  jamiyatlar  integratsiyasi  ijtimoiy  munosabatlarning  xalqaro 

miqyosiga  asoslanadi.  Xalqaro  ijtimoiy  munosabatlar  odatda  xalqaro  munosabatlar  tushunchasi 

bilan ifodalanadi.  

Xalqaro  munosabatlar  —  havfsizlik,  barqarorlik  va  rivojlanishni  ta’minlash  maqsadida 

davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik 

shakl va metodlari, siyosiy, huquqiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar tizimidir.  

“Xalqaro  munosabatlar”  tushunchasining  ko‘plab  ta’riflari  mavjud.  Masalan,  xalqaro 

munosabatlar:  

- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integratsion aloqalar majmui1; 

Davlatlar  va  nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar  va turli davlatlarning  yuridik 

shaxslari o‘rtasidagi munosabatlar2, degan bir qancha ta’riflar mavjud. 

Bu  ta’riflarning  hech  biri  ob’ekt  mazmunini  to‘la  ochib  bera  olmagan.  Ularning  vazifasi 

faqatgina  obekt  haqida  dastlabki  tasavvurni  berishdan  iborat.  Shuning  uchun  tadqiqotchilar 

xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, 

balki uning  mohiyati  va  spetsifikasini  aniqlab olishga  yordam  beruvchi kriteriyalarni ajratishga 

intilishadi. 

Umuman  olganda,  xalqaro  munosabatlarning  turlicha  tiplari,  ko‘rinishlari,  darajalari  va 

holati  to‘g‘risida  so‘z  yuritish  mumkin.  Xalqaro  munosabatlar,  shuningdek  sinfiylik  mezoni, 

hukmronlik  va  tobelik  munosabati,  hamkorlik,  o‘zaro  yordam  va  o‘zgaruvchan  munosabatlar 

asosida tasniflanishi mumkin. Xalqaro munosabatlar: 

ijtimoiy hayot sohasi bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va 

boshqa munosabatlarga ajratiladi; 

ishtirokchilarga  bog‘liq  ravishda  davlatlararo  munosabatlar,  turlicha  xalqaro  tashkilotlar 

o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi; 

intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi; 

geosiyosiy  o‘lchov  asosida  global,  mintaqviy  (Yevropa,  Osiyo  va  b.)  xalqaro  o‘zaro 

ta’sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi; 

keskinlik  darajasi  nuqtai  nazaridan  -  barqarorlik  va  beqarorlik  holati;  ishonch  va 

dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi. 

Xalqaro munosabatlarning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari 

majmuasi  ijtimoiy  munosabatlarning  alohida  turi  sifatida  namoyon  bo‘lib,  o‘zining  spetsifikasi 

sababli xalqaro munosabatlarning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy 

munosabatlardan  farq  qiladi.  SHu  jihatdan  xalqaro  munosabatlarni  ijtimoiy  munosabatlarni 

                                                             

1 Шахназаров Г.Х. Грядущий миропорядок. –М., 1981. –С.19 

2 Курс международного права: В 7 т. Т.1. Понятие, предмет и система международного права. –М., 1989. – 

С.10 


 


 

hududiy  tuzilmalar  doirasidan  chekkaga  chiquvchi  ichki  ijtimoiy  munosabatlarning  o‘zaro 



harakati turi sifatida ta’riflash mumkin. 

Xalqaro munosabatlar bir necha yo‘nalishdagi munosabatlarni qamrab oladi:  

- xalqaro iqtisodiy munosabatlar; 

- xalqaro siyosiy munosabatlar; 

- xalqaro madaniy munosabatlar; 

- xalqaro xuquqiy munosabatlar. 

 Xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 

Kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‘rqitmaslik; 

Chegaralar daxlsizligi; 

Davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish; 

Mojarolarni tinch yo‘l bilanbartaraf etish; 

Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

Insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish; 

Teng huquqlilik va xalqlarning o‘z-taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilish; 

Xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya qilish; 

O‘zaro foydali hamkorlik;  

Jahon hamjamiyatini qurolsizlantirish. 

Hhozirgi  davrda  xalqaro  munosabatlarning  nisbiy  rivojlanishiga  doir  tub  o‘zgarishlar 

sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 

1.Xalqaro  munosabatlar  mafkuralashuvidan  xalos  bo‘lish  jarayoni.  Jahonda  bipolyar 

tizimlarning  inqirozi  bilan  davlatlarni  turli  guruhlarga  bo‘lib  turadigan  mafkuraviy  qarama-

qarshiliklar barham topdi. Hozirgi davrda mafkuraviy ziddiyatlar o‘zining murosasiz harakterini 

yo‘qotib  bormoqda,  xalqaro  munosabatlar  asta-sekinlik  bilan  eski  mafkuralarning  bosimlaridan 

qutilmoqda. Lekin bu bilan siyosiy idealizm g‘alabasi haqida gapirishga hali vaqt ertalik qiladi. 

Chunki  Checheniston,  Yugoslaviya,  Iroq,  Afg‘oniston,  Ukraina,  Suriya,  Yaman  kabi 

mamlakatlardagi voqealar yangi radikal mafkuralarning kuchayishiga moyilligini ko‘rsatmoqda. 

2.Qarama-qashilikdan  sherikchilik  va  hamkorlikka  o‘tish.  Xalqaro  munosabatlarning 

mafkuralashuvdan  xalos  bo‘lishijarayonida  xalqlar vadavlatlar savdo,  iqtisodiy, o‘zaro  yordam, 

madaniy  munosabatlar,  ilmiy  almashuvlar  kabi  turl  sohalarda  o‘zaro  manfaatli  hamkorlik 

qilishining maqsadga muvofiq ekanligini anglab bormoqda. 

3.O‘zaro  tiyib  turishning  xalqaro  tizimi  shakllanishi  jahon  siyosatida  kuch  va  turli 

ta’sirlarni  maqsadga  muvofiq  xolda  joylashtirishga  imkon  yaratmoqda.  Yevropa  mamlakatlari 

integratsiyasi kuchli davlatlarning global yakka hokimlik rejalarini tiyib turish markazlaridan biri 

sifatida misol bo‘la oladi. 

4.Jahon  siyosatining  demokratlashuvi  va  insoniylashuvi.  Jahon  hamjamiyati  halqaro 

munosabatlarni  har  bir  insonning  hayot  kechirish,  erkinlik,    yaxsht  turmush  sharoitlariga  ega 

bo‘lish huquqlari nuqtai nazaridan baholanishining muhimligini anglab eta boshladi. 

5.Xalqaro munosabatlar sohasining kengayishi. Zamonaviy xalqaro munosabatlar sohasi – 

iqtisodiy, siyosiy va diplomatik munosabatlardan tortib to mutaxassislar bilan ijodiy aloqalar va 

ishtirokchilari davlat mansabdorlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, diniy, madaniy, sport 

va boshqa tashkilotlar bo‘lgan Internet orqali kundalik muloqatlar bilan tutashib ketdi. 

6.Global  muammolarning  barcha  insoniyat  uchun  umumiy  ekanligini  anglash.  Insoniyat 

o‘z boshiga tushgan falokatlar, tabiiy xarakterdagi global halokatlar oqibatida o‘z taqdirlarining 

umumiy ekanliklarini, bir-birlariga bog‘liq ekanligini va aloqadorligini tushinib etdi. Bu holatlar 

yagona  jahon  hamjamiyati  yoki  barcha  insoniyat  birlikda  harakat  qiladigan  jahon  tizimi 

shakllanishiga imkoniyatlar yaratmoqda. 

7.Globallashuv  jarayoni  va  bir  xillikka  intilish.  Hozirgi  globallashuv  mafkurachilarining 

fikricha,  xalqlarni  davlatlarga  bo‘lish  shartli  xarakter  kasb  etmoqda,  shunday  ekan,  yagona 

axborot,  ta’lim  va  madaniy  kengliklar  shakllanishiga  bog‘liq  holda  insonlar  hayot  tarzida 

universiallik  kuzatilmoqda.  Hozirgi  davrda  faqat  turli  davlatlar  va  mintaqalarning  geografik 

alohidaligi  to‘g‘risidagini  gapirish  mumkin.  Sayyora  turli  kengliklardan  iborat  bo‘lishiga 



 

qaramay,  u  ijtimoiy,  siyosiy  va  iqtisodiy  ma’noda  yaxlitlik  alomatini  namoyon  qilmoqda. 



Alohida  mamlakat  va  xalqlar  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotining  turli  tuman  ekanligi  va 

xususiyatlaridan farq qiladigan yagona jahon hamjamiyati shakllanmoqda. 

Jahon  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  milliy,  diniy,  mintaqaviy,  global,  shuningdek, 

xususiy  manfaatlar  xalqaro  munosabatlarning predmeti  bo‘lib  maydonga chiqmoqda. Shu  bilan 

birga,  manfaatlar  tizimida  iqtisodiy  tashkil  etuvchi  qism  va  havfsizlik  manfaatlari  asosiy  o‘rin 

tutadi.  Qator  mamlakatlarning  manfaatlari  jamiyatdagi  hukmron  qadriyatlar  va  mafkuraviy 

ko‘rsatmalar  bilan  belgilanishi  kam  uchraydigan  hodisa  emas.  SHunday  davlatlar  borki,  ularda 

din bosh mavqega ega, shunga muvofiq, diniy va mafkuraviy omillarning ta’siri tashqi siyosatda 

ancha yuqori bo‘ladi.    

Xalqaro  munosabatlar  turli  harakatlanuvchi  kuchlar  va  motivlar  ta’sirida  rivojlanadi, 

o‘zaro  hamkorlikda  davlatlar  —  sub’ektlar  manfaatlarining  mos  kelishi  yoki  to‘qnashuvi, 

manfaatlarni himoya qilish, ular  bo‘yicha kelishuvga erishish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har 

qanday  davlatning  tashqi  siyosiy  manfaati,  maqsad  va  vazifalari,  avvalo,  milliy  ehtiyojlar, 

manfaatlar va qadriyatlarga, ularni xalqaro maydonda himoyalash va ta’minlashga bog‘liq. SHu 

bilan  birga,  konstitutsion  me’yor  va  tamoyillar  eng  muhim,  doimiy  manfaat  va  qadriyatlarning 

huquqiy ifoda shakli hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda konstitutsiya davlatning tashqi siyosatini 

tartibga solishni o‘ziga qamrab oladi. Tashqi siyosat predmeti konstitutsiya tarkibiga kiritilganda 

yoki  uning  alohida  me’yorlari  bilan  tartibga  solinganda,  tashqi  siyosat  muayyan  davlat 

konstitutsion huquqining tarkibiy qismiga aylanadi 

Xalqaro  munosabatlar  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  o‘sib  boruvchandir.  Bu  doimiy  o‘tish  holati 

bo‘lib,  unda  davlatlar  o‘rtasidagi  ikki  tomonlama  va  ko‘p  tomonlama  munosabatlarning 

an’anaviy  hamda  yangi  shakl  va  metodlari  o‘zaro  birlashib  ketadi.  Xalqaro  munosabatlar 

mazmuni va xarakteriga ta’sir etish kuch markazining doimiy aralashib turishidir.   

 

Umumbashariy  mummolar,  asosiy  sohalari  va  ularning  xususiyatlari.  “Hozirgi  davrning 



global muammolari” tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va 

shundan beri ilmiy va siyosiy muomalahamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi.  

Etimologik  jihatdan  “global”  atamasi,  “globallashuv”  atamasi  kabi,  er  kurrasi  bilan 

bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning 

turli  nuqtalaridagi  har  bir  ayrim  insonga  tegishli  bo‘lgan,  ya’ni  umuminsoniy  xususiyat  kasb 

etadigan  muammolarni  ham  “global”  deb  nomlash  odat  tusini  olgan.  Ular  jahon  iqtisodiy  va 

ijtimoiy  rivojlanishining  muhim  ob’ektiv  omili  sifatida  ayrim  mamlakatlar  va  mintaqalarning 

rivojlanishiga  sezilarli  darajada  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ularni  echish  aksariyat  davlatlar  va 

tashkilotlarning  kuch-g‘ayratini  xalqaro  darajada  birlashtirishni  nazarda  tutadi.  Ayni  vaqtda 

global  muammolarning  echilmay  qolishi  butun  insoniyat  kelajagi  uchun  halokatli  oqibatlarga 

olib kelishi mumkin.  

Jahon  taraqqiyotiga,  jumladan  xalqaro  munosabatlarga  nisbatan  turli  ta’sirlarning 

kuchayishi  oqibatida  global  muammolar  majmualari  paydo  bo‘lmoqda.  Bu  muammolarni 

quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 

Ijtimoiy-siyosiy  harakterdagi  muammolar:  yadro  urushining  oldini  olish,  qurollanish 

poygasini  to‘xtatish,  mintaqaviy  davlatlararo  ixtiloflarni  bartaraf  etish,  umumiy  havfszlik 

tizimini  tashkil  etish,  xalqlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  ishonchni  mustahkamlash  vositasida  tinchlikni 

qo‘llab-quvvatlash. 

Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar: zaif rivojlanishga va u bilan bog‘liq bo‘lgan qashshoqlik va 

madaniy  qaloqlikka  barham  berish,  jahon  yalpi  mahsulotini  samarali  tarzda  ishlab  chiqarish  va 

takror  ishlab  chiqarishni  ta’minlash,  energetika,  xom-ashyo  va  oziq-ovqat  inqirozlarini  bartaraf 

etish yo‘llarini topish, rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik vaziyatlarni optimallashtirish, 

jahon okeanlarini va quruqlik atrofidagi kengliklarni o‘zlashtirish. 

Insonlarning  yashash  muhitini  yomonlashuviga  sabab    bo‘layotgan  ijtimoiy-ekologik 

muammolar:  ekologik  havfsizlikni  ta’minlash,  resurs  va  energiyani  tejash  texnologiyalarini 

ishlab  chiqishni,  chiqindisiz  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishni,  erdan  oqilona  foydalanishni, 

noyob tabiiy hududlarni saqlashni, ekologik montoring o‘tkazib borishni taqozo etadi. 



 

Inson  bilan  bog‘liq  muammolar:  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  individual  huquq  va  erkinliklarni 



saqlash,  ochlik  va  epidemik  kasalliklarni  tugatish,  insonni  tabiat,  jamiat  va  davlatdan  hamda 

xususiy faoliyati natijalaridan begonalashuviga barham berish 

Global  muammolarni  ijtimoiy  falsafa  nuqtai  nazaridan  o‘rganishda  dastavval  ularning 

mohiyati,  kelib  chiqishsabablari,  bartaraf  etish  yo‘llarini  umummetodologik  jihatlarini  tadqiq 

etishga e’tibor berilmokda.Buning uchun  bu  muammolarni taxlil  qilishda  falsafaning tarixiylik, 

mantiqiylik, tizimiylik kabitamoyillariga suyanilmokda.  

Kelib  chiqishi,  chuqurlashib  borishi,  ko‘lami  va  haletilishining  murakkabligi  jihatlariga 

ko‘ra ularniuch guruhga ajratish mumkin: 

Birinchisi,  mavjud  ijtimoiy  tuzumning  tabiati,turli  mintaqa  davlatlarining  xilma-xil 

manfaatlaribilan  taqozo  etilgan  muammolar.  Ular  turli  davlatlar  o‘rtasidagi  munosabatlardan 

kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat 

hayotidan  urushni  bartaraf  etish  va  adolatli  dunyoni  ta’minlash;  yangi  xalqaro  iqtisodiy  tartib 

o‘rnatish kabi ikki o‘ta muhim muammo farqlanadi:  

Ikkinchi  guruhi,  “inson  —  jamiyat”  tizimi  doirasidagi  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 

muammolar.Demografiya  muammosi,  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim,  xalqaro  terrorizm  tahdidi, 

ma’naviyatmasalalari va shu kabilardir. 

Uchinchisi,  “jamiyat  —  tabiat”  tizimi  doirasidagi  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 

muammolar.Ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar 

bilan  ta’minlash  kabilardir.  Bu  guruhga  ekologik  muammolar,  shuningdek  Jahon  okeani  va 

kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi. 

Global  muammolarning turlari o‘zaro qanchalik  farqdansa-da, bu  sohalardagi umumiylik, 

dastavval, butun insoniyatning hayoti shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir. 

Ikkinchi  tomondan,  ular  u  yoki  bu  darajada  hozirgi  davrning  bosh  omili  —  fan-texnika 

inqilobi  bilan  aloqadordir,  ya’ni  uning  oqibatidir.  Bizning  davrimizda  fanning  rivojlanishi 

sur’atlari g‘oyat kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda  yangi texnika  vositalari  yaratishni 

ta’minlasa,  o‘znavbatida  texnika  rivojlanishi  ham  fanda  yangi  o‘zgarishlar  sodir  etishga  jiddiy 

turtki bermoqda. Bularning natijasi o‘laroq erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga xizmat 

qilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqda. 

Hozirgi  zamonda  insoniyatning  eng  muhim  muammolari  orasida,  aksariyat  davlatlar  va 

mintaqalarda aholi  haddan tashqari ko‘payishiga  sabab bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi 

qayd etiladi.  Ayrim  mutaxassislarning  baholashlariga ko‘ra, sayyorada  mavjud energetika, xom 

ashyo,  oziq-ovqat  va  boshqa  resurslar  Yerda  faqat  bir  milliardga  yaqin  kishi  munosib  hayot 

kechirishini  ta’minlashi  mumkin.  Vaholanki,  oxirgi  ming  yillik  mobaynida  sayyoramiz  aholisi 

15 baravar ko‘paydi  va  bugungi kunda 6  milliard kishidan oshib ketdi. Bunda  nafaqat  miqyos, 

balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 

700  yil  ichida,  ikkinchisi  –  150  yil  ichida,  uchinchisi  –  100  yil  ichida  va  oxirgisi  –  40  yildan 

kamroq vaqt ichida yuz berdi. SHuni aytishning o‘zi kifoyaki, 1956 yil Yerda 2,8 milliard kishi 

yashagan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi.  

XX  asrda  Yer  kurrasi  aholisining  “demografik  portlash”  deb  nomlangan  mislsiz  darajada 

o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta 

mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. 

Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan 

to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi.  Bu erdagi  vaziyat rivojlangan  mamlakatlarga XX asr 

boshidayoq  xos  bo‘lgan  o‘lim  darajasining    yuqoriligi  va  butun  insoniyatga  XVIII  asrga  xos 

bo‘lgan  tug‘ilish  darajasining  yuqoriligi  bilan  tavsiflanadi.  Ayni  vaqtda  mehnat  unumdorligi 

darajasi  va  aholi  jon  boshiga  olinadigan  daromad  miqdoriga,  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining 

hosildorlik darajasi  va qishloq  xo‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi  va 

umumiy  madaniy  saviyasiga  ko‘ra  bu  mamlakatlar  xalqlarining  aksariyati  hali  XIX  asrda 

yashamoqda.  

Demografik  muammolar  juda  murakkab  va  o‘ta  turg‘un  bo‘lib,  ularni  tez  bartaraf  etish 

mumkin emas. Ularni echish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. 



 

Shu sababli rivojlanayotgan  mamlakatlarda  barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga 



qaratilgan  demografik  siyosatni  amalga  oshirishga  harakat  qilmoqda.  Jumladan  O‘zbekistonda 

1995 yilda “Oilani rejalashtirish” davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand 

tug‘ilishini  rejalashtirishning  ona  va  bola  sog‘ligini  asrashga  yo‘naltirilgan  sa’y  harakatlardan 

biri  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda,  mamlakatda  demografik  portlashning  oldini  olish  vazifasini 

bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  ko‘zda  tutilgan.  Bu  borada  barcha  viloyatlarda,  qishloq  va 

ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur  muammo  rivojlangan  mamlakatlarda  ham  keskinlashdi,  lekin  bu  erda  uning  aks 

ko‘rinishiga  duch  kelish  mumkin.  Umr  uzunligining  va  keksa  odamlar  sonining  o‘sishi 

jarayonida  hatto  aholining  oddiy  ko‘payishini  ham  ta’minlamaydigan  tug‘ilish  darajasining 

pasayishi  kuzatilmoqda.  Ayni  holda  depopulyasiya,  ya’ni  aholi  sonining  kamayishi  to‘g‘risida 

so‘z  yuritiladiki,  (Rossiya  aholisi  o‘rtacha  54  yoshni  tashkil  qiladi,)bu  ham  milliy  manfaatlar, 

ijtimoiy  dasturlarni  amalga  oshirish,  pensiya  ta’minoti  va  shu  kabilarga  tegishli  qo‘shimcha 

qiyinchiliklarni  yuzaga  keltiradi.  Rossiyadagi  so‘nggi  XX  yillikdagi  demografik  jarayonlar 

bunga  yorqin  misol  bo‘ladi.  Biroq,  keyingi  besh  yilda  bu  masalada  ijobiy  o‘zgarishlar 

kuzatilmoqda. Jumladan aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi.  

Demografik  portlash  sabablari  ta’lim  muammosi  bilan  uzviy  bog‘liq.  So‘nggi  yillarda 

jahonda  savodsizlar  soni  foiz  hisobida  kamaygan  bo‘lsa,  mutlaq  hisobda  o‘sishda  davom 

etmoqda.  Bunda  ma’lumotsiz  odamlarning  hayoti  amalda  ko‘p  bolalikni  xurofiy  aqidalar  bilan 

oqlaydigan  arxaik  oilaviy  an’analarga  bo‘ysunadi.  Pirovardda  rivojlangan  va  rivojlanayotgan 

mamlakatlar  o‘rtasidagi  tafovut  bu  jihatdan  ham  ortishda  davom  etmoqda.  Hozirgi  vaqtda 

ajabtovur  vaziyatni  kuzatish  mumkin:  savodxonlik  mutlaq  raqamlarda  o‘sayotgan  bir  paytda, 

savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni 

ham  o‘sib  bormoqda  (Hindiston  aholisining  70%,  Pokiston  aholisining  60%,  Afrika 

mamlakatlari aholisining 80% savodsiz).  

Shu  bilan  bir  qatorda  aksariyat  odamlarning  ma’lumot  darajasi  yangi  texnologiyalar  va 

kompyuter  texnikasidan  keng  foydalanuvchi  hozirgi  jamiyatda  to‘laqonli  yashash  va  mehnat 

qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham o‘sib bormoqda.  

Bu  muammoning  boshqa  bir  jihati  shundan  iboratki,  jahonning  aksariyat  davlatlarida 

ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning 

qo‘shimcha  manbai  hisoblanadi.  Shuningdek  hozirgi  davrda  ta’lim  sifatini  yaxshilash,  uning 

mazmunini  ijtimoiylashtirish  masalasi  ko‘ndalang  bo‘lib  turmoqda.  Shuni  alohida  ta’kidlash 

lozimki  ta’limning  ijtimoiylashuvi  o‘quv  jarayonida  gumanitar  fanlarning  o‘quv  soatlari  yoki 

fanlar  sonini  ko‘paytirish  emas  balki,  tabiiy  ilmiy  fanlar  mazmunini  gumanitarlashtirish,  har 

qanday  ilmiy  kashfiyotni  inson  manfaatlarini  himoya  qilishga  yo‘naltirishi  lozim.  Shundagina 

inson  o‘z  mavjudligini  saqlab  qolish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Shu  nuqtai  nazardan, 

O‘zbekistonda  1997  yilda  qabul  qilingan  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturida”  aynan  shu 

maqsadlarni  o‘zida  ifodalaydi.  “O‘zbekistonda  har  yili  ta’lim  uchun  sarflanayotgan  xarajatlar 

yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-

5  foizdan  oshmaydi”3.  Zero,  insonning  nafaqat  bilim  olishi,  balki  kasbiy  malakalarga  ega 

bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi. 

Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana 

bir  global  muammosi  bilan  uzviy  bog‘liq.  Aksariyat  kasalliklar  va  atrof  muhitdagi  antropogen 

o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit 

ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (avvalo elektromagnit), 

kimyoviy  va  biologik  omillari  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Avvalo,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar 

aholisi  kasalliklarining  tarkibi  va  xususiyatida  yuz  bergan  o‘zgarishlar  ayni  shu  hol  bilan 

izohlanadi.  

                                                             

3 Qarang: Karimov I.A. BMT Sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi  

nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010. 




 

Bu  yerda  yuqumli  kasalliklar  bartaraf  etilgan  bo‘lib,  ular  odamlar  o‘limining  asosiy 



sabablari  hisoblanmaydi. Lekin  yurak-qon tomir  kasalliklari, ruhiy  kasalliklar  sezilarli  darajada 

ko‘paydi,  “sivilizatsiya  kasalliklari”  deb  nomlangan  butunlay  yangi  kasalliklar:  rak,  OITS  va 

boshqalar  paydo  bo‘ldi.  Bunday  kasalliklar,  xususan  yurak-qon  tomir  kasalliklari  o‘sishining 

asosiy  sabablari  kam  harakatchan  turmush  tarzi,  semirish,  chekish,  ruhiy  zo‘riqish,  stress 

holatlari  ekanligi  aniqlangan.  Bu  hodisalar  insonga  tabiatning  qudratli  kuchlarini  jilovlash  va 

o‘zini  jismoniy  mehnatdan  asosan  xalos  etish,  mazkur  ishni  mashinalar,  texnika  vositalariga 

yuklab,  o‘ziga  asosan  aqliy  mehnat,  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  funksiyalarini  qoldirish 

imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir.  

Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  boshqacha  vaziyatni  kuzatish  mumkin:  bu  erda 

kasalliklardan  azob  chekayotganlar  soni  rivojlangan  mamlakatlardagidan  ko‘proq,  kasallikning 

oldini  olish  yoki  davolanish  imkoniyati  esa  sezilarli  darajada  kamroqdir.  Tibbiyot  sifatining 

pastligi,  qashshoqlik  va  antisanitariya  tufayli  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  bolalar  o‘limi, 

bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo 

bo‘lish  ehtimoli  rivojlangan  mamlakatlardagi  holat  bilan  taqqoslab  bo‘lmaydigan  darajada 

yuqoridir.  

Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat 

muammosidir.  Xususan,  surunkali  to‘yib  ovqat  emaslik  va  nomutanosib  ovqatlanish  kam 

rivojlangan  mamlakatlar  aholisida  ommaviy  tarzda  namoyon  bo‘layotgan  muttasil  oqsil  ochligi 

va  vitamin  taqchilligiga  olib  kelmoqda.  Natijada  jahonda  har  yili  ochlikdan  bir  necha  o‘n 

millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.  

Oziq-ovqat  taqchilligiga  duch  kelgan  mamlakatlar  uni  import  qilishga  majbur,  lekin  bu, 

odatda,  ocharchilikka  qarshi  kurashda  kam  samara  beradi  va  bundan  tashqari,  mazkur 

mamlakatlarni  eksportchilarga  qaram  qilib  qo‘yadi.  Shu  tariqa  g‘alla  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy 

tazyiq  o‘tkazishning  samarali  vositasiga  va  mohiyat  e’tibori  bilan,  avvalo  eng  qashshoq 

mamlakatlarga qarshi “oziq-ovqat quroli”ga aylanadi.  

 Kishilik jamiyatining tabiat bilan munosabatlari va ularning ifodasi bo‘lgan faoliyat turlari 

g‘oyat  xilma-xildir.  Ular  ichida  belgilovchisi  moddiy  ishlab  chiqarish  faoliyati  hisoblanadi.  Bu 

faoliyat tufayli  sayyora  qiyofasi  shunday  o‘zgardiki,  oqibatdabir  qator  jiddiy  muammolar  kelib 

chiqdi. Ular - ekologik muammolar deb atalmoqda. 

Ekologik  muammolar  ilgarigidek  hozir  ham  biosfera  uchun  xosdir.  Masalan,  vulqonlar 

otilishidanhosil  bo‘ladigan  o‘zgarishlar  natijasida  global  miqyosda  zararlar  kelib  turadi. 

Ekotizimda  muvozanat  tezroq  tiklansada,  lekin  ularning  oqibatlari  hiylavaqt  bilinib  turishi 

mumkin. 

Ekologik falokatlar ikki shaklda - tabiiy hodisalar va inson faoliyati ta’sirida yuz beradi. 

Inson  ishlab  chiqarish  faoliyatining  umumbashariy  xarakteri  bilan  bog‘liq  quyidagi 

ekologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda: 

1.  Yer  yuzidagi  o‘rmonlar  hajmi  har  yili  11  mln.  gektarga  qisqarib  bormoqda.  Osiyo  va 

Lotin  Amerikasi  tropik  mintaqalaridagi  o‘rmonlarda  esa  yangilanibturadigan  o‘simlik 

resurslarining  asosiy  zaxiralarito‘plangan.  Ohirgi  500  yil  oralig‘ida  sayyoradagi  o‘rmonlarning 

2/3qismi  yo‘q  qilindi.  O‘rmonlarning  qisqarib  borish  tezligi  minutiga  50  gektarni  tashkil 

etmoqda va jarayon shu taxlit davom etsa yaqin 30-40 yil ichida o‘rmon resurslari tugab bitadi4. 

Bundan  tashqari,    Sayyoraning  boyligini  tashkil  etgan  bu  o‘rmonlar  biosfera  an’anaviy 

funksiyalarini  saqlab  qolishda  katta  ahamiyatga  ega.  O‘rmon  resurslari  faqatgina  xomashyo 

manbai emas,  balkiular tabiiy suv aylanishini ham ta’minlaydiki, o‘rmonlardagi suv bug‘lanishi 

hisobiga  yog‘ingarchilikning  1/2  qismidan  ko‘prog‘i  to‘g‘ri  keladi.    Bu  esa  tuproq  yuzasiga 

mo‘‘tadil  ta’sir  ko‘rsatadi,  ozuqa  bo‘ladigan  mineral  moddalarning  tiklanib  turishligi 

ta’minlanadi. 

                                                             

4 Алексеев П.В. Социальная философия: Учебное пособие. - М.: ООО "ТК Велби", 2003. –С.171. 



 

2.  Rivojlangan  mamlakatlardagi  31  mln  gektarga  yaqin  erlar  “kislotali  yomg‘ir”lardan 



zararlangan  va  bug‘langan.  Bu  “yomg‘irlar”    biosferada  tez  tarqalib  o‘rmonlarga  salbiy  ta’sir 

etadi,  barglari  sarg‘ayib tushib ketgan daraxt oqibatda halok  bo‘ladi.  Zararlangan daraxtlarning 

fiziologik kuchsizlanganligi natijasida o‘simlikxo‘r hashoratlar  ko‘payishi uchun  qulay sharoit 

yaratiladi.    Kislotali  yog‘ingarchilik  havo  vasuvni  zararlashi  tufayli  kishilarda  yurak,  o‘pka, 

oshqozon-ichak  kasalliklari  avj  oladi  va  allergiyaga moyillik kuchayadi. 

Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan er maydonining 26 mln. gektarida har yili hosildorlik 

pasayib  bormoqda.  Suv  va  havo  eroziyasidan  AQSHda  unumdorli  tuproq  har  yili  3,1  mlrd 

tonnagacha  ishdan  chiqmoqda.  Bu  yetishtirilgan  bir  tonna  bug‘doy  hisobiga  6  tonna  tuproq 

yo‘qotilishini  bildiradi.  Shuning  uchun  AQSHda  dehqonchilik  ixtiyoriy  qisqartirilib,  yerlarning 

zaxiralarini  saqlaydigan  fermerlarga  har  yili  har  bir  akr  (0,4ga)  yer  uchun  48  dollar  to‘lanishi 

to‘g‘risida qonun qabul qilingan. 

3.  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  “katta  qurg‘oqchilik”larning  tez-tez  bo‘lib  turishi 

natijasida  cho‘llar  maydoni  yiliga  6  mln.  gektarga  kengaydi.  Natijada,  o‘simlik  va  hayvonot 

olamida  salbiy  o‘zgarishlar  yuz  bermoqda.  Agar  ilgari  cho‘llar  hosil  bo‘lishi  faqat  tabiiy  yo‘l 

bilan  yuz  bergan  bo‘lsa,  endilikda  insonning  o‘rmonzorlarga  o‘tkazayotgan  ta’siri,  o‘rmon  va 

qishloq  xo‘jaligiga  yaroqli  erlar  nisbatining  buzilishi,  aholining  tinimsiz  ko‘payishi  natijasida 

sun’iy tarzda sodir bo‘lmoqda. 

4.  Sanoatlashgan  mamlakatlardagi  minglab  ko‘llar  biologiyaviy  o‘lik  holga  kelib 

qolmoqda.  Har yili jahon suv xavzalariga 32 kub km. tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib 

tushmoqda. Turli maqsadlar uchun suvga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borishi natijasida suv sarfi 

ham  shunga  yarasha  ko‘payib  bormoqda.  Afrika,  Shimoliy  Amerika  va  boshqa  qator 

mintaqalarda yer osti suvi manbalari kamayib, sifati keskin o‘zgarib bormoqda. 

5.  Atrof-muhitga  antropogen  ta’sir  etish,  uni  texnogen  bulg‘ash  oqibatida  hayvonot  va 

o‘simlik  olami  uchun  jiddiy  havf  yuzaga  keldi.  Har  yili  ko‘plab  hayvon  va  o‘simlik  turi 

yo‘qolishi  oqibatida  XX  yildanso‘ng  mavjud  turlarning  beshdan  bir  qismi  batamombarham 

topishi mumkin. Bu esa hayvonot va o‘simlikolami genofondining qisqarishigagina olib kelmay, 

Yer biosferasida oqibati jiddiy bo‘lgan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 

6.  Yer  yuzidagi  ekologik  o‘zgarishlar  oqibatida  2050  yilga  borib  atmosferadagi  o‘rtacha 

harorat 1,5—4,5 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Atmosfera yuqori qismlarida ozon qatlami 

siyqalanib, Antarktida va Arktika ustidagi  “tuynuklar”   kengayib  bormoqda. Ozon qatlamining 

yemirilishi  natijasida  barcha  jonli    mavjudotlarga halokatli ta’sir  etadigan  quyosh radiatsiyasi 

nurlari  uchun  yo‘l  ochilib  ekologik  falokatlar  (o‘simliklarda  fotosintez  jarayonining  qisqarishi, 

konserogen moddalar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarning ko‘payishi va h. k.) ro‘y berishi 

mumkin. 


7.  Tabiatda  inson  sog‘ligi  uchun  havfli  bo‘lgan  metallar  va  ular  birikmalarining  yig‘ilib 

qolishi  tufayli  zamondoshlarimiz  tanasida,  ibtidoiy  odamlardagiga  qaraganda,  kadmiy  (yurak 

kasalliklarining sababchisi) 70 marta, qo‘rg‘oshin (ateroskleroz va buyrakkasalliklari sababchisi) 

— 10, simob (asab kasalliklarini chaqiruvchisi  va gepatik o‘zgarishlar sababchisi) — 19  marta 

ko‘p  to‘plangan.  Havoni  bulg‘ovchi  moddalarning  soni  100  dan  ortadi,  ularning  ko‘pi  zaharli, 

ba’zilari esa konserogen xususiyatlarga egadir. 

Hozirda  olimlar  insonning  tabiatga  salbiy  ta’sirini  “ekologik  iz”  tushunchasi  bilan 

izohlamoqda.  Ekologik  iz  –  insonning  atrof-muhitga  ta’sirini  ifodalovchi  ko‘rsatkichdir.  U  biz 

iste’mol qilayotgan barcha mahsulotlar va resurslarni olish uchun qancha miqdor unumdor erlar 

va  tabiiy  toza  chuchuk  suvdan  foydalanayotganimizni  yaqqol  ko‘rsatadi.  Hozirgi  vaqtda 

insoniyatning  resurslardan  foydalanish  darajasi  biosferaning  bu  resurslarni  qayta  tiklash 

imkoniyatidan yuqori ekanligi ma’lum. 

Atrof-muhitning  bulg‘anishi  bilan  birga,  insoniyat  uchun  zarur  bo‘lgan  tabiiy  resurslar, 

birinchi  navbatda,  oziq-ovqat  manbalari  muammosi  og‘irlashib  bormoqda.  Ijtimoiy  rivojlanish 

davomida  oziq-ovqat  ishlab  chiqarish  to‘xtovsiz  o‘sib  borgan  bo‘lsada,  hozirgi  vaqtda  uni 

ekstensiv ko‘paytirish imkoniyati qariyb tugab bormoqda. 




 

Oziq-ovqat  resurslarini  ko‘paytirishning  intensiv  imkoniyatlari  ham  yerlarning  cho‘lga 



aylanishi, tuproq eroziyasi, sho‘r  bosishi,  sanoat va  fuqaroga qurilish uchun  ajratib  berilishi  va 

hokazolar tufayli cheklangandir. 

Bulardan  ko‘rinadiki,  mavjud  imkoniyatlar  doirasida  oziq-ovqat  muammosini  hal  etish 

o‘tkirligicha qolmoqda. 

Global muammolar tizimida jahonning barcha mamlakatlarida energiya quvvatining yangi 

manbalarini topish zaruriyati ham tobora birinchi o‘ringa chiqmoqda. 

Ma’lumki, energiya quvvati resurslari ikki xil - qayta tiklanmaydigan (neft, gaz, ko‘mir) va 

tiklanadigan  (suv  quvvati,  yog‘och  va  h.  k.)  bo‘ladi.  Shuningdek,  quvvat  manbalarini  tashqi 

(quyosh) va ichki resurslari(masalan: atom yadrosi) tarzida ham tasnif etish mumkin. 

Hozir  atom  reaktorlaridan  olingan  energiya  elektr  quvvati  ishlab  chiqarishning  15%  ga 

to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi paytlarda atom quvvatidan foydalanish xususida xilma-xil va qarama-

qarshi fikrlar oldinga surilmokda. Chernobil va Fukusima fojiasi bu boradagi tashvishlar o‘rinli 

ekanini ko‘rsatmoqda. 

Jahon  okeani  resurslarini  o‘zlashtirish  masalasi  ham  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan 

boshlab  insoniyat  oldida  turibdi.  Umuman  olganda,  sivilizatsiyaning  butun  tarixi  davomida 

okean  zaxiralari  va  imkoniyatlaridan  oqilona  foydalanish  masalasi  insoniyat  uchun  katta 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan.  Okean  kislorod  yetkazib  beradi,  g‘oyat  katta  miqdordagi  ma’dan 

xomashyosi  zaxiralariga  ega,  oqsil  xomashyosi  olish  uchun  zarur  bo‘lgan  biomoddalarning 

salmoqli  hajmda  hosil  etadi,  iqlimni tartibga  solib turadi  va  muhim transport  yo‘li  hisoblanadi. 

Bir so‘z  bilan aytganda,  hozirga  vaqtda  jahon okeani  jamiyat  ilgarilama  harakati uchun  muhim 

ahamiyatga ega bo‘lgan omillardandir. 

Jahon  okeani  boyliklarini  o‘zlashtirish  jamiyat  va  tabiat  aloqadorligining  muhim 

ko‘rinishlaridan  biridir.  Hozirgi  vaqtga  kelib  insoniyat  quruqlik  boyliklarini  asosan  o‘zlashtirib 

bo‘ldi.  Okean  suvlaridan  ilgari  baliq  ovlangan,  tuz,  magniy,  brom,  yod,fosfor,  natriy,  kaliy 

olingan  bo‘lsa,  endilikdauning  tagidan  neft,  gaz,  ko‘mir,  temir,  oltin,  platina  va  boshqa  nodir 

metallar  qazib  olinmoqda.  Dengiz  akvatoriyalari  ostidagi  neft  va  gaz  zaxiralari  1990  yilda 

qilingan  hisob  kitoblarga  ko‘ra  450  mlrd.  tonna(neftga  aylantirilganda),  metallar  — 

quruqlikdagizaxiralari hajmiga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jahon okeani hududida ko‘mirning 

umumiy  zaxirasi  quruqlikdagiga  qaraganda  250  martadan  ko‘proq,  hozir  qazib  olinayotgan 

hajmdan esa 200  martadan ortiqdir. 30 ga  yaqin  unsurdan  iborat temir,  marganets qorishmalari 

chuqur suv osti maydonining qariyb 35 mln. kv.km. ni tashkil etadi. 

Okeandan  foydalanishning  an’anaviy  ob’ektlaribaliqchilik,  suv  o‘tlaridan  foydalanish  va 

hokazolarhozirgi  vaqtda  muhim  bo‘lib  qolmoqda.  Masalan,  1975yilda  dunyo  bo‘yicha  70  mln 

tonna  baliq  ovlangan  edi.  Hozir  esa  ancha  oshib  ketdi.  Dengiz  mahsulotlarining  soni  ham 

ko‘payib bormoqda. 2000 yilda ularning hajmi 130—135 mln. tonnaga etdi. 

Dunyo  okeani  resurslaridan  foydalanish  kabi  koinotni  o‘zlashtirish  masalalari  ham 

insoniyat  oldidagi  global  muammolardan  hisoblanadi.  Bu  birinchidan,  kosmik  tadqiqotlarning 

qimmatlashuvi bo‘lsa, ikkinchidan, koinot butun insoniyatning mulki deb tanolingandir. 

Kishilarning  koinotga  kirib  borishi,  uni  o‘rganishi  ham  XX  asrdagi  fan  va  texnika 

taraqqiyoti asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. 

Koinotni  o‘zlashtirish  muammolari  global  bo‘lgani  uchun  barcha  mamlakatlarning  kuch-

g‘ayratlarini  birlashtirib,  undan  butun  insoniyat  manfaatlari  yo‘lida  foydalanilishi  lozim. 

Koinotiy  nazariyalar  sohasida  ham  dunyo  olimlari  o‘rtasida  bir-birini  istisno  qiladigan  turli 

qarashlar  mavjud.  Ular  o‘rtaga  qo‘ygan  fikrlarga  ko‘ra,  koinotni  o‘zlashtirish  uchun 

sarflanadigan mablag‘lardan okean va quruqlikdagi muammolarni bartaraf etish, yurak-tomir va 

rak  kasalliklarini  davolash  kabi  masalalarni  hal  etishda  foydalanish  lozim.  Bu  nuqtai  nazar 

tarafdorlari  koinot  xarajatlarining  yuqoriligiga  e’tibor  beradilar.  Shuningdek,  koinotdan  harbiy 

maqsadlarda foydalanish havfi ham bu qarashlarda hisobga olingan. 

Ikkinchi xil qarashlariga ko‘ra, koinotni o‘zlashtirish zarur, chunki uning yordamida tarixiy 

taraqqiyotning borishi bilan yuzaga kelgan vazifa va muammolarni yechish mumkin. 




 

Bu qarashlar sirtdan qaraganda, sof ilmiy munozaralardek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin ularning 



zaminida  koinotni  o‘zlashtirishda  yetakchilik  qilayotgan  davlatlarning  siyosiy,  iqtisodiy 

manfaatlari  yotadi.  Hozirgi  asosiy  vazifa  —  koinotni  o‘zlashtirishni  butun  insoniyatning 

manfaatlari,  imkoniyatlari  va  ehtiyojlari  bilan  uzviy  bog‘lashdadir.  Boshqa  barcha  global 

muammolarni o‘rganishda ham shu maqsadlardan kelib chiqmoq kerak. 

Aytib  o‘tilgan  umumbashariy,  umumjahon  muammolar  juda  ko‘p  va  xilma-xil,  keng 

miqyosli  va o‘ta murakkab ekanligi, ayni paytda  ulardan  har birining  insoniyatning  bugungi  va 

ertangi  hayoti,  jahon  sivilizatsiyasining,  qolaversa,  sayyoramizning  ham  taqdiri  uchun  naqadar 

muhim  va  zarurligi  o‘z-o‘zidan  ko‘rinib  turibdi.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  paytda  butun 

insoniyat uchun umumbashariy muammolarni hal etishdan ko‘ra zarur va muhimroq vazifa yo‘q. 

Umumbashariy  muammolar  echilmasa,  ekologik  falokatlar  oldi  olinmasa,  tinchlik  bo‘lmasa, 



taraqqiyot ham, tarixning o‘zi ham bo‘lmaydi. 

 

 

 

 

 

 

Download 246.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling