Hst 01 u Teacher: ismoilov akmal StudenT : Shamuratov Obod Uzbekistan tarixi


Download 0.5 Mb.
Sana12.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1769007
Bog'liq
tarix obod

Hst_01_u Teacher:ismoilov akmal StudenT :Shamuratov Obod

Uzbekistan tarixi


Welcome to EGYPT
Mavzu rejasi:
1. Yangi podsholik davri
Qadimgi Misr Qadimgi Misr — Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Miloddan avvalgi 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan. Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bo‘lib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4 ming yillikda Misrxalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
.
lk podsholik davri sug‘orish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo bo‘lishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan xarakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, ma’muriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan. ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-g‘arbga — liviyaliklarga va Sinay ya. o. dagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan.
Qadimiy podsholik davrida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo bo‘lgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh bo‘lgan davlat apparati mustahkamlangan. Fir’avnlar, shuningdek, bosh kohin ham bo‘lib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa a’zolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qo‘shin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan fir’avnlarning mutlaq hokimiyati g‘oyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III — IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda Misr o‘zaro nizoda bo‘lgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga bo‘linib ketgan. Taxminan 2050 yilda Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shaxar Misrning poytaxtiga aylangan.
Qadimgi podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi me’moriy tiplar paydo bo‘lgan. Me’mor Imxotep exromning me’moriy tipini yaratadi. U Fir’avn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bag‘ishlab marosimlar o‘tkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pog‘onali maqbara — ehrom qurgan. Keyinchalik Qadimgi podsholik me’morlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada me’mor Xemnun fir’avn Xeops uchun qurgan ehrom , shuningdek, fir’avnlar Xefren ; Mikerin ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qadimgi podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo bo‘lgan, ular odatda Misrning bosh ma’budi — Quyosh ma’-budi Raga bag‘ishlangan. .
1-sulola: Menee, Jer, Den, Semerxet, Ka 2-sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qadimgi podsholik 3-sulola: Joser, Sexemxet, Neferka 4-sulola (mil. av. 28—26a. o‘rtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeeskaf 5-sulola (mil. av. 26—25-a. lar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una 6-sulola (mil. av. 25—23-a. o‘rtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9-sulolalar (mil. av. 23—22-a. o‘rtalari) 10-sulola (mil. av. 22—21-a. o‘rtalari) 11-sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra
Miloddan avvalgi 332-yilda Aleksandr Makedoniyalik Ahamoniylarni agʻdarib tashlab Misrni zabt etdi. Qisqa muddatli Makedoniya imperiyasini barpo etdi bu esa miloddan avvalgi 305-yilda Aleksandrning sobiq sarkardalaridan biri Ptolemey I. Soter tomonidan asos solingan ellinistik Ptolemeylar qirolligiga asos soldi. Ptolemeylar mahalliy qoʻzgʻolonlarga qarshi kurashishlari kerak edi va qirollikning tanazzulga uchrashiga va uning Rim tomonidan yakuniy anneksiya qilinishiga olib kelgan tashqi va fuqarolar urushlarida qatnashdilar. Kleopatraning oʻlimi Misrning nominal mustaqilligini tugatdi. Natijada Misr Rim imperiyasining viloyatlaridan biriga aylandi.
Qadimgi Misr Aleksandr tomonidan bosib olingach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik Qadimgi Rim madaniyati ta’sir doirasiga kirgan (Edfudagi ma’-bud Gor ibodatxonasi, mil. Av. 3—1-a. Lar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, mil. 1—4-a. Lar). Misr Vizantiya xukmronligi ostiga o‘tishi bilan (4-a. Oxiri), mamlakatda xristian san’atining o‘ziga xos mahalliy ko‘rinishi shakllangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-a.), Misr-Arab madaniyati tarqalgan viloyatlardan biriga aylangan.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling