Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati. Axborot saytlari tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytidan foydalanish oqibatida paydo bo‘layotgan barcha sharhlar, o‘zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot saytining shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan axborot sayti tomonidan istalgan yerda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida ruxsatsiz ham foydalanish mumkin. Shuning uchun saytlarda shaxsiy ma’lumotlarni kiritishda yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bo‘lish kerak. Izohlar qoldirishda birovning nafsoniyatiga tegadigan ma’lumotlarni, har xil nojo‘ya so‘zlarni yozishdan saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya eting.
Xosting – ushbu saytlarda foydalanuvchilar o‘z fayllarini saqlab qo‘yishlari mumkin. Xosting (ingl. “hosting”) – internetda joylashtirilgan server tomonidan axborotlarni joylashtirish xizmati.
E’lonlar taxtasi – bunday saytlarda foydalanuvchilar har xil e’lonlarni qoldirishlari mumklin bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlar - foydalanuvchilarning o‘zaro muloqotini tashkil qilishga qaratilgan sayt.
Statik saytlar – bu o‘zgarmas saytlar bo‘lib, bunda HTML texnologiyasi asos qilib olingan.
Dinamik saytlar – bu o‘zgaruvchan saytlar bo‘lib, bunda PHP, PERL, ASP kabi texnologiyalar asos qilib olingan va unda interfaollik mavjud bo‘ladi.
Flesh saytlar – bu flesh texnologiyasi asosida yaratilgan sayt va unda animatsiya elementlari keng joriy etilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |