Kadrlar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash, ta’lim to‘g‘risidagi qonunni to‘la amalga oshirish uchun ta’limning turli shakllaridan foydalanish zarurdir.
Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘p ishlar olib borilmoqda. Shularga respublikasizda yangi rivojlangan, "masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turini misol qilishimiz mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bo‘lgan ta’lim turlaridan o‘zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.
Bu ta’lim turining paydo bo‘lishiga asosiy sabab sifatida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishini va ular asosida prinsipial yangi ta’lim texnologiyalar (internet texnologiyalar) yaratilishini hisoblash mumkin. Internet texnologiyalardan foydalanish bizga o‘quv materiallarini cheksiz va juda arzon tarqatish va ko‘paytirish hamda uni o‘quvchilarga tezkor va aniq yetkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim interaktiv bo‘lganligi sababli, o‘quvchining o‘z ustida mustaqil ishlashining o‘rni juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |