Ta’rif. Musbat sonning moduli o‘ziga teng.
|a| = a. |5| = 5.
Ta’rif. Manfiy sonning moduli o‘ziga qarama-qarshi songa teng.
|–a| = a. |–5| = 5.
Butun sonlar bilan to‘rt amalning bajarilishini ko‘rib chiqaylik.
Butun sonlar bilan qo‘shish amali quyidagicha bajariladi, masalan 3 soniga 2 sonini qo‘shaylik (17-chizma).
zma.
zma.
Butun sonlar qatorida 3 sonini belgilab, undan o‘ngga qarab ikkita sonni sanaymiz. Natijada 5 soni hosil bo‘ladi, demak, 3 + 2 = 5
-2 soniga -3 sonini qo‘shing (18-chizma).
Butun sonlar to‘plamidan -2 sonini belgilab, undan chapga qarab uchta sonni sanaymiz, natijada -5 soni hosil bo‘ladi, demak, (–2) + (–3) = – 5
Do'stlaringiz bilan baham: |