Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Kompleks, sistema, rayon o‘rtasidagi aloqadorlik


Download 170.12 Kb.
bet4/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

Kompleks, sistema, rayon o‘rtasidagi aloqadorlik

Rayonlarning qamrovi, hududiy ko‘lami har xil. Sotsial rayonlar, odatda, kichik hududlarda ajratiladi (masalan, talabalar yoki to‘qimachilar shaharchasi, mahalla), chunki kundalik ijtimoiy aloqalar nisbatan ana shunday sotsial hudud va makonda sodir bo‘ladi. Ayni vaqtda siyosiy geografik rayonlar hamda hududiy-siyosiy tizimlar ancha katta maydonlarni egallaydi (Evropa Ittifoqi, NATO va h.k.), MDH yoki SHanxay hamkorlik tashkiloti ham hududiy iqtisodiy-siyosiy tizim shaklida qator mamlakatlarni o‘z qamroviga oladi.


Rayon va rayonlashtirish masalalariga aniqlik kiritish, bu borada ikkilanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun, eng avvalo, ularni ma’muriy hududiy birliklar bilan chalkashtirmaslik kerak. CHunonchi, ma’muriy hududiy boshqaruv tizimida, tuman, nohiya va shunga o‘xshash tushunchalar bo‘lishi mumkin, ammo geografiyadagi tog‘ yoki cho‘l hududlari, voha va vodiylar, shahar aglomeratsiyalari, yoqilg‘i-energetika va paxtachilikka ixtisoslashgan hududlar tom ma’noda rayonlardir. Binobarin, bu o‘rinda ushbu tushunchani to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbekchaga o‘girish, tarjimasini qidirish shart emas. Tarix fani uchun vaqt, davr qanchalik muhim bo‘lsa, geografiyaga ham makon, rayon shunchalik zarurdir. Aks holda bu fan o‘z mohiyatidan ajralib qoladi. CHunki, uning borligi va butligi, tarixi va taqdiri ham aynan rayon tushunchasi bilan bog‘liq. Kompleks va sistemalar boshqa sohalarda ham bo‘lishi mumkin, biroq rayon faqat geografiya faniga tegishlidir.
YAna shuni ta’kidlash lozimki, rayon ma’lum ma’noda, abstrakt (mavhum) tushuncha, real voqelikda esa aniq, nimanidir rayoni bor, «umuman rayon» esa aslida yo‘q. Rayon geografik jihatdan nimanidir ta’sir doirasi yoki tarqalish hududidir (bu ma’noda u «areal» tushunchasiga ham yaqin). Masalan, non do‘koni, poliklinika, maktab, bog‘cha, bozorlarning o‘z ta’sir doiralari (radiusi), demak, ularning rayonlari bor. Kichik shahar bilan yirik markazning ta’sir doirasi yoki rayon hosil qilish qobiliyati bir xil emas; mayda va katta shaharlarning rayonlari hudud ko‘lami jihatidan teng bo‘lmaydi.
Rayonlarni ajratish murakkab ekanligini uqtirgan edik. Bu o‘rinda qo‘shimcha ravishda rayonlashtirishning oddiy va murakkab shakllarini ko‘rsatish ham mumkin. Masalan, mamlakat hududini turli geografik tomonlar bilan nomlash (Markaziy, G‘arbiy, sharqiy, Janubiy, SHimoliy va ularning oraliqlari SHimoliy-sharqiy, Janubi-sharqiy, SHimoli-g‘arbiy, Janubi-g‘arbiy) yoki alohida orollar, yarim orollar, anklav va eksklav hududlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy rayon maqomida ko‘rish rayonlashtirishda uncha qiyin emas. Haqiqiy rayonlashtirish alohida, rayonlar chegarasini aniqlash esa iqtisodiy makonni uning ichki tuzilish (tarkib) xususiyati, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va mujassamlashuvi, kombinatsiyasi, rayon hosil qiluvchi markazlarning mavjudligini hisobga olgan holda ajratiladi.

Download 170.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling