Hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholashda moliyaviy resurslarning taqsimlanish strategiyasi


PEDAGOGS   international research journal


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1064260
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
218-224

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-2, Issue-1, January–2022
 
219 
shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona 
tizimini joriy etish maqsadida: 
Statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi (bundan buyon matnda — 
reyting baholash) joriy etilsin va bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin: 
barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar 
samaradorligi; 
yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori 
samaradorligini ta’minlash; 
ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush 
sifatini yaxshilash; 
aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish 
infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash; 
hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini 
yanada diversifikatsiya qilish; 
ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-
quvvatlash va jadal rivojlantirish; 
hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini 
rivojlantirish; 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash 
samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish. 
Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
Belgilansinki: 
reyting baholash ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan axborot tizimi 
ishlab chiqilgandan so‘ng 2019-yil uchun sinov rejimida amalga oshiriladi; 
reyting baholash natijalari asosida reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar 
kesimida amalga oshiriladi; 



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling