Hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholashda moliyaviy resurslarning taqsimlanish strategiyasi
PEDAGOGS international research journal
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
218-224
PEDAGOGS
international research journal www.pedagoglar.uz Volume-2, Issue-1, January–2022 220 o‘tgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15- iyunga (yakuniy natijalar) qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi; reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokamaga qilinishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga reyting baholash natijalarini umumlashtirish, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tegishli organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda reyting ko‘rsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti), “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy fikr” markazi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi), Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi: ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda hududlarni reyting baholash uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritsin; tasdiqlangan metodologiya asosida har yili tuman hamda shaharlarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazsin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling