Hujayra (lotincha: cellula „katakcha ) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi


Download 432.8 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi432.8 Kb.
#1010716
Bog'liq
fiziologiya


Hujayra (lotincha: cellula — „katakcha“) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Xuk 1665-yilda kashf qilgan.[1][2]

hujayralilar hujayrasining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin hujayra mitoxondriyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.

Bir organizmning barcha hujayralari genomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan hujayra yadrosini yadrosi olib tashlangan hujayraga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda hujayra xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. Hujayraning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil hujayralar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli hujayra) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik hujayra koʻp funksiyali, masalan, jigar hujayrasi qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sintezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha hujayrada umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil hujayralar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-biridan farq qiluvchi belgilarga nisbatan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayra toʻqimalarni hosil qiladi.

Metabolitlar va ionlar — hujayradagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsatib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli hujayrada hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.

Hujayralarning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning hujayra faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar hujayraning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. Hujayra kulturasiga xos sunʼiy sharoitda hujayraning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.

Eukariot hujayra mitoz orqali oʻz-oʻzidan koʻpayadi. Odam organizmidagi hujayra soni 1014. Ayrim toʻqimalarda hujayra soni hayot davomida doimiy boʻlib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan hujayra boʻlinadi. Masalan, odam organizmida sutka davomida 70 milliard ga yaqin ichak epiteliysi hujayrasi, 2 milliard eritrotsit nobud boʻlib turadi. Bir qancha toʻqimalarda hujayra toʻliq ixtisoslashgan holda hujayra sikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz hujayra boʻlinmasdan xromosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi (qarang Poliploidiya) yoki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan hujayra yadrosi umuman hujayra sikliga kirishmaydi (masalan, neyronlar, skelet muskullari tolasi). Bunday hollarda hujayra hayoti organizm umrining uzoqligiga teng boʻladi. Odam hujayrasi oʻrtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha hujayralarda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. Toʻqimalarni hosil qiluvchi beqiyos koʻp sonli hujayralardagi metabolitik va boshqaruv jarayonlarining oʻzaro bogʻlanganligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi koʻp hujayrali organizm organlarining nuqsonsiz ishlab turishini taʼminlaydi. Hujayrani sitologiya fani oʻrganadi. Yana q. Hujayra nazariyasi, Hujayra sikli
Bir hujayralilar — tanasi bitta hujayradan iborat organizmlar. Prokariotlar va eukariotlarga boʻlinadi. Prokariotlar (bakteriyalar, viruslar va koʻkyashil suv oʻtlari, yaʼni sianobakteriyalar)da yadrosi boʻlmaydi. Eukariotlar (bir hujayrali yashil va boshqa suv utlari, bir hujayrali hayvonlar) esa mitotik usulda boʻlinadigan hujayra yadrosiga ega. Bir hujayrali eukariotlar tuzilishi va organoidlar majmui jihatidan koʻp hujayrali organizmlarning hujayralariga oʻxshaydi. Lekin, fiziologik jihatdan bir butun organizm boʻlishi, yaʼni koʻp hujayrali organizmlar bajaradigan barcha funksiyalarga ega boʻlishi bilan farq qiladi. Bir hujayralilar orasida sodda tuzilgan (xlorellalar, amyobalar) bilan bir qatorda juda murakkab tuzilganlari (atsetabulyarilar, infuzoriyalar) ham bor. Koʻpchilik Bir hujayralilar koloniya hosil qiladi. Bir hujayralilar dan koʻp xujayrali organizmlar kelib chiqqan.

Eukariot hujayralarning boʻlinishi


Tahrirlash
Asosiy maqola: Eukariot hujayralarning boʻlinishi
Eukariot hujayralar yadrosi boʻlinishining uch xil usuli mavjud: amitoz, mitoz va meyoz

Amitoz
Tahrirlash


Asosiy maqola: Amitoz
Amitoz — yadroning xromosomalar hosil qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘linishi.

Boʻlinishga tayyorgarlik


Tahrirlash
Yadroli hujayralardan tashkiltopgan eukariot organizmlar boʻlinishga tayyorgarlikni hujayra siklining muayyan bosqichida, interfazada boshlaydilar. Xuddi shu interfaza davrida hujayrada oqsil biosintezi jarayoni amalga oshadi, hujayraning hamma muhim tarkibiy tuzilishlari ikki marta koʻpayadi. Boshlangʻich xromosoma boʻylab hujayradagi bor kimyoviy birikmalardan uning aniq kopiyasi sintezlanadi, DNK molekulasi ikki marta koʻpayadi. Ikkilangan xromosoma ikki yarim xromatidadan iborat. Har bir xromatida bitta DNK molekulasini oʻzida tutadi. Interfaza oʻsimlik va hayvon hujayralarida oʻrtacha 10-20 soat davom etadi. Keyin hujayraning boʻlinish jarayoni — mitoz boshlanadi.

Mitoz
Tahrirlash


Asosiy maqola: Mitoz
Mitoz — xromosomalar sonining saqlanishi bilan eukariot hujayra yadrosining boʻlinishi.

Meyoz
Tahrirlash


Asosiy maqola: Meyoz
Meyoz — bu hujayralarning oʻziga xos boʻlinish usuli boʻlib, buning natijasida xromosomalar sonining ikki martaga reduksiyasi (kamayishi) roʻy beradi.

Hujayra tanasining boʻlinishi


Tahrirlash
Eukariot hujayra tanasining boʻlinishi (sitokinez) natijasida yangi va eski hujayralar oʻrtasida sitoplazma va organoidlar boʻlinishi roʻy beradi.
Hujayra sikli, hujayra ning hayotiy sikli — hujayraning boʻlinishidan soʻng yana boʻlingunchayoki oʻlguncha oʻtgan hayot davri. Bir hujayralilar Hujayra sikli ularning hayot davriga toʻgʻri keladi. Toʻxtovsiz boʻlinadigan hujayralar Hujayra sikli mitoz sikliga toʻgʻri kelib, ketma-ket almashinib turadigan 4 davr: postmitoz yoki sin-tezdan oldingi (O, inglizcha §GO\U — oʻsish, yiriklashish), sintez (8, in-glizcha 8uMpe518 — sintez), mitozdan oldingi yoki sintezdan keyingi (S2) va mitoz (M) dan iborat. S:davrda transkripsiya sodir boʻladi; sintezlangan oqsillar toʻplanadi; DNK sinteziga tayyorgarlik koʻriladi. 5 davrda DNK replikatsiyalanadi, xromosomalar materiali 2 hissa ortadi. S2davrda hujayralar boʻlinishga tayyorlanadi; boʻlinish dukini hosil qiladigan oqsillar sintezlanadi. Mitoz — Hujayra siklining yakuniy davri boʻlib, unda reduplikatsiyalangan xromosomalar hujayraning har xil qutblariga tarqaladi.

Hujayra sikli


Hujayra sikli va uning davrlarining davomiyligi koʻpayadigan hujayralarning xili, yoshi, organizmdagi gormonlar balansiga bogʻliq. Vaqtga nisbatan S: va S2davrlari oʻzgaruvchan boʻladi; tinim davrlari boʻlgan Hujayra sikli ayniqsa uzoq davom etadi. Bunday hollarda O0 yoki tinim davri (inglizcha §ar — ora-liq, interval) alohida ajratiladi. Agar tinim davri hisobga olinadigan boʻlsa, u holda Hujayra sikli haftalab, hatto oylab davom etishi mumkin (mas, jigar hujayralari). Neyronlarda Hujayra sikli organizm umriga teng boʻladi.
Download 432.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling