Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlar Reja
Download 61.93 Kb.
|
1 2
Bog'liqHujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlar
Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlar Reja:“1” Hujayra muhandisligi texnologiyasi“2” Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni biotexnologiyadagi ro’li“3” O’simlik hujayrasini o’stirish texnikasi
Biotexnologiyasi uzoq - uzoqlardan ma’lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan asrni ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya’ni oziq-ovqat, energetika, zahira (resurs), atrof – muhitni muhoxazasi va x.k. muammolarni tubdan yangi asosda echishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi. Biotexnologik jarayonlar sun’iy ozuqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon to’qimalari, hujayralari va orgalaridan foydalanishga asoslanadi. Xozirgi vaqtda dunyoni ko’plab mamlakatlarida biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir. Masalan, biotexnologik jarayonlar juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, ekologik toza va x.k SHuning bilan bir qatorda, biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga qaramasdan hamda ko’p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo’yi o’tkazishga asoslanadi. Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni biotexnologiyadagi ro’li
Hujayra texnologiyasi asosida diosgenin – dioskore hujayrasidan; aymolin – ilon rasvolfi hujayrasidan; umumiy kuch beruvchi moddalar – jenshen hujayrasidan; va x.k. ajratib olinadi va tibbiyot hamda parfyumeriyada ishlatiladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, o’stiriladigan hujayralarni hosildorligi, butun o’simlikni hosildorligidan ancha baland. Bunday usul bilan ikkilamchi metabolitlar ajratib olishni yana bir ustunlik tomoni shundaki, muayyan sharoitda o’simlikni o’zini o’stirish imkoniyati bo’lmagan sharoitda (sovuq yoki issiq iqlimli mintaqalarda), ularni hujayralarini butun yil maboyinida o’strish mumkin.
Uchinchi yo’nalish – ajratib olingan to’qimalarni ko’paytirish va ekuv materiallarini viruslar va boshqa patogenlardan sog’lomlashtirish maqsadida ishlatish. Bu usul, o’simliklarni klonal mikroko’paytirish deyiladi va bitta medistemadan yiliga yuz minglab o’simlik olish imkonini beradi. Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tomon bu alohida hujayradan o’simlik regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. SHuning uchun ham in vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir. Download 61.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling