Hujayra sikli va rak hujayralari


Hujayra markazi, sentrosoma


Download 176.56 Kb.
bet16/18
Sana09.06.2023
Hajmi176.56 Kb.
#1474090
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
HUJAYRA SIKLI VA RAK HUJAYRALARI

Hujayra markazi, sentrosoma. Xozirgi vaqtda hujayra markazi deb nomlanuvchi tuzilma 1875 yilda Gertvig tomonidan ochilgan. Hujayra markazi deb, u bo‘linish dukining ustki jismidagi tuzilmani atagan. Hujayra markazi hamma hayvon hujayralarida topilgan bo‘lib, faqatgina tuxum hujayrasining yetilish davrida yo‘qoladi.
Sentriolalar juft bo‘lib, o‘zaro bir-biriga perpendikulyar joylashadi va bunday joylashishi sentriolalarning bo‘linishi vaqtida qutbga tortilganida ham saqlanadi. Sentriolalar o‘qi bo‘linish o‘qini belgilaydi. Senrosferada membrana bo‘lmay, u proteinlarga boy va o‘z zichligi bilan sitoplazmadan ajralib turadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar sentriolalar atrofida diametri 70 nm li strukturalar - “satellitlar” borligini ko‘rsatadi. Taxminlar bo‘yicha, satellitlar sentriolalar aktivligiga bog‘liq bo‘lib, doimiy bo‘lmagan tuzilmadir.
Ba’zi yumaloq nopolyar hujayralarda sentriola hujayra markazida (Salamandra leykositi), ko‘pincha esa yadro va kiritmalar hisobiga bir tomonga surilgan bo‘ladi. Ko‘p yadroli hujayralarda senriola markazda, yadro esa uning atrofida joylashadi.
Bu organellaning kichigligi va ajratib sentrifugalash mumkin bo‘lmasligi tufayli hujayra markazining kimyoviy tarkibi sitokimyoviy ma’lumotlarga asoslangan. Leykemik miyeloblast hujayralarning sentrosferasida asosiy oqsillar: gulyukoproteid, ribonukleoproteid ko‘p miqdorda topilgan. Odam nerv hujayralarning hujayra markazida karbonsuvlar, N-guruh va kislota radikallari aniqlangan. Hujayra markazida nuklein kislota ham ko‘p. Shuning uchun bu struktura reproduksiya qobiliyatiga ega.
Ko‘pgina tadqiqotchilar senriolalarni bazal tanachalar yoki blefaroplastlar sodda hayvonlarda va ko‘p hujayrali organizmlarda xivchin va kiprikchalarning hosil bo‘lishi bilan ko‘rinadi. Odam embrioni yuqori nafas yo‘llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan, ular esa diplosomadan rivojlanadi. Spermatogenez davrida yadroga nisbatan distal joylashgan sentriola bazal tanachaga aylanib, undan esa spermatazoid dumi hosil bo‘ladi. Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda rol o‘ynaydi. Xozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish hujayra markazi tomonidan bajariladi. Qutblar hujayra markazining bir-biridan qochishi natijasida hosil bo‘lib, dukning va xromosomalarning joylashishini belgilaydi.
Ba’zi tadqiqotchilar senriola naychalari va duk fibrillalari diametrining bir xilliga asoslanib, fibrillalar senriola naychalaridan hosil bo‘ladi deb fikr yuritadilar.
Hujayra markazining hosil bo‘lishi va taraqqiy etishiga oid bir necha nazariyalar mavjud. Bular: a) birlamchi senriolalarning bo‘linishi (kurtak otishi)dan; b) boshqa birlamchi strukturalardan hosil bo‘ladi degan nazariyalardir. Elektron mikroskopiya bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik olimlar sentriolalar hosil bo‘lishi kurtak otish yo‘li bilan boradi, deb hisoblaydilar.

Download 176.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling