Hujayralarning bo’linishi. Meyoz


Download 1.02 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1025480
Bog'liq
Meyoz.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Sirtqi bo’lim Biologiya fakulteti 101-guruh talabasi Fozilova Nozimaning Rivojlanish biologiyasi fanidan tayyorlagan klasteri.

Hujayralarning bo’linishi. Meyoz.

Meyoz bо'linish ketma-ket rо'y beradigan, murakkab bosqichlardan iborat jarayondir. Bunda hujayra xromosomasi ma'lum tarzda qonuniy о'zgarishlarga uchraydi. Meyozda interfazadan sо'ng birinchi bо'linishdagi profaza I, metafaza I, anafaza I, telofaza I sodir bо'ladi va sо'ng hujayra qayta interfazaga kirmaydi.

Meyozning birinchi bо'linish bosqichida, bir-biriga jipslashgan ikkita gomologik xromosomaning har biri alohida qiz hujayrasiga о'tib, xromosomaning soni ikki marta kamaygan ikkita qiz hujayra hosil bо'ladi.

Ikkinchi bо'linishda, har bir qiz hujayrasidan ikkita, xromosomalar soni о'zgarmagan, ammo xromosomasi xromatida – monadalardan iborat bо'lgan gaploid tо'plamli hujayralar hosil bо'ladi.

Meyoz jarayoni muhim biologik ahamiyatga ega. Meyoz natijasida hosil bо'lgan hujayra gaploid tо'plam xromosomaga ega bо'lib, urug'lanish oqibatida hujayra diploidligini tiklab oladi. Shu boisdan organizm har bir individga mos xromosoma soniga egaligini doimo saqlab qoladi. Meyozda ota-ona xromosomalarining hosila hujayralariga mustaqil ravishda taqsimlanishi har bir jinsiy hujayraga ota-ona belgilarining turlicha о'tishini ta’minlaydi. Meyoz paxinemasida rо'y bergan krossingover jarayoni ham gametalarning shu sifatini kuchaytiradi. Demak, bir organizmning jinsiy hujayralari genetik jihatdan о'ta farqlanuvchi xususiyatlarga ega bо'ladi. Shunday qilib, gametalar genetik strukturasining xususiyati jinsiy yо'l bilan kо'payuvchi organizm avlodi belgilarining rang- barangligini ta’minlaydi.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling