Hujayraning oʻz joniga qasd qilishi
Download 471.19 Kb.
|
Apoptoz jarayoni va ularni o\'rganish (1)
Nega hujayralar apoptozga uchraydi? Inson tanasidagi koʻplab hujayralar apoptozga uchrash qobiliyatiga ega (xuddi DNKni nusxalash yoki energiya beruvchi molekulalarni parchalash qobiliyatiga ega boʻlgani kabi). Muhimi, apoptoz – bu organizmning ortiqcha hujayralarini yoʻq qilishining umumiy va qulay usuli. Rivojlanish jarayonida baʼzi hujayralarni “yoʻq qilish” zarur boʻladi, masalan, yaxlit tuzilma boʻlgan qoʻlni toʻqima tarkibidan ajratish uchun. Ayrim hujayralar anormal boʻlishi va yashab qolgan taqdirida organizmga xuddi virus bilan infeksiyalangan yoki shikastlangan DNKga ega hujayralar singari zarar yetkazishi mumkin. Katta yoshli organizmdagi hujayralar yangi hujayralar paydo boʻlishiga yoki vaqtincha vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujayralarni chiqarib tashlash, yaʼni muvozanatni saqlash uchun yoʻq qilinishi mumkin.Apoptoz embrional rivojlanishning bir qismi Koʻp organizmlarda rejalashtirilgan hujayra oʻlimi normal rivojlanishning bir qismi hisoblanadi. Ayrim hollarda rivojlanish davrida apoptoz juda aniq tarzda sodir boʻladi: C. elegans chuvalchangida 131131131 ta hujayra apoptoz orqali nobud boʻladi, chunki chuvalchang bitta hujayradan kattalashib voyaga yetadi (va biz uning qaysi hujayradan rivojlanishini aniq bilamiz). Apoptoz inson rivojlanishida ham hal qiluvchi rol oʻynaydi. Masalan, kirish qismida koʻrganimizdek, embrional davrda qoʻlingiz suzgichsimon toʻqima boʻlagidan iborat boʻladi. Boʻlakcha orasidagi hujayralarning apoptozi rivojlanayotgan barmoqlarga “oʻyilgan” shakl beradi.Rivojlanayotgan sichqon panjasi tasvirlangan rasm. Barmoqlar orasidagi apoptozga uchragan hujayralar alohida belgilangan. Rasm manbasi: “Apoptozning susayishi va orqa oyoqlarda xondrogenezning kuchayishi hisobiga toʻrtinchi barmoq ikkilanishi yuz beradi”.Bu jarayon barmoq yoki oyoq barmoqlariga ega boʻlgan umurtqali hayvonlarning barcha turlarida uchraydi va apoptoz kamroq darajada sodir boʻlsa, barmoqlar orasida koʻproq bir-biriga yaqin joylashish holatlari yuzaga keladi. Baʼzan barmoq yoki oyoq barmoqlarining rivojlanishida kichik xatolik yuz bersa, apoptoz toʻliq boʻlmasligi mumkin (bu barmoqlar bir-biriga qoʻshilib qolishiga olib keladi). Normal rivojlanish davomida yuz beradigan apoptozga yana bir misol sifatida, baqaga aylanish davomida itbaliqlarda dumning yoʻqolib ketishi va miyadagi ortiqcha va keraksiz neyronlarning yoʻq qilinishini keltirishimiz mumkin. Apoptoz infeksiyalangan hujayra yoki saraton hujayralarini bartaraf qiladi. Baʼzi hollarda, hujayraning tirik qolishi tananing qolgan qismi uchun xavf tugʻdirishi mumkin.Download 471.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling