Hujjat turlari va ish yuritish asoslari
Download 107.88 Kb.
|
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari
DALOLATNOMAMuassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko‘zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy normalar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadilar. Dalolatnomaning zaruriy qismlari: Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. Tuzilgan sanasi va joyi. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollar da). Hujjat turi nomi (Dalolatnoma). Matn sarlavhasi. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbari ning buyrug‘i, yuqori idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar). Ishtirok etuvchilar (guvohlar). Dalolatnoma matni. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi). Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalarda), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo. Dalolatnomaning zaruriy tarkibiy qismlarining joylanishi: Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi «TASDIQLAYMAN» DALOLATNOMA (Tasdiqlangan) Sana va tuzilgan joyi (Imzo) Familiya, sana Matn sarlavhasi: («...haqida») Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi)-raqamli buyrug‘i yoki yuqori idoraning № -raqamli qarori) Raisi (shaxs lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi) A’zolari: (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi) (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi) (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi) dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar) lavozimi, init siallari, familiyasi) ishtirokida tuzildi. MATN ILOVALAR Komissiya raisi (imzo) ismi va otasi ismining bosh harflari, familiya Komissiya a’zolari (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyalar Ishtirok etganlar (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyalar Download 107.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling