Hujjat turlari va ish yuritish asoslari
Shartnomaning ma’nosi, bu
Download 107.88 Kb.
|
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari
Shartnomaning ma’nosi, bu – tomonlar majburiyatlarining o‘rnatilishi, o‘zgarishi yoki butunlay to‘xtatilishi yo‘nalishidagi roziligidir. Tijorat huquqida bu tushuncha quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan:
Kontrakt – shartnoma, kelishuv, har ikkala tomon uchun huquq va majburiyatlarni muhlatlari bilan belgilovchi hujjatdir. Kelishuv – korxona tashkilotlar hamda fuqarolarning rasmiylashgan bir tomonlama majburiyati bo‘lib, u mulk huquqini olish yoki berishda ishlatiladi. Uning ko‘p tarqalgan shakli litsenzion kelishuvdir. Oshkora shartnoma – tijorat tashkiloti bilan tuzilgan kelishuv bo‘lib, unda, uning tovar sotish, ish yoki xizmatlar bajarish bo‘yicha majburiyatlari belgilanadi. Bu shartnoma asosida amalga oshiradigan faoliyat turlari: chakana savdo, aloqa xizmati, energiya ta’minoti, tibbiyot, mehmonxona xizmati va boshqalar. Shartnoma, kontrakt yoki kelishuvda, eng avvalo, biznes bo‘yicha sheriklarning aniq, yuridik nomi, mulk shakli, shartnomaning ro‘yxatdagi tartib raqami, hujjat imzolangan joy va sana, tuzilayotgan bitimning asl ma’nosi (oldi-sotdi, lizing, litsenziya va boshqalar), uning muhim shartlari, tovarning miqdori va narxi to‘g‘risidagi axborotlar, sotish yoki olishda esa, ayrim hollarda texnik talablar yoki mahsulotning tarkibiy ro‘yxati aks ettiriladi. Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida, taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf (taklifni qabul qilishi) akseptlashi yo‘li bilan tuziladi. Ular yozma, og‘zaki va boshqa har qanday shaklda qilinishi mumkin. Yetkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq, moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun yetkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar o‘rnatadilar. Yetkazib berish shartnomasi quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: Hujjat turi nomi va uning tartib raqami. Shartnoma tuzilgan joy va sana. Shartnoma tuzuvchi tomonlarning nomi. Shartnomani imzolovchi shaxslarning ismi, otasining ismi va familiyasi; ularning vakolatlari haqida ma’lumot. Yetkazib berilishi zarur bo‘lgan mahsulotning aniq nomi, miqdori, zaruriy hollarda esa ular ning turlari. Shartnomaning umumiy amal qilish muddati va yetkazib berishning aniq muddatlari. Mahsulotning sifati va to‘liqligi. Shartnoma summasi va mahsulot narxini ko‘rsatish. Mahsulotni miqdoriy va sifatiy jihatdan qa bul qilib olish tartibi. Idishlarga va mahsulotning joylanishiga bo‘l gan talablar. Yetkazib beriladigan mahsulot uchun hisob-kitob tartibi. Mulkiy javobgarlik. Tomonlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqish joyi va tartibi. Tomonlarning huquqiy manzillari (bunda korxonalarning Davlat bankidagi hisob-kitob raqamlari albatta ko‘rsatiladi). Shartnoma tuzgan tomonlarning imzolari va muhrlari. Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy-texnika ta’minoti va sotish bo‘limlarining xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslahatchilari) oldindan ruxsat belgilarini qo‘yishi kerak. Shartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daftarda ro‘yxatga olinadi. Download 107.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling